ahamiyatga ega emas. Jamiyat mulki yetakchi bo`lgan
mamlakatlarda
(AqSh) aksiyalar nominal qiymat ko`rsatilmay chiqarilishi mumkin. Uning
narxi bozordagi talab va taklif asosida belgilanadi. Aksiyalarning nominal
narxi turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, O`zbekistonda 100 so`m,
Germaniyada 50 marka, Fransiyada 100 frank. Mamlakatimizda
chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini qonun tomonidan ko`rsatilishi
muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, aksiyaning nominal qiymati uning
egasiga ruhiy jihatdan tasir ko`rsatadi va qo`lidagi
aksiya qandaydir
mavxum majburiyat emas, balki xususiy mulkning guvohnomasi
hisoblanishini bildiradi. Ikkinchidan, chiqarilgan
ak-siyalarning nominal
qiymatidan jamiyat ustav sarmoyasi vujudga keladi.
Aksiyalarning emissiya qiymati -
birlamchi bozorda sotiladigan
aksiyaning birlamchi narxi bo`lib, u nominal qiymatdan farq kiladi, bunda
aksiya vositachi firma orqali sotiladi. Shuning uchun ham firma o`z
vositachilik haqi foizlarini qo`yadi.
Aksiyalarning bozor (kurs) qiymati -
ikkilamchi
bozorlarda
aksiyalarni sotilishi natijasida shakllanadi. Aksiya kursi deganda uni
bozorda sotish va sotib olish qiymati tushiniladi. Aksiyaning kurs darajasi
dividend miqdoriga, bank depozitlaridan
keladigan foiz daromadlariga,
kredit(karz)ga berilgan mablag`lardan keladigan foiz daromadlariga,
bozorda erkin muomaladagi aksiyalarga nisbatan talab va taklif darajasiga
bog`liq bo`ladi.
Obligatsiyalar muddatli qarz olish majbu-riyati sifatida egasiga
kafolatlangan daromad olish hu-quqini beradi.
Obligatsiya o`z egasiga qarz berganligidan guvohlik beradi hamda
uning nominal qiymatini ko`rsatilgan mud-datda belgilangan foiz
to`langan holda qoplash maj-buriyatini tasdiqlaydi.
Obligatsiya joriy
yildagi budjet kamomadini qoplash, emitentning faoliyatini moliya-
lashtirish uchun qo`shimcha mablag` yaratish maqsadida emissiya qilinadi.
Obligatsiyalarning turli belgilari va huquqiy muo-malasiga ko`ra
quyidagicha:
emitentlar
bo`yicha
(davlat,
ma-halliy,
korxonalar
Obligatsiyalari), emissiya maqsadiga qa-rab (faoliyatni pul mablag`i bilan
taminlash, qarzni to`lash), qarz uzish muddatiga qarab (qisqa, o`rta va
uzoq), rasmiylashtirilishiga qarab (egasi yozilgan,
taqdim etuv-chiga deb
nomlangan), foiz daromadlarini to`lash shakliga qarab (o`zgarmas va
o`zgaruvchan) tasniflash mumkin.
Emitent xususiyatiga ko`ra davlat, munisipal va korxona
Obligatsiyalariga bo`linadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat Obligatsiyalari taqdim etuvchiga deb nomlangan qimmatli
qog`ozdir. Obligatsiyalar o`zida kredit munosabatlarini aks ettirib davlat
qarzdor, uni sotib olgan shaxs kreditor bo`ladi
va u aksariyat hollarda
hukumat emitent sifatida davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadida
amalga oshiriladi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 mart
kuni chiqarilgan «O`zbekiston Respublikasi qimmatli qog`ozlarni
chiqarish to`g`risida»gi qaroriga ko`ra davlat qisqa muddatli Obligatsiyalar
bozori ishlab turibdi. Jamiyatlarda Obligatsiya chiqarish summasini
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasi
qoshidagi qimmatli
qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: