Respublikasining Fuqarolik kode-ksida, Banklar va bank faoliyati
to`grisidagi qonunda, ular asosida qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy
huj-jatlarda belgilangan. Jumladan, O`zbekiston Respubli-kasining
«Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonu-nining 4-moddasida
«Kreditlarning
qaytarilishi, fao-liyati va muddatliligi sharti bilan o`z
mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar
berish» bank operasiyalaridan biri ekanligi qayd etilgan
1
. Davlat krediti
deganda, davlat tomonidan boshqa davlatga, o`z hududida faoliyat
yuritayotgan milliy yoki horijiy yuridik shaxslarga, jismoniy shaxslarga
muddatli,
haq evaziga, qaytarilish sharti bilan qarz berilishi tushuniladi.
Ko`pchilik hollarda davlatning o`zi qarz oluvchi sifatida kredit
munosabatlarida ishtirok etish, o`zga davlatlardan, yuridik hamda jismoniy
shaxslardan malum muddatga qaytarilish sharti bilan qarz olishi mumkin.
Soliqqa oid munosabatlarda muayyan turdagi soliq to`lovchilarga soliq
to`lashni muayyan muddatga kechiktirib turish sharti bilan soliq krediti
berish mumkinligi ko`zda tutilishi mumkin.
Budjet kamomadi yuz bergan hollarda. Markaziy bank tomonidan
hukumatga kredit berilishi mumkinligi ko`zda tutilgan. Bu holda
«O`zbekiston Res-publikasining Markaziy banki to`g`risida»gi qonunning
48-moddasida Markaziy bank tomonidan hukumatga kredit berilish
shartlari, shakllari, tartiblari belgilab beril-gan.
2
Tashqi
davlat qarzlariga
oid kredit munosabatlarini huquqiy tartibga solish maxsus tartibda amalga
oshi-riladi.
3
O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank fa-oliyati
to`g`risida»gi qonunining 5-moddasiga ko`ra, bank operasiyalri Markaziy
bank tomonidan beriladigan li-senziya asosida amalga oshiriladi. Yani ana
shunday maxsus lisenziyaga ega bo`lmagan holda bir xo`jalik yurituvchi
subyekt tomonidan (tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlardan
tashqari) foiz haq olish sharti bilan boshqa shaxslarga pul shaklida kredit
berilishiga yo`l qo`yilmaydi. Biroq, O`zbekiston Respub-likasi Fuqarolik
kodeksining 748-moddasiga muvofiq: “Bajarilishi uchun pul summalarini
yoki turga xos alo-matlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi
tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shart-nomalarda, agar qonun
hujjatlarida boshqacha belgilab qo`yilgan bo`lmasa, kredit berish, shu
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoннинг Янги қoнунлaри. №13.-Т., «Aдoлaт», 1196, 4-бeт.
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoннинг Янги қoнунлaри. №12.-Т., «Aдoлaт», 1196, 18-19-бeтлaр.
3
Қaрaнг: «Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг xoриждaн мaблaғ жaлб қилиш тўғрисидa»ги 1996 йил 29 aвгустдaги
қoнуни. Тaшқи қaрзлaргa xизмaт кўрсaтишгa oид Ўзбeкистoн ҳукумaти қaрoрлaри.
www.ziyouz.com kutubxonasi
jumladan bo`nak berish, (oldindan haq to`lash)
tovarlarga, ishlar yoki
xizmatlarga haq, to`lashni kechiktirish va bo`lib-bo`lib to`lash shaklida
kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin». Demak, xo`jalik
subyektlari o`zaro bir-birlariga, pul shaklida qarz berishlari va uning
evaziga foiz haq olishlari mumkin emas. Ammo ular sotilgan tovar
qiymatini kechiktirib to`lash, oldindan bo`nak (avans) berish, mahsulotlar
ko`rinishida kredit berishlariga yo`l qo`yiladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan kre-dit berilishida
oqilona kredit
siyosatini amalga oshi-rilishi, maqsadga muvofiq ravishda
kredit oluvchilarni qidirib topish, ularning olingan kreditni o`z vaqtida
qaytara oladigan, eng ko`p miqdorda foiz haq to`laydi-ganlariga kredit
berilishida afzallik berishni ta-minlash muhim ahamiyatga egadir. Kredit,
undan foy-dalanish muddatiga ko`ra qisqa muddatli, o`rta muddatli va
uzoq muddatli bo`lishi mumkin. Kreditlardan
foydalanish muddati
deganda u berilgan paytidan boshlab qaytarilishi lozim bo`lgan vaqtgacha
o`tadigan davr ko`zda tutiladi. Bank muassasalari tomonidan beriladigan
kreditning uzoq yoki qisqa muddatli ekanligi tegishli qonun hujjatlarida
belgilab qo`yiladi.
1
Kreditni taminlanganlik darajasiga ko`ra mulkiy
taminlangan va ishonchga asoslangan (blan-kali) kreditlarga bo`linadi.
2
Kredit shartnomasi bo`yicha taminlash vositasi bo`lib garov, kafolat,
kafillik, kreditni qaytarilmasligi xavfini sug`urtalash kabilar hisoblanadi.
Bankning ega-ligiga muayyan mulkni topshirish yo`li bilan tamin-
lanadigan kreditni lombard krediti deb ataladi. Ko`chmas mulklarni
garovga qo`yish yo`li bilan taminlanadigan kredit ipoteka krediti deb
ataladi.
Dostları ilə paylaş: