Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)
boy berilgan foyda) tushuniladi (FKning 14-moddasi).
Shunday qilib, zarar tushunchasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1. Mulkning yo`qolishi, jismonan yo`q qilinishi yoki xo`jalik
oborotidan chiqib ketishi. Masalan, yuk saqlovchi o`z omboridagi mulkni
saqlash majburiyatini bajarmasa va ashyo uning beparvoligi oqibatida
o`g`irlansa.
2. Mulkning shikastlanishi va oqibatda istemol si-fatini, tashqi
ko`rinishini yo`qotishi, qiymatining pa-sayib ketishi.
Mulkka shikast yetkazilganda uning qiymatining ka-mayish miqdori
yoki yetkazilgan shikastni bartaraf etish harajatlari aniqlanadi. Bunday
zarar shartnomaning idish va o`rash haqidagi shartlari buzilishi, yetkazib
berilayotgan uskunalarning sinishi, shuningdek, masalan, ijaraga oluvchi
ijaraga olingan mulkdan tegishli tartibda foydalan-maganligi oqibatida uni
zudlik bilan tamirlash talab qilinadigan holatga keltirib qo`yishi natijasida
yetka-zilishi mumkin.
3. Tarafning xarajatlari. Masalan, ishlab chiqarish-ning to`xtab
qolishi natijasida qilingan xarajatlar, qabul qilib olingan mahsulot
(bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar)dagi kamchiliklarni bartaraf etish
xarajatlari, to`langan neustoykalar va zararni qoplashga ketgan xara-jatlar.
4. Taraf ololmay qolgan daromad (boy berilgan foy-da)-aybdor taraf
shartnoma majburiyatlarini bajargan taqdirda huquqi buzilgan shaxs olishi
mumkin bo`lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar, yani aybdor taraf
to`g`-ridan-to`g`ri yetkazmagan bo`lsada, uning aybli harakat-lari yoki
harakatsizligi natijasida olinishi mumkin bo`lgan foydani boy berish
natijasida ko`rilgan zarar.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko`ra neustoyka (jari-ma, penya)
to`langanligidan qati nazar, shartnoma majbu-riyatlarini buzgan taraf
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o`zi yetkazgan zarar qismini ham
qoplaydi.