Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-tovarlar haqini to`lamaganlik yoki o`z vaqtida to`la-maganlik



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

-tovarlar haqini to`lamaganlik yoki o`z vaqtida to`la-maganlik 
uchun; 
-mablag`larni akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun. 
Shu o`rinda ko`rsatib o`tilgan javobgarlikning har biriga alohida 
to`xtalish lozim, chunki qonunda belgi-langan javobgarlik choralari 
hozirgi vaqtda sud amali-yotida keng qo`llanilmoqda. 
"Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shart-nomaviy-huquqiy 
bazasi to`g`risida"gi qonunning 25-moddasi tovarlarni yetkazib berish 
muddatlarini kechik-tirib yuborganlik, to`liq yetkazib bermaganlik, 
ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat ko`rsatmaganlik uchun tovar yetkazib 
beruvchi (pudratchi)ning sotib oluvchiga (buyurt-machiga) kechiktirilgan 
har bir kun uchun majburiyat ba-jarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida 
penya to`lash tarzida javobgarligini belgilaydi, lekin bunda penyaning 
umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, baja-rilmagan ishlar yoki 
ko`rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. 
Penyani to`lash shart-noma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni 
yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to`liq yetkazib 
bermaslik yoki xizmatlarni ko`rsatmaslik oqibatida yetka-zilgan zararni 
qoplashdan ozod etmaydi. Mazkur modda xo`-jalik aloqalarining deyarli 
barcha sohalarida (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktasiya, 
pudrat,haq evaziga xizmat ko`rsatish va hokazo) yuzaga keladigan 
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajar-
maganlik uchun javobgarlikni belgilaydi. 
Qonun javobgarlik chorasini belgilashda penya miq-dorini 0,5 foiz 
deb belgilagan bo`lsada, uning eng yuqori miqdorini 50 foizdan oshib 
ketmaydigan miqdorda chega-ralagan, biroq taraflar shartnomada bundan 
ham yuqori yoki kam miqdordagi javobgarlik choralarini belgilashlari 
mumkin. Qonunning 26-moddasi sifati, assortimenti va navi lozim 
darajada bo`lmagan tovarlarni (ishlarni, xiz-matlarni) yetkazib berganlik 
uchun javobgarlikni belgi-laydi. 
Bunda, yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmat-lar)ning sifati, 
assortimenti va navi bo`yicha stan-dartlar, texnik shartlar, namunalarga 
(etalonlarga), qonun hujjatlarida yoki xo`jalik shartnomasida belgilangan 
boshqa majburiy shartlarga mos kelmagan taqdirda sotib oluvchi 
(buyurtmachi) quyidagi huquqlarga ega bo`ladi: 
-tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko`rsatilmagan xizmatlarni qabul 
qilishdan bosh tortishga; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-ularning haqini to`lashni rad etishga; 
-yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assorti-menti va navi 
lozim darajada bo`lmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 20% 
miqdorida jarimani undi-rib olishga; 
-agar tovarlar (ishlar, xizmatlar)haqi to`lab qo`yilgan bo`lsa, 
to`langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga. 
Jarimani hisobdan chiqarish to`g`risidagi to`lov ta-labnomasi 
yetkazib beruvchi (pudratchi)ga xizmat ko`r-satuvchi bank muassasasiga 
lozim darajada emasligi to`g`-risida dalolatnoma tuzilgandan keyin 10 
kundan kechik-tirmay taqdim etilishi lozim. 
Jarimani hisobdan chiqarish to`g`risidagi to`lov ta-labnomasi 
belgilangan 10 kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, 
jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. But bo`lmagan 
tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi): tovarlarni 
butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining 
(buyurtmachining) talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning 
kelishuvida o`zga muddat bel-gilangan bo`lmasa, 15 kunlik muddat ichida 
tovarlarni butlab berishi shart; 
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ular-ning haqini 
to`lashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi to`lab qo`yilgan bo`lsa, 
belgilangan tartibda to`langan summalar qaytarilishini talab qilishga; 
etishmayotgan 
qismlar 
qiymatini 
qo`shgan 
holda 
yetkazib 
beruvchidan but bo`lmagan tovarlar qiymatining 20% miq-dorida jarima 
undirishga; 
tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda to-varlarni butlab 
bermasa, but bo`lmagan tovarlarni qay-tarib berish hamda but bo`lmagan 
tovarlarni butlangan to-varlarga almashtirishni talab qilishga haqli 
(qonunning 27-moddasi). 
But bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik qaysidir jihatdan 
tovarlarni to`liq yetkazib bermaganlikka o`xshab ketadi. Shuning uchun 
ham ular o`rtasidagi tafovutni aniq-lashtrish maqsadga muvofiqdir. To`liq 
yetkazib bermagan-lik – shartnomaning amal qilish muddati davomida 
uning 
tovarlarni 
to`liq 
yetkazib 
berish 
haqidagi 
shartlarining 
bajarilmasligidir. 
But bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik esa- shartnoma, davlat 
standartlari, texnik shartlar va boshqa meyoriy-texnik hujjatlar bilan 
nazarda tutilgan ashyo-lar, ehtiyot qismlar va boshqa elementlarsiz 
tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) yoki ular bo`lgan taqdirda ham asosiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


belgilanishdagi tovarga qo`shib bermagan holda tovarlarni yetkazib 
berishdir. 
Qonunda tovarlarni marka belgisiz, shuningdek to-varni idishsiz yoki 
o`ralmagan holda yetkazib berganlik uchun ham javobgarlik belgilangan. 
Unga ko`ra javobgarlik yetka-zib beruvchi tomonidan quyidagi shartlar: 
marka belgisi qo`yilmagan; lozim darajada markirovkalanmagan; idishsiz 
yoki o`ralmagan; tegishli idishga joylanmagan; lozim dara-jada 
o`ralmagan holda tovarlar yetkazib berilgan taqdirda kelib chiqadi. 
Yetkazib beruvchi tomonidan ushbu shartlar baja-rilmagan taqdirda 
sotib oluvchi (buyurtmachi) quyidagi hu-quqlarga ega bo`ladi: bunday 
tovarlar qiymatining 5% miq-dorida jarimani undirishga; tovar qabul 
qilingandan keyin yana jo`natilishi yoki saqlanishi kerak bo`lgan hol-larda, 
jarima undirishdan tashqari o`z kuchi bilan va yetka-zib beruvchi 
hisobidan tovarlarni o`rash va idishlarga joylashga; sotib oluvchi 
(buyurtmachi) bilan yetkazib beruvchi bir shaharda joylashgan bo`lsa, 
undan tovarlarni o`rab be-rishni yoki idishlarga joylab berishni talab 
qilishga. 
Markirovka-bu tovarning o`zi yoki u joylashtiril-gan idishga 
tushiriladigan yozuvlar, shartli belgilar va rasmlar bo`lib, tovar sifatining 
o`ziga xos guvohnoma-sidir, chunki markirovkaga qarab tovarning sifati 
uchun javob beradigan ishlab chiqaruvchini (tayyorlovchini) aniq-lash 
mumkin. Lozim darajada markirovkalamaslik – stan-dartlar, texnik 
shartlar 
yoki 
shartnoma 
shartlarini 
buzgan 
holda 
tovarlarni 
markirovkalashdir, jumladan: marki-rovkada ko`rsatilishi majburiy 
bo`lgan bir yoki bir necha rekvizitlarning ko`rsatilmaganligi; markirovka 
yozuvining yoki belgisining noaniq tushirilganligi va ularni o`qish 
imkoniyatini bermasligi. 
Tovarlarning idishi yoki o`rash vositasi (upakovka) - tovarlarni 
tashqi muhit tasiridan, shikastlanishdan, ka-mayib ketishidan saqlanishini 
taminlaydigan hamda uni tashish, saqlash va realizasiya qilish jarayonini 
yengillash-tiradigan vosita yoki vositalar yig`indisidir. 
Akkreditivdan foydalanmaganlik uchun qonunda tovar yetkazib 
beruvchining (pudratchining) javobgarligi belgi-langan. 
Akkreditiv 

naqd 
pulsiz 
hisob-kitoblarda 
qo`lla-niladigan 
shakllardan biri bo`lib, bunda akkreditiv och-gan bank (bank-emitent) 
mijoz-to`lovchining (xaridor-ning, buyurtmachining) topshirig`i bilan 
mablag`larni oluv-chiga (yetkazib beruvchiga, pudratchiga) akkreditivda 
nazarda tutilgan barcha shartlar bajarilgan taqdirda to`lovni amalga 
oshirish majburiyatini oladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fuqarolik kodeksining 797-moddasi talablariga ko`ra, akkreditivning 
amal qilish muddati va u bo`yicha hisob-kitob qilish tartibi pul 
mablag`larini to`lovchi bilan oluvchi o`rtasidagi shartnomada belgilab 
qo`yiladi. Shart-nomada yana quyidagilar ko`rsatilgan bo`lishi kerak: 
bank-emitentning (akkreditiv ochgan bankning) nomi; akkre-ditivning turi 
va uni bajarish usuli; mablag`larni oluv-chini akkreditiv ochilganligi 
haqida xabardor qilish usuli; akkreditiv bo`yicha mablag`lar olish uchun 
oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to`liq ro`yxati va aniq 
tavsifi; 
tovarlar 
jo`natilganidan 
(xizmatlar 
ko`rsatilgan, 
ishlar 
bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni 
rasmiylashtirishga qo`yiladigan talab-lar. 
Qonunning 29-moddasiga muvofiq tovar yetkazib beruvchi 
(pudratchi) talabiga binoan qo`yilgan akkreditiv u amal qiladigan muddat 
ichida foydalanilmasa, yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga 
(buyurtmachiga) akkre-ditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi 
miq-dorida jarima to`laydi. qonunning 30-moddasi to`lov, to-var-transport 
hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik uchun yetkazib beruvchining 
(pudratchining) javobgarligini belgilaydi. 
Har qanday holatda ham to`lov yoki tovar-transport hujjatlarining 
nusxasini yuborish va boshqa axborotni taqdim etish tartibi taraflar 
o`rtasida tuzilgan shart-nomada belgilanishi va unda quyidagi shartlar 
ko`rsatilgan bo`lishi lozim: 
- qaysi to`lov hujjatlari yuborilishi shartligi; 
- qaysi tovar-transport hujjatlari yuborilishi shartligi; 
- bu hujjatlarni yuborish muddati (tovar jo`natil -gandan keyin necha 
kun ichida yuborilishi lozimligi); 
- tovarlar jo`natilganligi to`g`risidagi axborotga ni-malar kirishi va 
axborot qanday tartibda (telefono-gramma, faks, xat, telegramma va h.k.) 
va necha kun ichida berilishi lozimligi; 
- taraflar o`rtasidagi aloqa shartlari va aloqa vosi-talarining raqamlari 
bilan kodi. 
To`lov yoki tovar-transport hujjatlarining nusxa-sini yuborish va 
boshqa axborotni taqdim etish tartibi taraflar uchun bajarilishi majburiy 
bo`lgan boshqa me-yoriy hujjatlar (qaror, yo`riqnoma, davlat standarti 
yoki texnik shartlar)da belgilangan bo`lishi mumkin. Mazkur hujjatlarni 
vaqtida yubormaganlik yoki boshqa axborotni taqdim etmaganlik taraflar 
o`rtasidagi xo`jalik aloqa-larining izdan chiqishiga, sotib oluvchining 
(buyurt-machining) qabul qilib olingan tovarlarni vaqtida kirim qila 
olmasligiga, yetkazib berilayotgan tovarlarni joy-lashtirish uchun 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tayyorgarlik ko`rilishi lozimligi sababli xabarnomasiz kelgan tovarlarni 
joylashtirishda muam-molar tug`ilishga sabab bo`lishi mumkin. 
Shuning uchun ham yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot 
taqdim etmagan har bir holat uchun yetkazib beri-layotgan tovar 
qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to`laydi. Qonunning 31-moddasida 
tovarlarni tanlab ol-maslik yoki uni rad etganlik uchun sotib oluvchining 
(bu-yurtmachining) javobgarligi belgilangan. 
Tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib be-ruvchi 
shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda 
tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi 
yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o`z muddatida olinmagan) tovarlar 
qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo`yicha esa 10 
foizi miqdorida jarima to`laydi. Tovarlar tanlab olin-magan (olish asossiz 
rad etilgan) hollarda, yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu 
tovarlar mavjud-ligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olin-
magan (o`z muddatida olinmagan) tovarlar qiymati to`la-nishini talab 
qilishga haqlidir. 
Demak, qonun quyidagi har ikki holat bo`yicha sotib oluvchining 
javobgarligini belgilagan, yani: tovarlarni tanlab olmaslik uchun; yetkazib 
beruvchi tovarlarni yetkazib berganda ularni olishni asossiz ravishda rad 
etganlik uchun. Tanlab olmaslik-sotib oluvchining shartnomada bel-
gilangan tartibda va muddatlarda yetkazib beruvchining om-boridan 
mahsulotlarni (tovarlarni) olib ketish (qabul qilib olish) to`g`risidagi 
shartnomada nazarda tutilgan majburiyatini bajarmasligidir. 
Har qanday holatda ham sotib oluvchi yoki buyurtmachi, 
shartnomani imzolab, malum bir tovarni qabul qilib olish va haqini to`lash 
majburiyatini o`z zimmasiga olgan bo`lsa, shartnomada belgilangan 
tartibda shu tovarni qabul qilib olishi shart. 
Qonun tovarlarni olishni asossiz ravishda rad et-ganlik uchungina 
sotib oluvchining javobgarligini bel-gilaydi va tovarlarni olishni rad etish 
asosli bo`lishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo`lmog`i lozim: 
a) yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yetkazib be-rishning 
shartnomada belgilangan muddati o`tkazib yubo-rilgan bo`lsa (basharti, 
shartnomada tovarlarni yetkazib be-rish muddati o`tkazib yuborilgan 
taqdirda keyingi davrda ularning o`rnini to`ldirish sharti nazarda 
tutilmagan bo`l-sa); 
b) tovarlar sotib oluvchining (buyurtmachining) rozi-ligisiz 
muddatidan oldin yetkazib berilgan bo`lsa ( agarda tovarlar sotib oluvchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan qabul qilib olinsa, ular keyingi davrda yetkazib berilishi lozim 
bo`lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi); 
v) tovarlarning shartnoma shartlariga nomuvofiqligi (miqdori 
kamligi, sifatsizligi, butlanmaganligi, assor-timenti lozim darajada 
emasligi, tovarga mansub ashyolar va hujjatlar topshirilmaganligi) 
aniqlangan bo`lsa, va yetkazib beruvchi sotib oluvchining ushbu shartlarni 
baja-rish to`g`risidagi talablarini belgilangan muddatda, agar bunday 
muddat belgilangan bo`lmasa, oqilona muddatda ba-jarmagan bo`lsa; 
g) taraflar shartnomada bajarilishi shart deb belgi-lagan shartlar 
yetkazib beruvchi tomonidan bajarilmagan bo`lsa va shartnomada sotib 
oluvchiga shunday holatda to-varni qabul qilishdan voz kechish huquqi 
berilgan bo`lsa. 
Hozirgi vaqtda shartnoma majburiyatlarini buzi-lishining keng 
tarqalgan turlaridan biri tovarlar (ish-lar, xizmatlar) haqini to`lamaslik 
yoki o`z vaqtida to`la-maslikdir. Qonun unga quyidagicha tarif berib, 
javob-garlikni belgilaydi. 
To`lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda bu-tunlay yoki qisman 
rad etganlik, shuningdek hisob-ki-tobning boshqa shakllarida tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) haqini to`lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga 
to`lov 
topshiriqnomasi 
taqdim 
etmaganlik, 
chekni 
bermaganlik, 
akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi 
(buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o`zi to`-lashni rad etgan yoki 
bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to`laydi. Yetkazib 
berilgan tovarlar haqini o`z vaqtida to`lamaganlik uchun sotib oluvchi (bu-
yurtmachi) yetkazib beruvchiga o`tkazib yuborilgan har bir kun uchun 
kechiktirilgan to`lov summasining 0,4 foizi miq-dorida, ammo 
kechiktirilgan to`lov summasining 50 foi-zidan ortiq bo`lmagan miqdorda 
penya to`laydi. 
Qonunning 
33-moddasi 
mablag`larni 
akseptsiz 
hi-sobdan 
chiqarganlik uchun quyidagi javobgarlikni belgi-laydi: 
hisob varaqdan mablag`larni asossiz ravishda ak-septsiz hisobdan 
chiqarganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga asossiz ravishda akseptsiz 
hisobdan chiqarilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima to`laydi; 
akseptsiz shakl bo`yicha bank to`lovchining roziligini olmasdan ham 
to`lov talabida ko`rsatilgan summani mab-lag`larni oluvchiga to`lab 
beradi. 
Mazkur moddada belgilangan javobgarlik kelib chi-qishining zaruriy 
sharti- mablag`larni to`lov talabi bilan akseptsiz hisobdan chiqarishning 
www.ziyouz.com kutubxonasi


asossiz ravishda amalga oshirilgan bo`lishidir. Mablag`lar quyidagi 
hollarda to`lov talabi bilan akseptsiz hisobdan chiqarilishi mumkin: 
-bildirilgan 
talabnomaga 
berilgan 
yozma 
javobda 
qarzdor 
talabnomani to`liq yoki qisman tan olgan bo`lsa va talabnomani tan olish 
to`g`risidagi javobda tan olingan summa o`tkazilishi haqida malumot 
bo`lmasa, javob olingan kundan 20 kun o`tgach - javobda tan olingan 
summani; 
-sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo`l-magan tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) yetkazib ber-ganlik uchun sifati, assortimenti va 
navi lozim dara-jada bo`lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatining 20 
foizi miqdorida jarimani, bu haqda dalolatnoma tuzil-gandan keyin 10 
kundan kechiktirmay; 
-kommunal va aloqa xizmatlari (gaz, suv, elektr va issiqlik 
energiyasi, oqova suvlarni qabul qilish, telefon aloqasi, pochta va telegraf 
harajatlari, chiqindilarni olib ketish va hokazolar) uchun hisob-kitob 
qilishda-shu xiz-matlar haqini. 
Lekin, amaldagi qonun hujjatlariga, jumladan FK-ning 333-
moddasiga muvofiq shartnoma majburiyatini ba-jarmagan yoki lozim 
darajada bajarmagan taraf aybi bo`lgan taqdirdagina javobgarlikka 
tortiladi. Agar taraf majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o`ziga 
bog`liq bo`lgan hamma choralarni ko`rganligini isbotlasa, u aybsiz deb 
topiladi. Aybning yo`qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan 
isbotlanadi. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo`lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni 
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni baja-
rishga yengib bo`lmaydigan kuch, yani favqulodda va muayyan 
sharoitlarda oldini olib bo`lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli (tabiiy 
ofat, harbiy harakatlar va h.k.) imkon bo`lmaganligini isbotlay olmasa, 
javobgar bo`ladi. 
Quyidagilar fors-major vaziyati hisoblanmaydi: 
-qarzdorning shartlashuvi sheriklari tomonidan maj-buriyatlarning 
buzilishi; 
-majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo`qligi; 
-qarzdorda zarur pul mablag`larining bo`lmaganligi. 
Shartnoma majburiyatlari xo`jalik yurituvchi subyekt mansabdor 
shaxsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, 
uning tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`lari va 
boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, 
to`lov intizomi buzilgan, xo`jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar 
sodir etilgan taqdirda, xo`jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45 va 48-moddalariga 
muvofiq 
fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikka, 
Mamuriy 
javobgarlik 
to`g`risidagi kodeksning 175, 176
1
,176,212 va 214-moddalariga muvofiq 
mamuriy javobgarlikka, shuningdek Jinoyat kodeksining 175,181, 186, 
205, 207 va 209-moddalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi 
mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 4 martdagi 
Farmoniga muvofiq xo`jalik sudlariga: 
xo`jalik nizolarini ko`rish jarayonida jinoyat alo-matlari aniqlangan 
holatlarda xo`jalik yurituvchi sub-yektlar mansabdor shaxslariga nisbatan 
jinoyat ishi qo`z-g`atish; 
iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan 
mamuriy javobgarlik choralarini qo`llash; 
xo`jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan mulkiy zararni aybdor 
mansabdor shaxslardan undirish; 
pul mablag`lari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, to`lov 
intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va 
korxonalarni bankrotlik darajasigacha olib kelganlik uchun xo`jalik 
yurituvchi subyektlarning rahbarlarini va boshqa xodimlarni egallab turgan 
lavozimidan ozod etishga qadar bo`lgan intizomiy javobgarlikka tortish 
haqida tegishli organlarga taq-dimnomalar kiritish huquqi berilgan. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin