Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§ Xo`jalik shartnomalarini bajarish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
3-§ Xo`jalik shartnomalarini bajarish 
Xo`jalik 
shartnomasi 
shartnoma 
shartlariga 
hamda 
qonun 
hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo`lmagan hollarda esa–ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi 
lozim. 
Xo`jalik shartnomasini bajarish jarayoni izchil amalga oshiriladigan 
harakatlar tizimidan iborat bo`lib, bu tizimni ikki bosqichga, yani moddiy 
va huquqiy bos-qichlariga ajratish mumkin. 
Xo`jalik shartnomasini bajarishning moddiy bosqichi ikkita o`zaro 
bog`liq harakatlarni: bir tarafning tovarlarni, bajargan ishi va ko`rsatgan 
xizmati natijalarini berishni hamda ikkinchi tarafning bu narsalarni qabul 
qilib olishini o`z ichiga oladi. Shartnomani bajarish mud-dati, uni bajarish 
joyi, shartnomaning bahosi, shartnomani bajarish usullari ana shunday 
talablar jumlasidandir. 
Xo`jalik shartnomasida uning bajarish vaqti nazarda tutilgan yoki uni 
aniqlash imkoni mavjud bo`lsa, u holda shartnomaviy majburiyat o`sha 
vaqtda bajarilishi kerak. Umumiy qoidaga ko`ra, taraf shartnomani 
muddatidan ilgari bajarishi mumkin emas. Biroq, agar taraflar uchun 
bunday holat shartnomada nazarda tutilgan va bunga ikkinchi taraf rozilik 
bergan bo`lsa majburiyatni muddatidan ilgari bajarishi mumkin. 
Shartnomaviy majburiyatni bajarish muddati talab qilib olish payti bilan 
belgilab qo`yilgan bo`lsa, birinchi taraf (kreditor) har qachon ijroni talab 
qilishga, ikkinchi taraf (qarzdor) esa ijroni har qachon amalga oshirishga 
haqli bo`ladi. Xo`jalik shartnomasi bo`-yicha majburiyatni darhol bajarish 
vazifasi qonun yoki shartnomaning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor 
bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik 
muddat ichida bajarishi shart.
Agar qonun hujjatlarida yoki xo`jalik shartnomasida majburiyatning 
bajarish joyi ko`rsatilmagan bo`lsa va majburiyatning mohiyatidan yoki 
ish muomalasi odatlaridan anglashilmasa, umumiy qoidaga ko`ra 
majburiyat - qarz-dorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs 
bo`lsa, uning joylashgan yerida bajarilishi kerak. Ammo, bu qoidaning bir 
nechta 
istisnolari 
mavjuddir: 
ko`chmas 
mol-mulkni 
topshirish 
majburiyatlari bo`yicha mol-mulk turgan joyda; tashishni nazarda 
tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo`yicha 
– tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga 
topshirish joyida; qarzdorning tovarni topshirish yuzasidan o`zga 
majburiyatlari bo`yicha – tovarni tayyorlash va saqlash joyida, basharti 
majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga malum bo`lgan 
bo`lsa; pul majburiyatlari bo`yicha–majburiyat vujudga kelgan paytda 
kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo`lsa-uning maj-
buriyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida bajariladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo`jalik shartnomasida tovarning (ishning, xizmatning) narxi 
ko`rsatilgan bo`lsa, ikkinchi taraf tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada 
ko`rsatilgan bahoda qabul qilib oladi. Shartnoma tuzilgandan keyin 
baholarni shartnomada nazarda tutilgan holat va shartlardagina o`zgartirish 
mumkin. 
Xo`jalik 
shartnomasini 
bajarish 
usuli-bu 
unda 
belgilangan 
majburiyatlarni bajarish jarayonida taraflar amalga oshiradigan harakatlar 
tartibidir. Umumiy qoidaga ko`ra, agar majburiyatlarni qismlarga bo`lib 
bajarish nazarda tutilmagan bo`lsa, bir martada batamom bajarilishi kerak. 
Shartnoma bo`yicha taraflarning o`zaro majburiyatlari bir vaqtda 
bajarilishi lozim, agar shartnomada boshqa holatlar ko`rsatilgan bo`lmasa. 
Shuning uchun taraflar xo`-jalik shartnomasini tuzishda vujudga keladigan 
o`z maj-buriyatlarini bajarish tartibini aniq va puxta, qonun talablariga 
muvofiq ravishda belgilashlari shart. 
Xo`jalik shartnomasini bajarish tartibining ikkinchi bosqichi, yani 
huquqiy bosqichining mohiyati shartnoma bo`yicha bajarilgan ishni, 
ko`rsatilgan xizmatni, yetkazilgan tovarni son va sifat jihatdan tekshirish, 
shuningdek, bajarish faktini hujjat bilan tasdiqlashdan iborat. Shartnoma 
bo`yicha bir taraf ikkinchi taraf oldida o`z majburiyatlarini moddiy 
jihatdan 
bajarishi, 
uning 
o`z 
majburiyatlarini 
yuridik 
jihatdan 
bajarganligini anglatmaydi. Boshqacha qilib aytganda, birinchi taraf o`z 
majburiyatlarini 
bajarganligini 
tasdiqlovchi 
hujjat 
bilan 
rasmiylashtirgandan keyingina ikkinchi 
taraf 
oldidagi 
ana shu 
majburiyatlaridan xalos bo`ladi. Demak, shartnomadan kelib chiqadigan 
majburiyatni 
bajarilganligini 
tasdiqlash 
uni 
hujjat 
bilan 
rasmiylashtirilishini talab qiladi.
Xo`jalik 
shartnomalaridan 
kelib 
chiqadigan 
majburiyatlarni 
bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyi-dagilar bo`lishi mumkin: a) 
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi; b) 
bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
haqi to`langanligi haqidagi to`lov hujjati; v) transport tashkiloti tomonidan 
berilgan va tovar uni oluvchi manziliga jo`natilganligi haqidagi yuk xati; 
g) tovar sotuvchining omboriga topshirilgani-qabul qilib olingani haqidagi 
hujjat; d) boshqa hujjatlar va guvohnomalar. 
Tovarlar odatda, hisob-faktura, ro`yxat, o`rash yorliq-lari, yuk xati va 
boshqa kuzatuv hujjatlari bo`yicha soniga qarab qabul qilib olinadi. 
Tovarni qabul qilib oluvchi taraf yuk tashish paytida tovarni saqlash 
qanday ta-minlanganligi (plomba va idishlar buzilmaganligi, marka belgisi 
mavjudligi va h.k)ni tekshirib ko`radi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatiga qarab qabul qilish yetkazib berilgan tovar (bajarilgan ishlar yoki 
ko`rsatilgan xiz-matlar)ning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar–texnik pasport, 
sertifikat, sifat haqida guvohnoma va boshqa hujjatlar bo`yicha amalga 
oshiriladi. 
Tovarni soni va sifati haqidagi qabul qilish hujjati tovar yetkazib 
beruvchiga nisbatan tegishli etirozlar bildirish uchun asos bo`lib xizmat 
qiladi. Tovarlarni soni va sifati bo`yicha qabul qilish qoidalarini buzilishi 
esa bildirilgan talabnoma va davolarni rad qilinishiga olib keladi. Xo`jalik 
shartnomalari bo`yicha majburiyatlar ba-jarilganligini rasmiylashtirishning 
yana bir usuli – ayni bir taraflarning bir-biriga bog`lovchi ikki yoki bir 
necha majburiyatlarni bajarish shakli bo`lgan o`zaro ta-lablarni hisobga 
o`tkazishdir. Bunda bir tarafning ta-lablarini qanoatlantirish boshqa 
majburiyatdan kelib chiquvchi qarshi taraf talablarini bajarish yo`li bilan 
amalga oshiriladi. 
Quyidagi shartlarga rioya qilinganda o`zaro talablarni hisobga 
o`tkazish mumkin bo`ladi: a) har ikki tarafning bir-biriga nisbatan talablari 
bo`lishi; b) talablar bir-biriga o`xshash bo`lishi; v) majburiyatlarni bajarish 
muddati kelgan bo`lishi lozim. Hisobga o`tkazish taraflarning kelishuviga 
muvofiq bayonnoma yoki ikki taraf o`rtasida tuziladigan boshqa hujjat 
yohud taraflardan birining arizasi shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin