D)
hosila qimmatli qoG`ozlar
Hosila qimmatli qog`ozlar
- shartnoma bo`lib, ular bo`yicha bir
tomon qimmatli qog`ozlarning malum bir miqdorini malum muddatda
kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini
oladi, yani hosilaviy qimmatli qog`ozlar birlamchi qimmatli qog`ozlarning
(aksiya, Obligatsiya) shu bozorda amal qilishi natijasida hosil bo`lgan
ikkilamchi qimmatli qog`oz hisoblanadi
O`zbekiston Respublikasida ”Hosila qimmatli qog`ozlarni chiqarish
va ularning muomalada bo`lishi haqida”gi Nizomga muvofiq respublika
hududida faqat ularning negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli
qog`ozlari yotadigan hosila qimmatli qog`ozlari chiqariladi.
Hosila qimmatli qog`ozlar naqd va naqdsiz shakllarda chiqariladi.
Hosila qimmatli qog`ozlar sinflarga (bu uning negizida bitta bazis aktivi
yotadigan bir turdagi qimmatli qog`ozlarga) va seriyalarga (ijro bahosi va
amal qilish muddati bir xil bo`lgan bir sinfning hosila qimmatli
qog`ozlarga) bo`linadi.
Hosilaviy qimmatli qog`ozlar opsion, fyuchers, depozit tilxatlar,
varrant, privatizasiya cheklari va kuponlari ko`rinishida chiqariladi.
Opsion, bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli
qog`ozlar malum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan
narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnoma
bo`lib, kontragent mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Uning o`ziga xos xususiyati, egasi
qimmatli qog`ozning o`zini xarid qilmay uni sotib olish yo sotish huquqiga
ega bo`ladi. Uning majburiy rekvizitlari sifatida nomi (xarid qilish uchun
opsion yoki sotish uchun opsion), davlat ro`yxatiga olingan sana va raqam,
opsionni ro`yxatdan chiqarish sanasi, opsion emitentining nomi, manzili va
bank rekvizitlari, emitentning bazis aktivini sotish yo sotib olish
majburiyati, amal qilish muddati yoki ijro sanasi, bazis aktivining o`ziga
xos xususiyati, emitentning imzo va muhri etirof etiladi.
Opsionlarning egasi yozilgan va ko`rsatuvchi egalik qiladigan
turlarda bo`lib, ular bilan bo`ladigan operasiyalar birjalar yo birjadan
tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
Varrant bu egasi malum muddatda yo malum bir kunda varrantlar
emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog`ozlarni xarid qilish
huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Varrantda uning nomi, davlat
ro`yxatiga olingan sana va raqam, uni ro`yxatdan chiqarish sanasi,
emitentning nomi, manzili, bank rekvizitlari, emitentning bazis aktivini
sotish majburiyati, amal qilish muddati yoki ijro sanasi, bazis aktivining
o`ziga xos xususiyati, xaridor nomi(egasi yozilgan varrant uchun), emitent
imzosi va muhri kabi majburiy rekvizitlar bo`ladi.
Fyuchers kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma-lum vaqt
mobaynida bitim tuzish vaqtida belgilangan narxda yetkazib berish
to`g`risidagi shartnomalarni o`zida nazarda tutadi. Uning asosiy belgisi -
narxining aniq-ligi va ijro etishning majburiyligidir O`zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga ko`ra, fyuchers - bu malum qimmatli
qog`oz va boshqa moliyaviy vositalarni shartnomada belgilangan malum
kelajak sanada sotib olish yo sotish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli
qog`oz, yani u tovarlarni kelishilgan muddatda shartnoma tuzilgan kunda
o`rnatilgan narxda kelajakda sotish yoki sotib olish majburiyligi
to`g`risidagi shartnomadir. Fyuchersning o`z huquqini amalga oshirishdan
bosh tortishni nazarda tutuvchi opsionlar va varrantlardan farqi ijro etish
uchun majburiyligidir. Fyuchersning o`ziga xos xususiyati shundaki,
kontrakt tuzish chog`ida sotuvchi qo`lida hech qanday qimmatli qog`oz
bo`lmaydi. Bu yerda shartnoma shartlari qatiy belgilangan baho bilan oldi-
sotdi bajariladigan kun bahosi o`rtasidagi farqqa asoslanadi. Fyuchersning
majburiy rekvizitlari: uning nomi, davlat ro`yxatiga olingan sana va
raqami, fyuchersni ro`yxatdan chiqarish sanasi, uning turi, emitentning
nomi, manzili, bank rekvizitlari, emitentning bazis aktivini sotish
majburiyati, ijro sanasi, bazis aktivini o`ziga xos xususiyati, emitentning
www.ziyouz.com kutubxonasi
imzo va muhri hisoblanadi. Fyucherslar bilan operasiyalar faqat
mamlakatimizda birjalar orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |