Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

A) AKSIYALAR 
Aksiyalar
- aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki 
jismoniy shaxs muayyan hissa qo`shganidan guvohlik beruvchi, aksiya 
egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga 
dividend olish va qoida tariqasida ushbu jamiyatni boshqarishda 
qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan 
qimmatli qog`ozlardir. 
Aksiyalarning xillari (egasi yozilgan va taqdim etuvchiga deb 
nomlangan) va turlari (imtiyozli va oddiy aksiyalar) bo`yicha farqlanadi. 
O`zbekiston 
Respublikasining 
”Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonuniga 
muvofiq aynan shunday turkumlanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aksiyada ko`rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarining reyestriga 
kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi 
bo`lmish aksiyador deb etirof etiladi. 
Egasi yozilmagan aksiyani saqlovchi shu aksiyaning egasidir. Egasi 
yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining reyestriga kiritilmagan holda 
boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi 
bo`lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yig`i-
lishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huqu-qini beradi. 
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek aksiyadorlik jamiyati 
tugatilganda aksiyalarga qo`yilgan mab-lag`larni birinchi navbatda olish 
huquqini beradigan aksiyalar 
imtiyozli aksiyalar
hisoblanadi. Imtiyozli 
aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko`rish-ko`rmasligidan qati 
nazar, muayyan dividendlar olish hu-quqini beradi. Yopiq aksiyadorlik 
jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar bo`lishi mumkin, 
ularni boshqa shaxsga o`tkazish tartibi ustavda belgilab qo`yiladi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarga aksiyalar o`rniga 
ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin. 
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular 
bo`yicha dividendlar to`lash tartibi aksiyadorlik jamiyatining ustavida 
qonun hujjatlariga muvofiq belgilab qo`-yiladi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq-larini himoya 
qilish to`g`risida”gi qonunning 24-moddasiga muvofiq, aksiyalarning 
imtiyozli va oddiy kabi turlari mavjudligi belgilangan. 
Odatda aksiyalar nafaqat dividend olish huquqi va jamiyat 
likvidatsiya qilinayotganda o`ziga tegishli mulkni olish, shu bilan birga 
aksiyadorlar umumiy yig`ilishida ovoz berish huquqini ham beradi. 
Ayrim qonunchilikda va ilmiy adabiyotlarda shuning uchun ham 
aksiya ovoz beruvchi deb ta'riflanadi. Oddiy aksiyalarning hammasi bir xil 
nominal qiymatga ega, shu-ningdek uning egalari bir xil huquqlarga ham 
ega. Aksiya qiymatining nominal, emissiya, bozor va balans qiymatlari 
kabi turlari mavjud.
1

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin