Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


noto`g`ri, yashirin va qiyosiy reklama



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

noto`g`ri, yashirin va qiyosiy reklama.
Noto`g`ri reklama 
- bu noaniqligi, ikki xil manoni anglatishi
bo`rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, 
joyi va usuliga nisbatan qo`yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni 
chalg`ituvchi yoki chalg`itishi mumkin bo`lgan, shaxslarga hamda 
davlatga zarar va manaviy zarar yetkazishi mumkin bo`lgan reklamadir. 
Yuqorida sanab o`tilgan insofsiz, ishonchsiz, etika normalariga zid va 
yolg`on reklamalar qonun bilan noto`g`ri reklamalar qatoriga kiritilgan. 
Qiyosiy reklama
esa raqobatchiga yoki u tomonidan taqdim 
etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita 
www.ziyouz.com kutubxonasi


aynanlashtiriladigan reklamadir. Qiyosiy reklamaga quyidagi talablar 
bajarilgandagina yo`l qo`-yiladi: 
-reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari 
xolisona va insofli taqqoslansa; 
-reklama undan foydalanuvchini chalg`itib qo`ymasa; 
-reklama beruvchi bilan raqobatchini shaxsi, mahsuloti, tovar belgisi 
hamda firma nomi aralashib ketmasa; 
-raqobatchining obro`siga putur yetmasa. 
Noqonuniy reklamaning salbiy oqibatlari aksilreklama orqali bartaraf 
etilishi mumkin.
Aksilreklama 
- avval berilgan reklamaga raddiya bildirish bo`lib, u 
bevosita reklama to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs tomonidan 
va uning hisobidan amalga oshiriladi. Aksilreklama ixtiyoriy ravishda yoki 
sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama aybdor 
shaxsni boshqa javobgarliklardan ozod etmaydi. 
Demak, insofsiz raqobat qonun hujjatlariga zid bo`lgan reklama 
vositasida amalga oshiriladi. Noqonuniy (noto`g`ri, qiyosiy va yashirin) 
reklamaga yo`l qo`ymaslik insofsiz raqobatni muayyan darajada bartaraf 
etishga olib keladi. Shuning uchun ham «Reklama to`g`risida»gi qonunda 
reklamaga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilab 
qo`yilgan.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin