Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Investitsiya sohasidagi qonunchilik. Investitsiya



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
2-§. Investitsiya sohasidagi qonunchilik. Investitsiya 
faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi 
 
O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyati asosan 1998 yil 30-
aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari to`g`risida”gi
1
, “Chet ellik 
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси. 1998. № 5-6. 91-мoддa. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`g`risida”gi
2
, 1998 yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati 
to`g`risida”gi
3
kabi maxsus qonunlar, shuningdek ushbu sohani tartibga 
solishga qaratilgan boshqa fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. 
Shu bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Iqtisodiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk 
manfaatlarini himoya qilishni taminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish 
chora tadbirlari to`g`risida”gi, “Eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 
korxonalarni 
rag`batlantirishga 
oid 
qo`shimcha 
chora-tadbirlar 
to`g`risida”gi, ”Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish 
va ular faoliyatini rag`batlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar 
to`g`risida”gi 
Farmonlari, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmini 
takomilashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi, “Import istemol 
tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to`g`risida”gi qarorlari aynan investitsiya jarayonini takomillashtirish 
maqsadida qabul qilingan. 
Shu tariqa O`zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solishga 
qaratilgan qonunchilikning milliy tizimi o`ziga xos ravishda faollik bilan 
shakllantirilib borilmoqda. Bunga misol sifatida “O`zbekinvest” milliy 
sug`urta kompaniyasini, “O`zbekinvest” tashqi iqtisodiy milliy banki, 
Vazirlar Mahkamasi hududida BMT (YUNIDO) bilan birgalikdagi 
texnikaviy yordam loyihasi doirasida investitsiyalarga ko`maklashish 
xizmati, Davlat mulk qo`mitasi huzurida ko`chmas mulk va xorijiy 
investitsiyalar agentligini, shuningdek xalqaro moliya korporasiyalar bilan 
qo`shma banklarni, qo`shma lizing kompaniyalarini ko`rsatish mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 2001 yil 5-
martda Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti 
tashkil etilganligini, “2001-2002 yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan 
holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
bo`yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to`g`risida” Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan maxsus qaror qabul qilinganligini alohida takidlash joiz. 
Yuqoridagilar haqiqatan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida 
chet el investitsiyalarini keng jalb etish uchun yetarli shart sharoitlar 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси. 1998. № 5-6. 91-мoддa. 
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси. 1998. № 1.10-мoддa. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaratilganligi va bu sohada qonunchilik asoslari yaratilganligidan darak 
beradi. 
Chet el investitsiyalarini huquqiy himoya qilish maqsadida 
02.05.2003 yilda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan “To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya 
qilishni kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 205-
sonli qarori ayniqsa diqqatga sazovordir. 
Bunga binoan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va 
ularni himoya qilish choralari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi 
qonuniga 
muvofiq 
va 
respublikaga 
to`g`ridan-to`g`ri 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish uchun investitsiyalarni ishonchli huquqiy 
himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda 
mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi 
Adliya 
vazirligiga 
xorijiy 
investorlarni 
va 
xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilishni 
taminlash vazifasini topshirdi va unga quyidagi huquqlarni, chunonchi: 
-xorijiy 
investorlari 
va 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu 
jumladan jinoiy, fuqarolik, xo`jalik va mamuriy ishlar materiallari bilan 
tanishish yo`li bilan o`rganib chiqish; 
-vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy 
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun hujjatlarining 
aniqlangan buzilishlari, qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-
sharoitlarning 
sabablarini 
bartaraf 
qilish 
to`g`risida 
belgilangan 
muddatlarda bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalar kiritish; 
-mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari buzilishi hollari aniqlangan hollarda, shuningdek adliya 
organlarining 
qonuniy 
talablari 
mansabdor 
shaxslar 
tomonidan 
bajarilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
to`g`risidagi maslalarni tegishli organlar oldiga qo`yish; 
-xorijiy 
investorlar 
va 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarning huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy 
hokimiyat hamda boshqaruv organlarining harakati yoki qarorlarini 
to`xtatib qo`yish kabilar berildi. 
Mazkur qaror bilan xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi Adliya 
vazirligida tuzildi hamda boshqarma to`g`rsidagi Nizom ishlab chiqildi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chet el investitsiyalarini huquqiy tartibga solishda davlatlar 
o`rtasidagi ikki va ko`p tomonlama shartnomalarning o`rni, ahamiyati 
ayniqsa beqiyosdir. 
Bu kabi shartnomalardan biri “Investitsiyalarni kafolatlash bo`yicha 
ko`p taraflama agentlikni tasis etish to`g`risida”gi Seul Konvensiyasi 
bo`lib, u 1988 yil 12 apreldan kuchga kirgan. O`zbekiston Respublikasi 
uni 1992 yil 2 sentabrda ratifikasiya qilgan va u shu yilning 24-sentabridan 
kuchga kirgan. 
Ushbu Konvensiyaga azo bo`lishlik xususiy va davlat sug`urtalash 
tizimini chet el investitsiyalarini sug`urtalash xalqaro ko`p tomonlama 
tizimi bilan uyg`unlashtirilishiga olib keldi. Chunonchi, unga binoan 
vazifasi chet el investitsiyalarini kafolatlash, investorlarni moliyalash, 
tavakkalchiliklarni sug`urtalash va boshqalar hisoblangan ko`p tomonlama 
xalqaro tashkilot (MIGA) tashkil topadi. Ko`pincha ushbu tashkilot 
sug`urtalovchi, chet el investori hisoblangan yuridik yoki jismoniy 
shaxslari esa sug`urtalanuvchi sifatida shartnomada taraflar bo`lib 
qatnashadilar. 
Bu xalqaro tashkilotning o`ziga xos, boshqa tashkilotlarga 
o`xshamaydigan yana bir xususiyati shundaki, sug`urta holati yuz bergan 
hollarda, chunonchi mamlakatda chet el investor mulki nasionalizasiya 
etilganda, shuningdek chet el investori daromadi summasini chet elga 
o`tkazishi uchun malum cheklovlar joriy etilganda va boshqa shunga 
o`xshash chet el investorining huquqlarini boshqa shakllarda poymol 
etilgan hollarda ushbu tashkilot taraflar o`rtasida tuzilgan shartnomaga 
binoan investor ko`rgan zararlarning to`lab berish majburiyatini oladi. 
O`zbekistoning bu boradagi yana bir dadil qadami uning 1965 yil 18-
martda imzolangan va 1966 yil 14-oktabrda kuchga kirgan “Davlatlar va 
chet ellik shaxslar o`rtasidagi investision nizolarni hal etish tartibi 
to`g`risida” gi Vashington Konvensiyasini 1994 yil 6 mayda ratifikasiya 
qilganligidir.
Konvensiyaning maqsadi Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki 
huzurida investitsiya nizolarini hal etish bo`yicha Markazni tasis etish va 
ushbu Markazda muayyan davlat va chet davlat shaxslari o`rtasida vujudga 
keladigan investision nizolarni Konvensiya qoidalariga muvofiq 
yarashtiruv hamda arbitraj yo`li bilan hal etilishini taminlashdan iborat. 
Markaz tarkibiga Mamuriy kengash va Kotibiyat kiradi. Kotibiyat 
o`z navbatida vositachilar ro`yxati va arbitrlar ro`yxatini olib boradi. 
Mamuriy kengash tarkibiga Konvensiyani imzolagan davlatlarning har 
biridan bittadan vakillar kiradi. Bunday vakillar yetarlicha malakaga ega 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo`lgan shaxslar orasidan tanlanib, ularning ro`yxati har olti yilda 
yangilanib turadi.
Markaz o`zi ko`rsatgan xizmatlardan tushadigan mablag`lar va 
boshqa mablag`lar hisobidan moliyalanadi, u immunitet va imtiyozlarga 
ega. Immunitet deganda Mamuriy kengash raisi va azolarining shaxsiy 
immuniteti, arbitrlar, vositachilar va kotibiyat xodimlarining immuniteti, 
hujjatlar immuniteti, arxivlarni daxlsizligi va boshqalar tushiniladi. 
Imtiyoz deganda shuni nazarda tutish lozimki, Markazning mulki, 
daromadi va boshqalardan soliq olinmaydi va hech qanday yig`imlar 
ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Konvensiya mazmuniga binoan 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin