Respublikamiz Prezidenti o`zining Vazirlar Maxkamasida bo`lib
o`tgan yil yakunlariga bag`ishlangan majlisida takidlaganidek:
“Bizning asosiy maqsadimiz shundan iboratki, o`z sarmoyasini aniq
ishlab yo`naltirib, o`zining mulkka va mablag`ni tadbirkor har
qanday darajadagi davlat amaldori, xyech qanday tekshiruvchi uning
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulki va biznesiga daxl qilishga haqqi yo`qligiga ishonch xosil qilishi
kerak”
1
Davlat va jamiyatning oshkora (ommaviy) extiyoji mulkchilik shakli,
xo`jalik usulidan qatiy nazar barcha korxonalarda mahsulot tannarxi
shakllanishi, faoliyat na-tijalari, soliqqa tortish obyektlari yagona
qoidalarga ko`ra aniqlanishini, turli xususiyatlarga ega xo`jalik subyektlari
bilan davlat, korxonalar bilan maxsus jam-g`armalr, korxonalar bilan
boshqa davlat, jamoat organlari o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarda bir
xillikni tamin etilishini talab etmoqda.
Korxonaning xo`jalik faoliyatini hisobga olib bo-rish va baholash
nafaqat davlat, jamiyat manfaatlarini taminlash maqsadiga, balki shu bilan
birga xo`jalik subyektining o`zi, uning muassislari, sheriklari, u bilan
shartnomaviy va boshqa tarzdagi xo`jalik aloqalarida bo`lib turgan
subyektlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki korxona
ixtiyorida bo`lgan moddiy va boshqa resurslar, ulardan foydalanish ahvoli,
xo`jalik natijalari to`g`risida ishonchli axborotlarga tayanilgani holdagina
ishlab chiqarishni samarali boshqarish, uni yangilash, qayta tashkil qilish,
kapital harakatini taminlash, korxonaning oqilona xo`jalik-ishlab
chiqarishga oid strategiyasini ishlab chiqish, taktik vazifalarni to`g`ri
belgilash, moliyaviy tenglik va boshqa noxush oqibatlarni prognozlash
mumkin bo`ladi.
Korxonalar xo`jalik faoliyatini hisobga olish va baholashning birdan-
bir rasmiy usuli bo`lib hozirgi paytda buxgalteriya hisobi sanaladi. Bozor
sharoitida buxgalteriya hisobining huquqiy ahamiyati, uning asosiy
tushunchalari, vositalariga yondoshuv boshqacha xususiyat kasb etib
bormoqda. Huquqshunoslik fanida buxgalteriya hi-sobining barcha asosiy
tushunchalari, hisob-kitob olib borish prinsiplariga nisbatan huquqiy
yondoshuvni aniqlab olish extiyoji yuzaga keldi. Chunki mamuriy
buyruqbozlik va direktiv rejalashtirishiga asoslangan sobiq SSSR
zamonida buxgalteriya hisobi faqat rejalarning baja-rilishini kuzatib
borish, qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish vositasi bo`lib xizmat
qilib kelgan. Shu sababli yuridik sohada uning faqat o`sha jihatlari va
ko`pincha jinoyatlarni tergov qilinishi bilan bog`liq nuqtai nazardangina
o`rganilgan.
Uzoq
paytgacha
yuridik
o`quv
yurtlarida
"Sud
buxgalteriyasi"dan boshqa buxgalteriyaga oid o`quv kursi bo`lmaganligi
shu mulohaza bilan izohlanishi mumkin, xolos. Bugungi yurist-mutaxasis
1
И.A.Кaримoв Янгилaниш вa бaрқaрoр тaрaқиѐт йўлидaн янaдa изчил xaрaкaт қилиш, xaлқимиз учун фaрoвoн
турмуш шaрoити ярaтиш aсoсий вaзифaмиздир. Хaлқ сўзи 2007 йил 13 фeврaл.
www.ziyouz.com kutubxonasi
buxgalteriya hisobi mazmun-mohiyatini, u foydalanadigan tushunchalar,
vositalar, usullarning huquqiy ahamiyatini chuqur anglab, hisob-kitob
tizimlari hisobdan chiqarilishi, yo`qlov (inventarizasiya)lar o`tkazilishi va
boshqa ko`plab shunga oid masalalardan xabardor bo`lishi lozim.
Korxona tomonidan turli hisobotlar taqdim etilishi, soliq organlari va
boshqa budjetdan tashqari jamg`armalar talablarini bajarilishi buxgalteriya
hisobiga asoslangan holda olib boriladi. Muayyan xo`jalik subyektlari to-
monidan (masalan, aksiyadorlik jamiyatlari, sug`urta kompaniyalari va
boshqalar) buxgalteriya natijalarini ommaviy tarzda oshkor etib turilishi
majburiyati belgilab qo`yilgan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlari shirkat azolari, korxonalarning
muassislari, aksiyali jamiyatlarning aksiyadorlari hamda korxona xo`jalik
faoliyati natija-laridan manfaatdor bo`lgan boshqa shaxslar xususiy man-
faatlarini ximoya qilinishiga yordam beradi, korxonaning ichki xo`jalik
aloqalari yo`lga qo`yilishiga ko`maklashadi..
Ayni paytda mamlakatimizda ortiqcha va keraksiz hisobot tizimlarini
qisqartirish,
tadbirkorlik
subyektlari
xo`jalik
faoliyatiga
asosiz
aralashuvini cheklash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirib
kelinmoqda
1
.
Xususiylashtirilayotgan yoki davlat tasarrufidan chiqa-rilayotgan
korxonalar ham buxgalteriya hisobi va hisobotlari asosida baholanadi.
Xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya hisob-kitoblari yo`li bilan baho
berishning ahamiyati O`zbekiston Res-publikasining 1996 yil 30 avgustda
qabul qilingan "Buxgalteriya hisobi to`g`risida"gi qonunida belgilab
qo`yilgan.
Mazkur qonunning 2-moddasiga ko`ra: "Buxgalteriya hi-
sobining maqsadi foydalanuvchilarni o`z vaqtida, to`liq hamda aniq
moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan taminlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari:
buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyat-larning holati to`g`risidagi to`liq hamda
aniq malumot-larni shakllantirish;
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi malumotlarini
umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat."
2
1
12 a Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнтининг 2005 йил 15 июндaги “Тaдбиркoрлик субектлaри тoмoнидaн
тaқдим ҳисoбoт тизимини тaкoмиллaштириш вa уни нoқoнуний тaлaб eтгaнлик учун жaвoбгaрликни
кучaйтириш тўғрисидa”ги 200-сoни қaрoри Ўзбeкистoн Рeспубликaси Қoнун ҳужжaтлaри тўплaми. 2005 йил №
32-33, 252-мoддa
2
Ўзбeкистoннинг Янги қoнунлaри. 14-сoн. – Т., Aдoлaт, 1997, 143-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bulardan tashqari buxgalteriya hisobi vositasida moddiy, mehnat,
moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanilish ahvoli ustidan nazorat olib
borish, salbiy hodisalarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, xo`jalik
subyektiga o`z faoliyatini bevosita nazorat qilib borish taminlanadi.
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar tomonidan belgilangan
tartib va shakllarda buxgalteriya hisob-kitobi olib borilishi, tegishli
hisobotlar taqdim etilishi majburiyati yuqorida eslatilgan "Buxgalteriya
hisobi to`g`risida"gi qonundan tashqari O`zbekiston Respublikasining
2000 yil 25 maydagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to`g`risida"gi
qonunida
(9,
17,
45-moddalar);
O`zbekiston
Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Xo`jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida"gi
qonunda.
(4, 5, 9 va boshqa moddalar) va boshqa normativ huquqiy
hujjatlarda
belgilab qo`yilgan
1
.
Bulardan tashqari, "Buxgalteriya hisobi to`g`risida"gi qonunning 5-
modda 1-qismida "Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish,
buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O`zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi" deb ko`rsatilgan.
Shunga muvofiq ravishda bugungi kunda mamlakatimizda bir necha
o`nlab buxgalteriya hisobi va hisobotlarining milliy standartlari ishlab
chiqilgan, qabul qilingan hamda amal qilib turibdi. Bozor iqtisodiy
munosabatlariga o`tilishi bilan xo`jalik faoliyatiga baho berishning yangi
vositalaridan kengroq foydalanish zarurati yuzaga keldi. Ana shunday
yangi vosita sifatida auditorlik tekshiruvlari keng qo`llanila boshladi.
Auditorlik faoliyati (lotincha aidit - eshitish, tinglash) korxona
buxgalteriya (moliya) hisobotlarini tekshirish, to`lovlar ahvolini belgilash,
korxonaning umumiy moliyaviy-xo`jalik faoliyatiga baho berishga qara-
tilgan.
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 9 dekabrdagi «Auditorlik
faoliyati to`g`risida»gi qonuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan 2000 yil 26 may kuni ushbu qonunga o`zgartirishlar va
qo`shimchalar kiritilgani holda yangi tahrirda qabul qilinishi bilan
auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari yanada kengaytirildi va
mustahkamlandi
2
. Ushbu qonunning 9-moddasiga muvofiq: «Auditorlik
tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o`tkaziladi. 10-
moddasida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o`tkazilishi lozim
1
қaрaнг: Ўзбeкистoннинг Янги қoнунлaри № 21. – Т., Aдoлaт, 1999, 4-бeт
2 қaрaнг: Ўзбeкистoннинг Янги қoнунлaри № 21. – Т., Aдoлaт, 2001, 4-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo`lgan xo`jalik subyektlari, tekshirish obyektlari ro`yxati ko`rsatilgan,
yani xo`jalik subyektining o`z tashabbusiga ko`ra, auditorlik tekshiruvi
asoslari belgilangan. 15-moddaga ko`ra esa nazorat qiluvchi organlar yoki
huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tashabbusi bilan tekshiruvi
o`tkazilishi haqida ko`rsatib qo`yilgan.
Xo`jalik subyektlari belgilangan tartib, shakl va muddatlarda
vakolatli davlat organlariga statistik hisobotni taqdim etishlari lozim
bo`ladi. Buxgalteriya va statistik hisobotlarni taqdim etmaslik, kechiktirib
taqdim etish yoki noto`g`ri taqdim etganlik uchun korxona rahbari va
boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilab qo`yilgan.
Dostları ilə paylaş: |