Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§ Xo`jalik shartnomalarini tuzish, o`zgartirish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
2-§ Xo`jalik shartnomalarini tuzish, o`zgartirish 
va bekor qilish 
Xo`jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta 
(shartnoma tuzish haqida taklif) yo`llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi 
(taklifni qabul qilishi) yo`li bilan tuziladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari 
bo`yicha kelishuvga erishilgan bo`lsa, xo`jalik shartnomasi tuzilgan deb 
hisoblanadi. 
Xo`jalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan 
tovarning miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning 
bajarilish 
muddatlarini, 
hisob-kitob 
qilish 
tartibini, 
taraflarning 
majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim 
dara-jada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizo-larni hal etish 
tartibini hamda taraflarning rekvizit-larini, shartnoma tuzilgan sana va 
joyni va boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak. 
Xo`jalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam 
bo`lmagan miqdorda oldindan to`lab qo`yish albatta nazarda tutilgan 
bo`lishi kerak. 
Xo`jalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar 
uchun ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda 
o`tkazilganidan so`ng e'lon qilingan o`zlarining namunaviy yoki tipovoy 
shartlariga (shakllariga) amal qilishlari mumkin. 
Xo`jalik shartnomasini tuzilish jihatidan shartli ra-vishda to`rt 
qismga:
1) kirish;
2) shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majbu-riyatlari;
3) shartnomaning qo`shimcha shartlari;
4) shartnomaning boshqa shartlariga ajratish mumkin. 
Xo`jalik shartnomasining kirish qismida quyidagilar – shartnomaning 
nomi (mahsulot yetkazib berish, kredit, transport vositalari ijarasi, qurilish 
pudrati va x.k.); shartnomani imzolash vaqti va joyi; shartnoma 
taraflarining to`liq nomi, shartnoma bo`yicha taraflarning atalishi 
(masalan: “mahsulot yetkazib beruvchi”, “pudratchi” va sh.k.); 
shartnomani imzolayotgan shaxsning mansabi va nas-li-nasabining to`liq 
nomi, shuningdek unga shartnomani imzolash huquqini beruvchi hujjat 
(ustav, nizom yoki ishonchnoma) ko`rsatilishi lozim.
Yuqoridagilarni shartnomada to`liq va aniq ifodalanishi muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, shartnomaning aniq nomlanishi taraflarga va 
boshqa 
shaxslarga 
qanday 
huquqiy 
munosabatlar 
haqida 
so`z 
yuritilayotganligi to`g`risida o`sha zahoti tushuncha bersa, shartnoma 
imzolangan vaqt (yil, oy, kun) shartnoma imzolangan paytni to`g`ri 
aniqlash va amal qilish muddatini qachon tugashi, yani bu bilan bog`liq 
yuridik oqibatlarni belgilash imkoniyatini beradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo`jalik shartnomasining ikkinchi qismi uning katta ahamiyatga ega 
bo`lgan shartlarini o`z ichiga oladi: shartnoma predmeti; birinchi tarafning 
shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlari; ikkinchi tarafning shartnoma 
bo`yicha huquq va majburiyatlari; taraflarning o`z majburiyatlarini 
bajarish muddatlari; taraflar majburiyatlarini bajarish joyi; taraflar 
majburiyatlarini bajarish usullari (harakatlar tartibi, ketma-ketligi va h.k.). 
Ushbu shartlarning mazmuni shartnomaning turiga va uning qanday 
holatga nisbatan tuzilishiga bog`liq bo`ladi va Fuqarolik kodeksi va 
amaldagi normativ hujjatlar qoidalari asosida shakllanadi.
Xo`jalik shartnomasining uchinchi qismi shunday shart-larni o`z 
ichiga oladiki, ularni shartnomada ko`zda tutish majburiy emas. Ammo, 
bunday 
shartlar 
mavjud 
bo`lgan 
taq-dirda 
taraflar 
huquq 
va 
majburiyatlariga, shuningdek ularni bajarish tartibiga sezilarli tasir qiladi.
Xo`jalik shartnomasining qo`shimcha shartlariga– shartnomani amal 
qilish muddati; taraflarning javobgarligi; majburiyatlarning bajarilishini 
taminlash usullari; shartnomani bir taraflama bekor qilishning asoslari va 
oqibatlari; shartnoma bo`yicha malumotlarni sir saqlash haqidagi; 
nizolarni hal qilish tartibi kabilar kiradi. 
Taraflarning shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish 
muddatlari ko`rsatilgan taqdirda ham xo`jalik shartnomasining amal qilish 
muddati ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu holat shartnomani amal 
qilish muddati qachon tugashini bilish va taraflar shartnomani bajarishdan 
bosh tortganlik uchun talabnoma va davo qilish muddatini boshlanishini 
aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 
Shartnoma 
shartlari 
buzilgan 
taqdirda 
taraflarning 
o`z 
majburiyatlarini 
bajarishlarini 
taminlash 
maqsadida 
shartnomada 
tarafalarning javobgarligi ko`zda tutiladi. Odatda, har bir shartnomada 
javobgarlik kelishilgan shartlarning birini bajarmagan tarafga nisbatan 
neustoyka (jarima, penya) ko`rinishida sanksiya belgilanishi bilan 
ifodalanadi. 
Xo`jalik shartnomasining qo`shimcha shartlaridan yana biri–bu 
majburiyatlarning 
bajarilishini 
taminlash 
usullaridir. 
Amaldagi 
qonunchilikka muvofiq xo`jalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, 
garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat 
hamda qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha 
usullar bilan taminlanishi mumkin.
Odatda xo`jalik shartnomalari faqat taraflarning kelishuviga muvofiq 
bekor qilinishi mumkin, ammo taraflar shartnomada uni bir tarafning 
tashabbusi bilan ham bekor qilish to`g`risidagi shartlarni kiritishlariga yo`l 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo`yiladi. Shuningdek shartnomada uning qaysi shartlari sir saqla-nishi va 
taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emasligi belgilab qo`yilishi 
mumkin. 
Respublikamizda iqtisodiyot va uni boshqarish jarayonida vujudga 
keladigan nizolarni hal qilish xo`jalik sudlari sudloviga taalluqlidir. Biroq, 
xo`jalik prosessual qonunchiligida fuqarolik huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan hamda xo`jalik 
sudiga taalluqli bo`lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan hakamlar 
sudida ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi belgilangan. Qoida 
tariqasida, davolar javobgar joylashgan joydagi xo`jalik sudiga taqdim 
etiladi. Ammo, davoni javobgar joylashgan joyda taqdim etish va da-
vogarning tanlashi bo`yicha sudlovga tegishlilik taraf-larning roziligi bilan 
o`zgartirilishi hamda nizoni hal qilishi lozim bo`lgan xo`jalik sudining 
nomi shartnomada aniq belgilanishi ham mumkin.
Xo`jalik shartnomasining to`rtinchi qismi o`z ichiga - taraflar 
o`rtasidagi munosabatlar shartnomadan tashqari yana nimalar bilan 
tartibga solinishini; taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi; 
shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma 
imzolangandan keyingi natijalari; taraflarning rekvizitlari; shartnoma 
nusxalari soni haqidagi malumotni; shartnoma matniga o`zgartirishlar 
kiritish tartibini; taraflar vakillarining imzolarini oladi. 
Taraflar shartnomada o`z zimmalariga olgan aniq majburiyatlarni 
belgilab olishi tabiiy bir holdir. Unga shartnoma bo`yicha taraflar 
o`rtasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normalarini 
kiritishning hojati yo`q. Shuning uchun, odatda shartnomaning boshqa 
sharti sifatida unga quyidagi jumla kiritiladi: “Mazkur shartnomada 
nazarda tutilmagan shartlar bo`yicha taraflar amaldagi qonunchilikka rioya 
qiladilar”. 
Taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi shartlarda – axborot 
berish va shartnomaning bajarilishiga taalluqli bo`lgan masalalarni hal 
qilishga vakolatli shaxslar (nomlari yoki mansabi), shuningdek aloqa 
turlari (telefon, faks va h.k) ko`rsatiladi.
Shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma 
imzolangandan keyingi natijalari to`g`risidagi bandda taraflar shartnomani 
tuzish bo`yicha olib borilgan barcha muloqotlar, yozishmalar, oldindan 
kelishib olishlar va shu maqsaddagi bayonnomalar o`z kuchini 
yo`qotganligi belgilanadi. 
Taraflarning rekvizitlariga – pochta indeksi, manzili, hisob–kitob 
raqami, bank muassasaning nomi, kodi, MFO, soliq to`lovchining 
www.ziyouz.com kutubxonasi


identifikasiya raqami, yuklash rekvizitlari kiradi va ular xo`jalik 
shartnomasida aniq ko`rsatilishi lozim. Shartnoma nusxalari soni va uning 
haqiqiyligi unda ko`rsatiladi. Shartnoma matniga o`zgar-tirishlar kiritish 
tartibining belgilanishi shartnomani qalbakilashtirilishini oldini oladi. 
Har bir shartnomada malum bir shaxsning xohish-istaklari bayon 
qilinishi munosabati bilan shartnoma o`sha shaxs yoki uning to`liq 
vakolatga ega bo`lgan vakili tomonidan imzolanadi, shuningdek, 
shartnomada yuridik xizmat xodimi yoki advokatning imzosi bo`lishi talab 
qilinadi. 
Xo`jalik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Qonun-chilikda 
shartnoma yozma shaklining uch xil turi ko`rsatilgan. Amaliyotda 
shartnomaning oddiy yozma shakli keng tarqalgan bo`lib, u taraflar 
imzolagan bitta hujjatni tuzish yo`li bilan tuziladi. 
Xo`jalik shartnomasi, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, 
elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli 
suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar 
almashish yo`li bilan tuzilishi mumkin. Agar qonun hujjatlariga yoki 
taraflardan birining talablariga zid bo`lmasa bitim tuzish chog`ida imzodan 
faksimile usulida nusxa ko`chirish vositalaridan foydalanishiga yo`l 
qo`yiladi. 
Xo`jalik shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik 
uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Xo`jalik shartnomasi qonunda 
ko`rsatilgan hollarda va taraflardan birining talabi bo`yicha notarial 
tasdiqlanishi shart. Shartnomani notarial tasdiqlash notarius yoki bunday 
no-tarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan boshqa 
mansabdor shaxs tomonidan shartnomada tasdiqlovchi ustxat yozib 
qo`yish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Amaldagi qonun hujjatlarida ayrim xo`jalik shartnomalarini davlat 
ro`yxatidan o`tkazish belgilab qo`yilgan. Masalan, yer uchastkalari va 
boshqa ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq xo`jalik shartnomalari (boshqa 
shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara va boshqalar) davlat 
ro`yxatidan o`tkazilishi kerak. Shartnomaning notarial shakliga yoki uni 
davlat 
ro`yxatidan 
o`tkazish 
talabiga 
rioya 
qil-maslik 
xo`jalik 
shartnomasining haqiqiy emasligini kel-tirib chiqaradi. Bunday shartnoma 
o`z-o`zidan haqiqiy bo`lmaydi. 
Xo`jalik shartnomalarini tuzishda ayrim qonunlar yoki boshqa 
normativ hujjatlar tomonidan o`rnatilgan muhim xususiyatlarni hisobga 
olish zarurdir. Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo-nunida jamiyatning mol-mulkini olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi 
bilan bog`liq “yirik bitimlar” (shartnomalar) alohida qayd qilingan. 
Unda quyidagilar yirik bitimlar (shartnomalar) deb hisoblanadi:
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat 
aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega 
bo`lgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan 
bog`liq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan 
chiqarishi ehtimoli bilan bog`liq bitim yoki o`zaro bog`-langan bir necha 
bitim (oddiy xo`jalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar 
bundan mustasno);
jamiyat 
tomonidan 
ilgari 
joylashtirilgan 
oddiy 
(odatdagi) 
aksiyalarning yigirma besh foizidan ko`prog`ini tashkil etadigan oddiy 
(odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga ayriboshlanadigan 
imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bog`liq bir yoki o`zaro bog`langan 
bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab bo`lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat 
kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Qiymati bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilina-yotgan sanada 
jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik 
foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo`lgan yirik bitim tuzish 
to`g`risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul 
qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan azolari 
ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining 
yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish to`g`risidagi masala 
kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig`ilishi 
hukmiga havola etilishi mumkin.
Bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat 
aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi 
mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to`g`risidagi qaror aksiyadorlar 
umumiy yi-g`ilishi tomonidan yig`ilishda qatnashayotgan ovoz beruvchi 
aksiyalar egalari bo`lgan aksiyadorlarning to`rtdan uch qismdan iborat 
ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuning uchun ham xo`jalik 
shartnomalarini tuzish jarayonida shartnomani imzolayotgan shaxs 
vakolatini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Agar shaxsning xo`jalik shartnomasini tuzish vakolatlari shartnoma 
bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning tasis hujjatlari bilan 
ishonchnomada, qonunda belgilab qo`yilganiga nisbatan yoinki shartnoma 
tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko`rinib turgan deb hisoblanishi mumkin 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo`lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo`yilgan bo`lsa va shartnomani 
tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan 
chiqib ketgan bo`lsalar, shartnomadagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni 
bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo`lganligi isbotlangan hollardagina 
shartnoma cheklash belgilanishidan manfaatdor bo`lgan shaxsning davosi 
bo`yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Xo`jalik shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va 
taraflar uchun majburiy bo`lib qoladi. Taraf-lar o`zlari tuzgan xo`jalik 
shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga 
kelgan munosabatlariga nisbatan qo`llaniladi deb belgilab qo`-yishga 
haqlidirlar. Xo`jalik shartnomasi shartnoma shart-lariga hamda qonun 
hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar 
bo`lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi 
lozim. 
Xo`jalik 
shartnomasi 
taraflarning 
kelishuviga 
muvofiq 
o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Xo`jalik shartnomasi qanday 
shaklda tuzilgan bo`lsa, taraflarning uni o`zgartirish yoki bekor qilish 
to`g`risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. 
Xo`jalik 
shartnomasini 
o`zgartirish 
haqidagi 
kelishuvda 
quyidagilarning ko`rsatilishi maqsadga muvofiq bo`ladi, yani: qaysi 
shartnoma o`zgartiriladi 
(shartnomaning ra-qami, sanasi, nomi); 
shartnomani o`zgartirish sababi; o`zgartirilayotgan yoki qo`shimchalar 
kiritilayotgan shartlar va ularning yangi tahriri; o`zgartirish kiritilgandan 
keyin avvalgi shartlarning yuridik kuchini yo`qotishi haqidagi band; 
o`zgartirish yoki qo`shimcha kiritilishidan oldin mazkur shartlar bo`yicha 
yuzaga kelgan masalalarni hal qilish tartibi. 
Taraflarning shartnomani bekor qilish haqidagi kelishuvida esa 
quyidagi malumotlar kiritilishi lozim: qanday shartnoma bekor 
qilinayotganligi; qaysi vaqtdan shartnoma bekor qilinayotganligi; 
shartnoma bekor qili-nishidan oldin mazkur shartnoma yuzasidan vujudga 
kelgan masalalarni hal qilish tartibi; shartnoma bekor qilin-gandan keyin 
taraflarning mazkur shartnoma bo`yicha talab qilish huquqlari o`z kuchini 
yo`qotishi to`g`risidagi band. 
Xo`jalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki 
xo`jalik shartnomasining shartlarini bir taraflama o`zgartirishga yo`l 
qo`yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. 
Taraflardan birining talabi bilan xo`jalik shartnomasi xo`jalik 
sudining qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xo`jalik shartnomasini jiddiy 
ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


hollarda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Taraflardan birining 
xo`jalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u xo`jalik shartnomasi 
tuzishda umid qilishga haqli bo`lgan narsadan ko`p darajada mahrum 
bo`ladigan qilib zarar yet-kazishi xo`jalik shartnomasini jiddiy buzish 
hisobla-nadi. 
Bir taraf shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga 
ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko`rsatilgan 
yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat 
bo`lmaganida esa – o`ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan ke-yin, 
xo`jalik shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi talabni 
sudga taqdim etishi mumkin. Demak, xo`jalik shartnomalari qonunchilik 
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan hollarda bir taraflama yoki xo`-
jalik sudining hal qarori bilan bekor qilinishi mumkin. 
Xo`jalik shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ham 
yozma shaklda amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
fao-liyatining 
shartnomaviy-huquqiy 
bazasi 
to`g`risida”gi qo-nunida ichki xo`jalik shartnomalarini tuzish qoidalari 
ham belgilangan. Ichki xo`jalik shartnomasi, qoida tariqasida, xo`jalik 
yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo`linmalari o`rtasida yoki xo`jalik 
yurituvchi subyekt va uning xodimi (bir guruh xodimlari) o`rtasida 
tuziladi. 
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, xo`jalik yurituvchi 
subyektlar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar 
ko`rsatish yuzasidan ichki xo`jalik shartnomalarining o`zlari boshqa 
xo`jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzgan xo`jalik shartnomalaridagidan 
kam bo`lmagan hajmda tuzilishini taminlashlari shart.
Ichki xo`jalik shartnomalariga oilaviy pudrat, fermer xo`jaligi bilan 
shirkat xo`jaligi o`rtasidagi shartnomalar yaqqol misol bo`la oladi. Ichki 
xo`jalik shartnomalari o`z huquqiy tabiatiga ko`ra fuqarolik-huquqiy va 
mehnat-huquqiy 
normalar 
duragayidan 
iborat 
shartnoma 
bo`lib 
hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo`lmasa, ichki xo`jalik shartnomalariga nisbatan 
O`zbekiston Respublikasi Fuqa-rolik kodeksi 353-385-moddalarining 
normalari qo`l-laniladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin