Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik shartnomalari ularni imzolash uchun tayyorlash



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
Xo`jalik shartnomalari ularni imzolash uchun tayyorlash 
jarayonida xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xiz-mati yoki 
jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun huj-jatlariga muvofiqligi 
yuzasidan tekshirib ko`rilishi kerak. Shartnomalarni ularning 
imzolarisiz tuzishga yo`l qo`yilmaydi. 
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki 
yuz baravaridan ortiq summadagi xo`-jalik shartnomalari yuridik 
xizmatning yoki advokatning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida, quyidagilar ko`rsatiladi: 
xo`jalik shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinishi;
xo`jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos 
kelish-kelmasligi; 
taraflarning javobgarligi meyori va nizolarni hal etish tartibi qonun 
hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. 
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga asossiz ara-lashuvlarning 
oldini olish, shuningdek shartnoma tuzish erkinligi prinsipiga rioya 
qilinishni taminlash maq-sadida amaldagi qonunlar bilan davlat hokimiyati 
va bosh-qaruvi organlarining xo`jalik shartnomalarini tuzish hamda 
bajarish jarayonidagi vakolatlari aniq belgilab qo`yilgan. 
Mahalliy davlat qokimiyati organlari o`z vakolatlari doirasida: 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, 
xizmatlar 
ko`rsatish 
shartnomalarini, 
shuningdek 
kontraktasiya 
shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi; 
xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi shartnoma munosabatlarini 
rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko`radi. 
Davlat boshqaruv organlari esa o`z vakolatlari doirasida: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


xo`jalik shartnomalarini tuzishda yordam ko`rsatadi; 
xo`jalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to`g`risidagi 
statistika malumotlarini umumlashtiradi; 
Qonun 
hujjatlarida 
nazarda 
tutilgan 
hollarda 
xo`jalik 
shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi; 
xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil 
etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga ko`maklashadi; 
xo`jalik shartnomasini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish 
jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`yilganligi fakti 
aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortish masalasini qo`yadi. 
Xo`jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish 
bilan bog`liq bo`lgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni 
qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu organlar 
aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, xo`jalik 
yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarur chora-
tadbirlarni ko`radilar. 
Adliya organlari xo`jalik yurituvchi subyektlarga shartnoma 
majburiyatlarini 
tuzish 
va 
bajarish 
chog`ida 
hu-quqiy 
yordam 
ko`rsatadilar, 
shuningdek 
o`z 
vakolatlari 
doi-rasida 
xo`jalik 
shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qiladilar. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin