Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Soliqlar boshqarish funksiyasini



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Soliqlar boshqarish funksiyasini
ham bajaradi. Bu funksiyani 
ro`yobga chiqishi muayyan tuman (shahar), viloyat, butun mamlakat 
miqyosida davlat budjeti daromad qismi ijrosini tashkil etish, turli soliqlar 
va majburiy to`lovlarni budjetga kelib tushishini boshqarish, ushbu 
www.ziyouz.com kutubxonasi


jarayonni umumlashtirish, tahlil qilish, zarur hollarda tegishli usullar 
hamda vositalar bilan unga tasir qilish chog`ida ko`zga tashlanadi. 
Soliqlar xazinani to`ldirish (fiskal), rag`batlan-tirish, tartibga solish
nazorat qilish vositasi sifatida qo`llanilar ekan, muayyan tamoyillarga 
tayanilgan holda qo`llaniladi. Soliqqa oid munosabatlarda quyidagi tamo-
yillarga amal qilinadi: 
1. Soliqlarning umumiyligi, yani bir xil iqtisodiy va yuridik statusga 
ega bo`lgan xo`jalik subyektlari umumiy asoslarda soliqqa tortiladilar, 
ularga imtiyozlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va 
tartiblardagina berilishi mumkin
2. Soliqlarni qonun asosida va oshkora tarzda joriy etilishi. 
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 5-moddasiga muvofiq 
O`zbekiston 
Respublikasida 
soliqlar 
va 
yig`imlar 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi 
tomonidan 
belgilanadi. 
O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi vakolat bergan hollarda soliqlarning ayrim 
turlari O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ham belgilanishi 
mumkin. 
Soliq turi, uning miqdori, to`lovchilari, to`lanish tartibi oshkora 
tarzda oldindan belgilanganligi, bu sohada o`zboshimchaliklarga yo`l 
qo`yilmasligi, soliq demokratizmining eng muhim kafolatlaridan bo`lib 
hisoblanadi; 
3. Soliq to`lovchi tadbirkorlik subyektining xo`jalik mustaqilligiga 
ega ekanligi, soliq summasini hech kimning aralashuvisiz erkin ravishda 
hisoblab chiqishi, budjetga to`lashi, uning soliq sohasidagi ichki ishlariga 
hech kimni aralashuviga yo`l qo`yilmasligi; 
4. Soliqlarni joriy etish faoliyati bilan soliqlarni to`plash faoliyatini 
bir-biridan qatiy ajratilganligi. Yani soliqlar davlat qonunchilik hokimiyati 
organlari tomonidan o`rnatilishi, soliqlarni to`plash (soliqqa oid 
qonunlarning ijrosini taminlash) ijroiya organlar tomonidan amalga 
oshirilishi 
va 
bu 
davlat 
organlarining 
bir-birlarining 
ishlariga 
aralashmasliklari; 
5. Soliqlar joriy etilishi, soliq qonun hujjatlari ijrosi ustidan 
nazoratning amalga oshirilishi
6. Soliqlar to`lanishining, soliqqa oid qonun hujjatlari buzilishi uchun 
javobgarlikning muqarrarligi; 
7. Soliqlardan tadbirkorlikni, iqtisodiyotni rag`bat-lantiruvchi vosita 
sifatida keng foydalanilishi. Bulardan tashqari, soliq munosabatlarida 
demokratizm, insonpar-varlik, qonuniylik, ijtimoiy adolatni qaror toptiri-
lishi kabi umumhuquqiy tamoyillar ham to`la amal qi-ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin