Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Xo`jalik faoliyatiga soliqlar orqali tasir etish maqsadi



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

2-§. Xo`jalik faoliyatiga soliqlar orqali tasir etish maqsadi, 
tushunchasi va vositalari 
 
Mamlakat iqtisodiy hayoti va xo`jalik faoliyatiga davlat yo`li bilan 
tasir etishning eng samarali usullaridan biri – soliqlar orqali boshqarishdir. 
Davlat xo`jalik-tadbirkorlik faoliyatiga tasir o`tkazish chog`ida ishlab 
chiqarishni rag`batlantirish, fiskal maqsadlarga erishish, qonunlar bilan 
belgilab qo`yilgan tartib qoi-dalarga rioya etilishini nazorat qilishga 
intiladi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o`zining 2006 yilda 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda 
iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor 
yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Maxkamasi Majlisidagi 
maruzasida ko`rsatib o`tilganidek: “Davlatning iqtisodiyotdagi 
ishtirokini keskin kamaytirish bo`yicha davlat nazorat organlarining 
korxonalar xo`jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuviga 
to`la barxam berish muhim ahamiyatga molik masala bo`lib 
qolmoqda”
1
 
Davlatning ixtiyoridagi iqtisodiy hamda huquqiy mexanizm sifatida 
soliqlar orqali tartibga solish o`ziga xos belgilar hamda xususiyatlarga ega. 
Bunda eng avvalo soliqlarning majburiyligi, yani xo`jalik subyekti 
davlatga itoat etishi lozim ekanligi va u soliq to`lash-to`lamaslik 
masalasini o`z xoxishiga ko`ra hal qilaolmasligi nazarda tutilmog`i lozim. 
Tadbirkor muayyan xususiyatlarga ega bo`lgan chog`dan boshlab 
(masalan, daromad (foyda) olishi, mulkka ega bo`lishi, yerga egalik qilishi 
va boshqalar) o`z-o`zidan (avtomatik tarzda) soliq to`lovchiga aylanadi 
hamda soliq yuzasidan tegishli majburiyatlarga ega bo`lib qoladi. 
Soliqlarning yana bir belgisi – soliqlar evaziga hech bir haq yoki 
imtiyoz berish ko`zda tutilmaganligidir. Davlat butun jamiyatning hayot 
faoliyatini moliyaviy jihatdan taminlar ekan, soliq to`lovchiga bevosita u 
to`lagan soliq evaziga biron-bir tarzda haq to`lash yoki qandaydir xizmat 
ko`rsatish majburiyatini o`zining zimmasiga olmaydi. 
Soliqlar qaytarib olinmaslik sharti bilan soliq to`lovchilar tomonidan 
to`lanishi, yani xo`jalik subyektlaridan to`plangan soliqlar shaxsi 
nomalumlashtirilgani holda davlat xazinasiga, uning mutlaq egaligiga 
1
Кaримoв И.A. Янгилaниш вa бaрқaрoр тaрaқиѐт йўлидaн янaдa изчил xaрaкaт қилиш xaлқимиз учун фaрoвoн 
турмуш шaрoити ярaтиш aсoсий вaзифaмиз. Хaлқ сўзи 13 фeврaл 2007 йил
www.ziyouz.com kutubxonasi


o`tadi, uni kelgusida qaytarib berilishi yoki qandaydir tarzda 
kompensasiya qilinishi ehtimoli mavjud bo`lmaydi. 
Soliqlar mamuriy yoki jinoiy tartibda qo`lla-niladigan jarimalardan, 
yuridik shaxslarga nisbatan qo`l-laniladigan iqtisodiy (moliyaviy) 
choralardan farq qilib, jazo bo`lib hisoblanmaydi va sodir etilgan 
huquqbuzarlik xatti-harakati uchun javobgarlik chorasi emas. Soliqlar bu – 
xo`jalik faoliyati olib borilganligi uchun xo`jalik subyektlari tomonidan 
davlat foydasiga amalga oshiri-ladigan to`lov, Milliy daromodning 
muayan qismi davlat extiyojlari uchun jalb etilish usulidir. 
Xo`jalik subyektlariga soliqlar orqali tasir o`tkazish mulkni uning 
egasidan davlat foydasiga olishning alohida usuli sifatida xo`jalik subyekti 
tomonidan markaziy yoki mahalliy budjetga pul shaklida to`lovlar to`lashi 
tarzida amalga oshiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 9-moddasiga ko`ra: 
«O`zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig`imlar O`zbekiston 
Respublikasining pul birligi – so`mda hisoblab chiqariladi». 
Xo`jalik faoliyatiga soliqlar orqali tasir qilish tartibga solish hamda 
nazoratni ham o`z ichiga qamrab oladi. Tartibga solish qonunchilik 
sohasiga taalluqli bo`lib, O`zbekistonda soliq masalalariga oid qonunlar va 
boshqa qonun hujjatlarining ko`p sonli tizimi mavjud. Ulardan eng 
muhimlari qatoriga O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
1
, «Davlat 
soliq xizmati to`g`risida»gi
2
qonun, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining Farmon-lari
3
, O`zbekiston Hukumati qarorlari
4
, idoraviy 
meyoriy hujjatlar
5
va boshqalar kiritilishi mumkin. 
Xo`jalik faoliyatiga soliqlar vositasida tasir o`t-kazishni huquqiy 
tartibga solish ikki guruhni qamrab ol-uvchi yagona tizimdan iborat. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin