Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgal-teriya



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

4-§. Xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgal-teriya 
hisobotlari taqdim etilishini huquqiy tartibga solish 
Amaldagi qonun hujjatlariga ko`ra, (“Tadbirkorlik faoliyatining 
erkinliklarining kafolatlari to`g`risida”gi qonunning 9-moddasi) barcha 
xo`jalik subyektlari o`z faoliyatlari haqida hisobotlarni tegishli organlarga 
taqdim etishlari lozim. Buxgalteriya hisobotlari hisob-kitob ishlarining 
yakun-lovchi bosqichi bo`lib, korxonaga hisobot davridagi o`z faoliyatini 
oshkora qiluvchi, o`z xo`jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil qilish asosida 
unga o`zi tomonidan baho berilishiga imkon beradi.
Buxgalteriya hisoboti paytida xo`jalik faoliyatiga oid bo`lgan 
hujjatlar tegishli davlat organlariga taqdim etiladi va ular ishonarli deb 
qabul qilinsa hamda etirof etilsa, u xolda korxonaning davlat mahalliy 
hokimiyat organlari va to`lovlar talab qilishga haqli bo`lgan boshqa 
organlar bilan (budjetdan tashqari fondlar) moliyaviy hamda moliyaviy 
bo`lmagan munosabatlarni amalga oshi-rilishi uchun huquqiy asos bo`lib 
xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etishning tartiblari, muddatlari va 
uning namunaviy shakllari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi. O`zbekiston Respublikasining "Buxgalteri hisobi 
1 қaрaнг: Мaсaлaн, «Aксиядoрлик жaмиятлaри вa aксиядoрлaрнинг ҳуқуқлaрини ҳимoя қилиш тўғрисидa»ги 
қoнуннинг 34-мoддaсидa жaмият зaxирa фoндини ярaтиш вa уни тaсaрруф қилиш aксиядoрлик жaмияти 
тoмoнидaн aмaлгa oшириши кўрсaтилгaн. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`g`risida"gi qonunning 5-moddasi, 1-qismiga ko`ra: "Buxgalteriya hisobi 
va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab 
chiqish va tasdiqlash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
zimmasiga yuklanadi". Korxonaning buxgalteriya hisobi tarkibida 
korxonaning barcha mulklari, ularning manbaini (filiallar va boshqa 
mustaqil balansga ega bo`lgan tarkibiy qismlar mulki ham) aks ettirishi 
lozim. Korxona balansi - bu yuridik shaxs mol-mulklari tarkibi, ishlab 
chiqarish hujjatlari aks ettiriladigan hujjatlardan iborat.
Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish tartibi va muddatlari tegishli 
qonun hujjatlari bilan, korxona tarkibiy qismlari tomonidan, korxonaga 
buxgalteriya hisobotlari taqdim etish tartibi va muddatlari esa ular 
tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 
Mavjud qonunchilikka ko`ra yillik buxgalteriya hisobotlarini: 
a) mulkdorga (ishtirokchilari, muassislariga); 
b) davlat soliq inspeksiyasiga; 
v) boshqa tekshiruvchi organlarga taqdim etilishi ko`zda tutiladi. 
Davlat 
budjetidan 
taminot 
oluvchi 
tashkilotlar 
tomonidan 
buxgalteriya hisobotlari va balanslari taqdim etilishi tartibi O`zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001 yil 22 yanvarda 13-sonli 
buyruq bilan tasdiqlangan va O`zbekiston Repsublikasi Adliya vazirligida 
2001 yil 13 fevralda 1005-son bilan ro`yxatga olingan shu haqdagi Nizom 
bilan belgilab qo`yilgan. 
Buxgalteriya hisobotlari va balanslarini taqdim etish muddatlari turli 
davlat organlari uchun turlicha belgilangan. Masalan, Davlat Soliq 
inspeksiyasiga bunday hisobotlar soliqlarning turiga ko`ra turlicha: har 
oyda, yil choragida, yillik qilib topshirilishi ko`zda tutilgan. Masalan, 
Soliq kodeksining 41-moddasiga ko`ra, yuridik shaxs sanaluvchi 
tadbirkorlar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) solig`i 
bo`yicha hisob-kitoblarini, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib bel-
gilanmagan bo`lsa, soliq ro`yxatidan o`tgan joydagi soliq organiga yil 
choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida 
topshiradilar. 
Kichik va xususiy tadbirkorlar, mikrofirmalar, dehqon-fermer 
xo`jaliklari 
uchun 
buxgalteriya 
hisobot-larini 
taqdim 
etishning 
soddalashtirilgan tartibi va muddatlari belgilab qo`yilgan.
1
1 қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсиси буxгaлтeрия ҳисoбининг 20-сoнли миллий стaндaрти (кичик 
тaдбиркoрлик субектлaри тoмoнидaн ҳисoб-китoблaрни юритиш вa ҳисoбoтлaрни тузишни сoддaлaштириш 
тaртиби ҳaқидa). Ўзбeкистoн Рeспубликaси Aдлия вaзирлиги тoмoнидaн 2000 йил 24 янвaрдaги 879-сoн билaн 
рўйxaтгa oлингaн. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qonun hujjatlarida maxsus ko`rsatib qo`yilgan hollarda yillik 
buxgalteriya hisobotlarini matbuotda e'lon qilish majburiy hisoblanadi. 
Xususan, "Buxgalteriya hisobi to`g`risida"gi qonunning 20-
moddasida aytilishicha: 
"Xo`jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
yillik 
moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar 
va boshqalar uchun (tanishuvi uchun) ochiq hisoblanadi. 
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug`urta kompaniyalari, 
banklar, fond birjalari, tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa 
moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko`rsatilgan ma-
lumotlarni to`g`riligini auditorlar tasdiqlagach hisobot yili tugagandan 
so`ng 1 maygacha e'lon qilishlari shart"
1

Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etilishidan ko`zlangan asosiy 
maqsadlardan biri - soliqlar va nosoliq to`lovlar miqdorini belgilash, ularni 
o`z vaqtida hamda to`liq hajmda budjetga kelib tushishni taminlashdan 
iborat. Shu sababli buxgalteriya hisob-kitoblari va hisobotlariga oid 
talablarni bajarilmasligi, daromadlarini yashirilishiga, soliqlarni noto`g`ri 
hisoblanishiga sabab bo`ladi. Shu sabali amaldagi qonun hujjatlarida 
buxgalteriya hisobi va hisobotlari qoidalarini buzganlik uchun qatiy 
javobgarlik choralari belgilangan. Bu javobgarlik choralari eng avvalo 
Soliq kodeksi va boshqa soliqqa oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. 
Jumladan O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 135-moddasi, 
1-qismi 3,4,5,7,9-bandlarida daromad (foyda)ni yashirganlik, hisobotlarni 
taqdim etmaganlik, buxgalteriya hisobining yo`qligi va boshqa aybli xatti-
harakatlari uchun yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil 
etmasdan tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan jismoniy shaxslarga 
qo`llaniladigan iqtisodiy (moliyaviy) jazo choralari ko`zda tutilgan. 
Boshqa budjetdan tashqari fondlar va hisobot qabul qilish vakolatiga 
ega bo`lgan davlat organlariga buxgal-teriya hisobotlarini taqdim etish 
tartibi va muddat-larini buzganlik uchun ham tegishli moliyaviy jazo cho-
ralari nazarda tutilgan. Bulardan tashqari, korxona rahbari va boshqa 
mansabdor shaxslar buxgalteriya hisob-kitobi, hisobotlarini tuzish va 
taqdim etish qoidalarini buzganliklari uchun huquqiy javobgarlikka, hatto 
jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Tadbirkorlik sub-yektlari va 
boshqa yuridik shaxslar tomonidan statistika hisobotlari taqdim etilishi 
lozimligi qonun hujjat-larida nazarda tutilgan. 
O`zbekiston Respublikasining 2002 yil dekabrdagi "Davlat 
statistikasi to`g`risida"gi qonunining 11-mod-dasiga ko`ra barcha yuridik 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг «Буxгaлтeрия тўғрисидa»ги қoнуни, 20-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmay tadbirkorlik qilayotgan jismoniy 
shaxslar davlat statistik kuzatuvlari uchun zarur bo`lgan ishonchli va to`liq 
malumotlarni belgilangan muddat hamda tartibda taqdim etishlari shart. 
Ushbu qonunning 16-moddasida statistik axborotlar taqdim etish tartib 
hamda muddatlarini buzgan mansabdor shaxslar, shuningdek yuridik 
shaxslar bel-gilangan javobgarlikka tortilishlari belgilab qo`yilgan. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin