aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Uzluksiz buxgalteriya hisobi barcha operasialarni ketma-ket, tanlab
olmasdan hisobga olib borilishidan iborat. O`rtada uzilishlarga yo`l
qo`yilgan buxgalteriya hisobi tekshiruvchi organlar tomonidan ishonchli
axborot sifatida qabul qilinmaydi. Yalpisiga hisobga olish ham uzluksiz
hisobga olishga o`xshash bo`lib, bunda barcha moliyaviy-xo`jalik
operasiyalari tushirib qoldirilmasdan hisobga olib boriladi.
Hisob-kitobni hujjatlashtirish asosida amalga oshirilishi deganda, har
bir moliyaviy-xo`jalik operasiyalari tegishli tezkor va analitik hujjatlar"
bilan taminlanganligi tushuniladi. Hisob-kitoblarning o`zaro bog`liqligi
deganda har bir hujjatni o`zidan oldingi va o`zidan keyin keladigan boshqa
hujjat bilan bog`liqligi nazarda tutiladi.
Xususan buxgalteriya provod-
kalari ikki tomonlama yozuv orqali amalga oshiriladi va shu yo`l bilan
ularni turlicha talqin etilishi istisno etiladi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida xo`jalik operasiyalarini
hujjatlashtirishga nisbatan qo`yiladigan talablar nazarda tutilgan.
1
Bu
talablarning buzilishi hujjatni nuqsonli deb topilishiga va etiborga
olinmasligiga sabab bo`lishi mumkin. Buxgalteriya hisoblari va
hisobotlariga oid hujjatlarga nisbatan qo`yidagi talablar qo`yilishi nazarda
tutilishi lozim. Dastlabki hisob-kitob hujjatlarida uning nomi, kodi,
tuzilgan vaqti, aks ettirilgan xo`jalik
operasiyasining mazmuni, uning
o`lchov birligi, hujjatni tuzgan va uning to`g`riligi uchun masul shaxs,
shaxsiy imzo va uning yechimi, boshqa rekvizitlar. Dastlabki hujjatlar
ularni to`plash va tizimlashtirishlik uchun asos bo`ladi.
Hujjatlarda izoh berilmagan o`zgartirishlar
va tushunmovchiliklar
bo`lmasligi kerak va tuzatishlar uni imzolagan shaxs tomonidan
tasdiqlanishi lozim. Kassa va bank hujjatlariga tuzatish kiritishlikka yo`l
qo`yilmaydi. Dastlabki hujjatlar, registrlar, buxgalteriya hisobotlari
arxivga topshirilguniga qadar belgilangan tartibda
korxonada saqlanishi
lozim.
Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonunchilik hujjatlarida har qanday
mol-mulk yoki xo`jalik operasiyasini pul ko`rsatkichlarida baholash
lozimligi nazarda tutilgan. Har bir ashyo amaldagi baholarda baholanishi
va u o`zgarmasligi lozim. Buxgalteriya hisobi malumotlari ishonchliligini
taminlash maqsadida korxona mol-mulklari va moliyaviy majburiyatlari
1 қaрaнг:Ўзбeкистoн Рeспубликaси Буxгaлтeрия ҳисoби миллий стaндaрти. 3-сoн. (Мoлиявий нaтижaлaр ҳaқидa
ҳисoбoт). Ўзбeкистoн Рeспубликaси Aдлия Вaзирлиги тoмoнидaн 1998 йил 27 aвгустдa 484-сoн билaн рўйxaтгa
oлингaн.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo`qlama (inventarizasiya)
qilib turiladi
1
. Yo`qlama davomida buxgal-
teriya hisobotidagi mol-mulklarning mavjudligi amaldagi mol-mulklar
bilan solishtirib chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi Milliy standartlarida yo`qlama (inventarizasiya)
o`tkazilishi majburiy sanaluvchi holatlar ko`zda tutilgan, ular qatoriga: a)
korxona mulki sotilayotgan, sotib olinayotgan mulkchilik shakli o`zgar-
tirilayotgan,
ijaraga berilayotganida; b) yillik buxgalteriya balansi
tuzilayotganida;
v)
suiistemol,
o`g`ir-liklar,
nobudgarchiliklar
aniqlanganida; g) yong`in yoki tabiiy (stixiyali) ofat yuz berganida; d)
korxona tugatilayotganida.
Bunda aniqlangan ortiqcha mulklar korxonaga kirim qilinadi,
kamomadlar tabiiy kamayish normasi doirasida hisobdan chiqariladi,
normadan ortiqchasi esa aybdor shaxs zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya
hisobi tizimida hisob rentasi katta o`rin tutadi. Bir schot debetidan boshqa
schot kreditiga yoki aksincha hisoblanadi.
1 қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Aдлия вaзирлигидa 1999 йил 2 нoябрдa 833-сoн билaн рўйxaтгa oлингaн 19-
сoн Буxгaлтeрия ҳисoби миллий стaндaрти (Инвeнтaризaтсияни тaшкил қилиш вa ўткaзиш).
www.ziyouz.com kutubxonasi