Tashqi iqtisodiy faoliyatga oid shartnomalar tuzilayotganida turli
huquqiy tizimga mansub subyektlar o`rtasidagi aloqa o`rnatilayotganligi
va bu tizimlar o`rtasidagi farqlar kelgusida muayyan ixtiloflarga olib
kelishi mumkinligi, ularni bartaraf etish yo`lyo`riqlari belgilab olinishi
lozimligi etiborda tutilmog`i lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi shartnomalar odatda namunaviy
kontraktlar asosida, tomonlar o`zaro kelishib belgilaganda yozma shaklda
tuzilishi lozim bo`ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ko`proq qo`llaniladigan
shartnomalar – oldi-sotdi, mahsulot yetkzib berish, pudrat,
yuk tashish,
lisenziya, vositachilik shartnomalari hisoblanadi. Bunday kontraktlarning
mazmunini uning tarkibi, taraflarning o`zaro majburiyatlari hajmi, to`lov
shartlari, yetkazib berish shartlari, sug`urtalash shartlari, texnik jihozlash
shartlari, kontrakt shartlarini buzganlik uchun javobgarlik sanksiyalari
tashkil etadi.
Kontrakt predmeti sifatida tovar (ishlar, xizmatlar)ning nomi,
uning
texnik xususiyati, miqdori va sifati aniq ko`rsatiladi. Tovar (ishlar,
xizmatlar) miqdori o`lchovlar metrik tizimida qabul qilingan xalqaro
birliklarda ifoda etiladi. O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan
miqdorni aniqlash tartibi, o`lchovlar va vaznlar tizimiga muvofiq o`lchov
birligida belgilash ham mumkin.
Tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifat tavsifi tovarning undan
foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlari va TIF TN bo`yicha
tovar kodi ham ko`rsatiladi.
Yetkazib berishning bazis shartlari Xalqaro "Inkoterms-2000"
qoidalari bo`yicha belgilanib, tovarni olib chiqish - olib kirish bo`yicha
rasmiyatchiliklarning bajarilishi, tovarni sug`urtalash
va tovarning
tasodifiy yo`qotilishi yoki shikastlanishi xatarining sotuvchidan xaridorga
o`tishi kabi qoidalar aniq belgilanadi.
Inkoterms-2000 qo`llanilganda (abbreviatura bilan birgalikda)
yetkazib berish joyini (temiryo`l stansiyasi, port, aeroport va
boshqalarning nomi) ko`rsatish lozim.
Shartnomalarda (ayniqsa oldi-sotdi shartnomalarida) xalqaro
amaliyotda keng qo`llaniladigan “Savdo atamalari” (Inkotermes-2000)dan
foydalanmoq zarur (Masalan, SIF, FOB, va boshqa terminlar).
Tovar
(ishlar,
xizmatlar)
birligining
narxi,
odatda,
erkin
almashiladigan valutada ko`rsatiladi. To`lov shartlari ko`rsatilganda, to`lov
valutasi, shakli va muddati belgilab qo`yiladi. Agar to`lov valutasi
kontrakt valutasidan farq qilsa, bu holda valutaning qayta hisob-kitob kursi
www.ziyouz.com kutubxonasi
va mazkur kursni belgilash manbasi (kontraktni imzolash sanasida, tovarni
yetkazib berish sanasida, to`lov sanasida) ko`rsatiladi.
Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat
va xizmatlar bajaruvchining mamlakati aniq ko`rsatib qo`yiladi.
Shartnomada tomonlar javobgarligi, nizolarni hal etish tartiblari va
boshqa muhim xususiyatlar batafsil aks ettirilmog`i lozim.
Import va eksport kontraktlari belgilangan
tartibda davlatning
vakolatli organlarida qayd etilishi hamda hisobga olinishi lozim. Shuning
uchun O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 3 iyul 2006 yilda 1588
–son bilan ro`yxatga olingan “O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida (TIAISV) O`zbekiston
Respublikasi
xo`jalik
subyektlari tomonidan tuziladigan eksport
kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ro`yxatga olish va import
kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ekspertizadan o`tkazish tartibi
to`g`risidagi Nizom” ga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-son qaroriga 1-son ilovada
ko`rsatilgan tovarlar eksportiga doir kontraktlar va O`zbekiston
Respublikasi
Hukumatining qarorlari, hukumatlararo kelishuvlar asosida
tuzilgan tovarlar (xizmatlar) eksportiga doir kontraktlar TIAISVda
ro`yxatga
olinadi
hamda
davlat
budjeti
mablag`lari
hisobidan
moliyalanadigan, O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki
uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar (qarzlar) hisobidan
moliyalanadigan, ustav sarmoyasidagi davlat ulushi 50 foizdan ko`proqni
tashkil etadigan va o`zining valuta mablag`lari bilan taminlanmagan
xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan import kontraktlari
ekspertizadan o`tkaziladi.
Xalqaro savdo-iqtisodiy shartnomalar yuzasidan hisob-kitob qilish
shakllari va tartiblari shartnoma taraflari o`zaro kelishuviga ko`ra
shartnomada belgilab qo`yiladi. Amalda ko`proq
valuta tovar narxining
valutasi bilan mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun kontraktda qanday
pul bozorining pul kursidan to`lashda foydalaniishi ko`rsatiladi. Bunda
bank orqali pul ko`chirish, inkasso, hujjatli akkreditiv kabi shakllardan
keng foydalaniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatga oid shartnoma munosabatlaridan kelib
chiquvchi nizolarni hal etilishi tomonlar kelishib belgilaydigan tartibda
muayyan milliy huquqiy tizim asosida yoki xalqaro vositalardan
foydalanilgan holda hal etiladi. O`zbekiston Respublikasi subyektlari bilan
tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat kontraktlari bo`yicha nizolar kelib
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqqan hollarda O`zbekiston Respublikasi xo`jalik sudlari tomonidan ham
ko`rib chiqilishi O`zbekiston Respublikasi Xo`jalik prosessual kodeksi
normalarida o`z ifodasini topgan.
Xalqaro amaliyotda bunday nizolarni hal
etuvchi xalqaro arbitraj
organlari tizimi tarkib topgan. Kontraktda mana shunday arbitrajlardan
yoki boshqa xohlagan hakamlik sudlari nizolarni hal etilishi uchun
tanlanishi mumkin. Amaliyotda shunday organlardan Stokgolm shahri
Savdo palatasi qoshidagi arbitraj, Parijdagi xalqaro savdo palatasi
qoshidagi Arbitraj sudi, London xalqaro hakamlar sudi kabilar nizolar hal
qilinishida ko`proq qo`llaniladi.
Respublikamizda nizolar hal qilinishida muhim bo`lgan, Mustaqil
Davlatlar Hamdo`stligiga azo va boshqa davlatlarning xo`jalik, iqtisodiy
va arbitraj sudlari hal qiluv qarorlari, xorijiy davlatlar arbitraj va hakamlik
sudlarining hal qiluv qarorlari xo`jalik sudlarining
ijro hujjatlari qatoriga
kirishini nazarda tutuvchi "Xo`jalik sudlarining hujjatlari ijrosini amalga
oshi-rish tartibi to`g`risida "gi Yo`riqnoma ham qabul qilingan. Ushbu
hujjatga binoan boshqa davlatlar arbitraj sudlari tomonidan qabul qilingan
qarorlari ham qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Dostları ilə paylaş: