Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Soliqqa tortish predmeti deganda



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Soliqqa tortish predmeti deganda

soliq to`lovchida bo`lgan 
muayyan huquqlar (mulkka, tovarga va boshqalar) tushuniladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Soliq solish bazasi bo`lib

soliqqa tortish pred-metining miqdor 
ko`rsatkichi, soliq solish uchun hisoblab chiqilgan ko`rsatkich hisoblanadi.
 
Soliq manbai
– 
soliq to`lanadigan mulkdan iborat. Ular foyda va 
kapitaldir. 
Soliq solish birligi
 
soliqqa tortish paytida soliq solish bazasini 
aniqlashga xizmat qiluvchi moddiy ko`rsatkichlardan iborat. 
Soliq stavkasi
 
bo`lib muayyan foizlarda, aniq sum-malarda yoki 
boshqa ko`rsatkichlarda qonun bilan belgilangan soliq solish bazasiga 
nisbatan miqdordagi ko`rsatkich sanaladi. 
Soliqqa tortish davri 
– 
soliq majburiyati yuzaga keladigan vaqt 
bo`lagidan iborat. Soliqqa tortish davri yil, yil choragi kabilardan iborat 
bo`lishi mumkin. 
Soliq to`lash muddati
 
deganda, soliq to`lovchi maj-buriyatini 
bajarishi va tegishli budjetga soliq to`lashi lozim bo`lgan vaqt tushuniladi. 
3-§. Xo`jalik faoliyatini soliqlar orqali tartibga
solish yuzasidan huquqiy munosabatlar 
 
Davlat soliqlardan foydalangani holda xo`jalik subyektlari faoliyatini 
huquqiy tartibga solar ekan, muayyan huquqiy munosabatlar yuzaga 
kelishiga sabab bo`ladi. Bu munosabat yuridik munosabatlar bo`lib, 
soliqlar, boshqa majburiy to`lovlarni undirish chog`ida, ularning hisoblab 
chiqish, to`lash, bu faoliyat ustidan nazorat olib borish cho-g`idagi 
aloqalarni huquqiy boshqarish bilan bog`liq ravishda yuz beruvchi ijtimoiy 
aloqalardan iboratdir. 
Soliqlar orqali xo`jalik faoliyatiga tasir o`tkazishga oid huquqiy 
munosabatlar obyektlari bo`lib soliq to`lovchilarning mulkiy yoki boshqa 
huquqlari, soliqqa oid majburiyatlari hisoblanadi. Bunday huquqiy 
munosabat subyektlari, bu – davlat soliq xizmati idoralari, ularning 
mansabdor shaxslari bir tomondan va soliq to`lovchi yuridik shaxslar, 
boshqa tadbirkorlar ikkinchi tomondan hisoblanadi. Soliqqa oid munosabat 
subyektlarining subyektiv huquqlari va majburiyatlari uning mazmunini 
tashkil qiladi. 
Soliqlar orqali xo`jalik faoliyatini boshqarish munosabatlarida davlat 
nomidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O`zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va uning joylardagi organlari
1

1
қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Дaвлaт сoлиқ xизмaти тўғрисидaги қoнун. Ўзбeкистoннинг янги қoнунлaри, 
№17, «Aдoлaт», 1998, 64-бeт. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi qoshidagi Soliqqa va valutaga oid 
jinoyatlarga 
qarshi 
kurashish 
departamenti
1
qatnashadi. 
Bunday 
munosabatlarning ikkinchi tomoni har doim jismoniy va yuridik shaxslar - 
soliq to`lovchilardan iborat bo`ladi. Korxona va tashkilotlar (tijoratchi va 
tijoratchi bo`lmagan) o`zlari bilan mehnat munosabatida bo`lib turgan 
xodimlari, qimmatli qog`ozlar dividentlarini olayotgan jismoniy va yuridik 
shaxslarga to`lovlardan tegishli so-liqlarni ushlab qolish, ularni budjetga 
o`tkazish paytida fiskal agentlar sifatida ish yuritadilar, o`zga shaxs-
larning daromadlaridan soliqlarni undiradilar va undi-rilgan summalarni 
budjetga o`tkazadilar. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi yuridik va jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortish, soliqlarni hisoblab chiqish, undirish, soliq 
qonunchiligiga amal qi-linishini nazorat qilish sohasidagi yagona davlat 
organ-lari tizimini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo`mitasi, Toshkent shahri, qoraqalpog`iston Respublikasidagi Bosh 
boshqarmalari, viloyatlardagi davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, 
shaharlar, shaharlardagi tumanlarda davlat soliq inspeksiyalari yagona 
soliq tizimini tashkil etadi. 
Davlat Soliq qo`mitasi va boshqa davlat soliq xizmati organlariga 
o`zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur hajmda huquqlar 
hamda vakolatlar berib qo`-yilgan, tegishli majburiyatlar ham yuklatilgan. 
«Davlat soliq xizmati to`g`risida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq 
Davlat soliq xizmati organlariga quyidagi huquqlar berilgan: 
1) Soliq to`lovchilarning (shu jumladan, soliq to`lovchi bilan bog`liq 
bo`lgan subyektlarning) moliyaviy hujjatlari, shartnomalari (kontraktlari), 
rejalari, smetalari, daromadlar haqidagi deklarasiyalari va soliqlarni 
hisoblab chiqarish hamda to`lash bilan bog`liq boshqa hujjatlarini, 
shuningdek eksport-import operasiyalari bilan bog`liq hujjatlarini 
tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo`yicha 
axborotlar olish; 
2) Yuridik va jismoniy shaxslardan soliq to`lovchi-larning faoliyatiga 
taalluqli axborotlar, malumotno-malar, hujjatlar va ularning nusxalarini 
olish; 
3) Belgilangan tartibda: 
soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`yayotgan 
yuridik va jismoniy shaxslardan daromadni (foydani) va soliqqa 
1
қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 2001 йил 6 июлдaги 291-сoн «Иқтисoдиѐт вa 
сoлиқ сoҳaсидaги жинoятлaргa қaрши курaшишни кучaйтириш чoрa-тaдбирлaри тўғрисидa»ги қaрoри. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tortiladigan boshqa obyektlar yashirilganligidan dalolat beruvchi 
hujjatlarni, shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini olib qo`yish; 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish tartibini buzayotgan 
jismoniy shaxslardan lisenziyalarini, patentlarini yoki ro`yxatdan o`tganlik 
to`g`risidagi guvohnomalarini olib qo`yib, so`ngra qonun buzilganlikka 
oid materiallarni guvohnomani bergan organga topshirish; 
4) Kassalarni va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar 
saqlanadigan joylarni muhrlab qo`yish, tovarlar, buyumlar, materiallar, 
hujjatlarni olib qo`yish, ekspertizaga yuborish; 
5)Savdo qoidalariga, tovarlarni berish va xizmat ko`rsatish 
qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; 
6) Yuridik va jismoniy shaxslar ombori, binolari, joylarni tekshirish, 
o`lchash ishlarini amalga oshirish
7) Yuridik va jismoniy shaxslardan qonun buzishlikni bartaraf 
etishini talab qilish; 
8) Yuridik va tadbirkor jismoniy shaxslarning bank-dagi 
operasiyalarini to`xtatib qo`yish; 
9) Soliqqa oid ishlarni ko`rib chiqish va moliyaviy hamda mamuriy 
jazo choralarini qo`llash; 
10) Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda musodara qilish; 
11) Soliq va majburiy to`lovlar yuzasidan boqiman-dalarni so`zsiz 
undirib olish; 
12) Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan g`ayri-qonuniy ravishda 
qo`lga kiritilgan mulk va boshqa boy-liklarni davlat foydasiga undirish 
to`g`risida sudda davo qo`zg`ash; 
13) Tekshirishlarni muvofiqlashtirish, ularni to`xtatish haqida qaror 
qabul qilish. 
Davlat soliq xizmati organlari quyidagi majburiyatlarni ado etishlari 
lozim: 
- soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qi-lishlari; 
- yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari va boshqa qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish; 
-soliqlarni o`z vaqtida hisobga olinishini, tad-birkorlik faoliyati bilan 
shug`ullanishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borishi
-boshqa majburiyatlarni bajarishlari lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa va 
valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti soliq sohasidagi 
huquqiy munosabatlarning subyektlaridan bo`lib hisoblanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu departament va uning joylardagi organlari hu-quqiy maqomi 
(huquqlari, vakolatlari, majburiyatlari) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2001 yil 6 iyuldagi 291-son qarori bilan tasdiqlangan 
«O`zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa va valutaga 
oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti to`g`risidagi Nizom»da 
belgilangan. Ushbu Nizomga ko`ra ularga quyidagi huquqlar beriladi: 
-davlat soliq xizmati organlari, soliq to`lovchilarning hujjatlari bilan 
tanishishlari; 
-soliq organlari va boshqa organlar huquqbuzarlik faktini yashiryapti, 
deb hisoblaganlari taqdirda takroriy tekshirishlar o`tkazishlari; 
-soliqqa oid jinoyatlar to`g`risidagi ishlar bo`yicha surishtiruv 
tekshirishlarini o`tkazish; 
-O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqa-rolari, fuqaroligi 
yuq shaxslarni tushintirish berish uchun taklif qilish; 
-fuqarolar va mansabdor shaxslar jinoyat sodir etganligi haqida 
ishonchli malumotlar bo`lganida ularni ushlab turish; 
-qonun hujjatlarida nazarda tutitlgan boshqa hu-quqlardan va 
vakolatlardan foydalanadilar. 
Ularga vazifalarini bajarishlari yuzasidan muayyan majburiyatlar 
ham yuklatilgan va bu majburiyatlar ham Nizomda ko`zda tutilgan.
Xo`jalik 
faoliyatini 
soliqlar 
orqali 
boshqarish 
paytidagi 
munosabatlarning eng ko`p sonli ishtirokchilari, bu–soliq to`lovchi 
hisoblanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan iboratdir. Ularda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan holatlar bilan bog`liq ravishda soliq 
to`lash majburiyati yuzaga keladi va bu majburiyatni yuzaga kelishi 
yuridik shaxsni Davlat Soliq inspeksiyasida soliq to`lovchi sifatida hisobga 
olinganligi, ro`yxatdan o`tkazilganligi bilan bog`lanmagan. Yani 
tadbirkorlik subyektini soliq idorasida hisobda turmaganligi yoki shunday 
hisobda turishdan bo`yin tovlashi uni soliq to`lash majburiyatidan ozod 
qilmaydi. 
Yuridik va jismoniy shaxs soliq to`lovchi sifatida muayyan huquqiy 
maqomga (statusga) ega. Bu status o`z ichiga asosan soliq to`lovchining 
majburiyatlarini oladi. 
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 12-moddasida soliq 
to`lovchining majburiyatlari ko`rsatilgan, bu majburiyatlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1) Belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organ-larida ro`yxatdan 
o`tish, yuridik manzili o`zgargan, qayta ro`yxatdan o`tgan taqdirda o`n 
kunlik muddat ichida xabar berishi; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


2) Soliq va yig`imlarni o`z vaqtida va to`liq to`lashi; 
3) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgal-teriya hisoblari va 
hisobotlarini yuritish; 
4) Moliyaviy va boshqa hisobotlarni o`z vaqtida soliq organlariga 
topshirishi; 
5) Soliqlar va yig`imlarga oid hujjatlarni soliq organlariga taqdim 
etishi; 
6) Soliq organlariga bino va inshootlarni ko`rsatishi; 
7) Soliq qonunchiligini buzilish holatini bartaraf qilish to`g`risidagi 
soliq organi mansabdor shaxsi talablarini bajarishi lozim. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin