9- BOB. XO`JALIK (TADBIRKORLIK) SHARTNOMALARI
1-§. Xo`jalik shartnomasi tushunchasi, subyektlari
va ahamiyati
Mustaqil respublikamizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar,
mamuriy buyruqbozlik tuzimidan voz kechish
ijtimoiy hayotimizning
barcha sohalarida tub o`zgarishlar-ni amalga oshirishni va birinchi
navbatda ishlab chiqa-rish-xo`jalik aloqalari o`rnatishning bozor
munosabat-lariga mos shakl va uslublarini yaratishni taqozo qiladi.
Prezident
Islom Karimov takidlaganidek, ilgari “Bir korxonaning
ikkinchi korxonaga mahsulot yetkazib berishi,
ularni qaysi hududda
joylashganligidan qati nazar markazlashtirilgan tarzda amalga oshirilar va
buning uchun mablag`lar va fondlar ajratilar edi. Boshqacha qilib
aytganda, mahsulot kerakmi yoki kerak emasmi,
unga talab bormi yoki
yo`qmi, bundan qati nazar, u butun Ittifoq bo`yicha mol yetkazib
beruvchilar va istemolchilarga taq-simlanib chiqilar edi.
Biriktirilgan
istemolchi esa bu mahsulotni olishi va o`z navbatida, o`z mahsulotini
boshqa korxonalarga yetkazib berishi shart edi”
1
.
Yani korxonalar
o`rtasidagi xo`jalik munosabatlari ajratilgan limitlar, fondlar, naryadlar va
buyurtmalarga asoslangan bo`lib, shartnomalar tuzilmas, tuzilsa ham
ikkinchi darajali aha-miyatga ega bo`lgan hujjat sifatida qaralar edi.
Bozor munosabatlari sharoitida esa shartnomalar–
barcha mulk
shaklidagi korxonalar, shuningdek tadbirkorlar,
hamda boshqaruv
organlari o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`rnatuvchi asosiy huquqiy
hujjat bo`lib hisoblanadi.
Bu haqda 2001 yil 16 fevralda Vazirlar Mahkamasida bo`lib o`tgan
yig`ilishda
I.A.Karimov
–
“bozor
munosabatlarini
shartnoma
majburiyatlarisiz tasavvur qilib bo`lmasligini yodda tutish lozim”- deb
uqtirdi.
2
.
Dostları ilə paylaş: