Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
subyekti
 
davlat vakolatli organlariga yoki real va potensial 
kontragentlarga 
moliyaviy-xo`jalik 
faoliyatining 
holati 
haqida 
malumotlarni taqdim etish majburiyati yuklangan shaxs hisoblanadi, 
aniqrog`i, xo`jalik subyektining tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar, 
uning rahbari, o`rinbosari, bosh buxgalter, moliya bo`limi boshlig`i, yakka 
tartibdagi tadbirkor va hokazolar, bundan tashqari, bazi hollarda jinoyat 
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2003 йил 24 aпрeлдaги “Бaнкрoтлик тўғрисидa”ги Қoнуни (янги 
тaҳрири), 3-мoддa. 
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2000 йил 25 мaйдaги “Тaдбиркoрлик фaoлияти eркинлигининг 
кaфoлaтлaри тўғрисидa”ги Қoнуни. 4-мoддa, 1-қисм. // Oлий Мaжлис Axбoрoтнoмaси, 2000, 5, 6-сoнлaр. 141-
бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi


subyekti tashqi boshqaruvchi, tugatish komissiyasi azolari yoki tugatuvchi 
shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari, har bir alohida holatda, shaxsni 
jinoyat subyekti sifatida javobgarlikka tortishda uning vakolatli davlat 
organlariga yoki real va potensial kontragentlarga malumotlarni topshirish 
uchun masulligini aniqlash lozim. 
O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan 
qonuni bilan Jinoyat kodeksining 181-moddasi "Yetkazilgan moddiy zarar 
uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi", deyilgan 2-qismi bilan to`ldirildi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy 
javobgarlik. 
1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi O`zbekiston 
Respublikasining qonuni xo`jalik yurituvchi subyektlarning bozorda 
raqobatlanishi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi, 
monopoliya faoliyati, yani monopoliyaga qarshi qonunga zid bo`lgan 
faoliyatning oldini olish va uni bartaraf qilishning huquqiy asoslarini 
belgilaydi. 
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishning 
ijtimoiy xavfliligi
shundaki, ushbu jinoyatni sodir etish natijasida alohida xo`jalik 
subyektlariga monopolistik faoliyatni amalga oshirish uchun real 
imkoniyat vujudga keladi. U bozor iqtisodiyoti faoliyatiga juda salbiy tasir 
etadi, chunki bozor iqtisodiyotini amalga oshirishning asosiy shartlaridan 
biri monopoliya bilan sig`ishmaydigan erkin raqobatdir. Raqobat shartlari 
barcha mulk shakllarining tengligi kapitalning bir muhitdan boshqa 
muhitga erkin oqib o`tishini taminlovchi ishlab chiqilgan iqtisodiy 
mexanizm hisoblanadi. Iqtisodiy munosabat ishtirokchilarining iqtisodiy 
erkin bo`lishi shartdir. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish 
bozorning yuqorida ko`rsatilgan muhim elementlariga, shuningdek
alohida fuqarolar, jamiyat va davlatga ham moddiy zarar yetkazadi. 
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin