kitoblari yoki tahminiy
farazlari hisobga olinmaydi, balki daromad olish
imko-niyati mavjudligi haqida guvohlik beradigan yozma da-lillar:
davogar bilan uning hamkorlari o`rtasida tuzilgan shartnomalar, tegishli
shartnoma tuzish haqida taklif bi-lan ulardan olingan kafolat xatlari,
davogarning shart-noma tuzish haqidagi taklifiga uning hamkorlari bergan
yozma
ijobiy javoblar, kelajakda niyat qilingan ishlar to`g`risida tuzilgan
bayonnomalar va hokazolar talab qili-nadi.
Olinmay qolgan daromadning miqdori (boy berilgan foyda), agarda
majburiyat bajarilgan bo`lganida, kreditor qilishi lozim bo`lgan oqilona
harajatlar hisobga olinib aniqlanadi. Chunonchi, xom ashyo yoki butlovchi
buyumlarni yetkazib bermaslik natijasida olinmay qolgan foyda tarzidagi
zararni qoplash haqidagi talab bo`yicha
bunday foydaning miqdori u
tovarlarni xaridor bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tayyor
mahsulotlarni sotish bahosidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bunda yetkazib berilmagan xom ashyo yoki butlanishi lozim bo`lgan
buyumlar qiymati, transport-tayyorlash ha-rajatlari va tayyor mahsulotlarni
ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan boshqa harajatlar qiymati chegirib
tash-lanadi. Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomo-nidan uni olish
uchun ko`rilgan choralar va shu maqsadda ko`rilgan tayyorgarliklar
hisobga olinadi. Taraflar shart-nomada majburiyatlar bajarilmagan
taqdirda aybdor taraf ikkinchi tarafga qoplashi lozim bo`lgan
zarar
miqdorini mustaqil belgilashlari ham mumkin.
Muddatini o`tkazib yuborish yoki shartnoma maj-buriyatlarini
o`zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan
neustoykani (jarimani, penyani) to`lash hamda shartnoma majburiyatlarini
lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o`rnini qop-
lash taraflarni majburiyatlarni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonun
hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Demak, qonun majbu-riyatni asl holida bajarish shartligi bilan birga asl
holida bajarishdan ozod qilishni ham nazarda tutgan. Masalan, kechiktirib
yuborish oqibatida o`zi uchun aha-miyatini yo`qotgan (FKning 337-
moddasi 2-qismi) ij-roni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shu-
ningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to`lash (FKning
342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
Dostları ilə paylaş: