Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik. 
Soxta tadbirkorlik 
jinoyati 
korxonalar 
yoki 
boshqa 
tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug`ullanuvchi tuzilmaning qonunda, o`z Ustavida belgilangan faoliyatini 
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди Плeнуми қaрoрлaрининг тўплaми. 1991-1998. 2-тoм. 154-бeт. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


taminlovchi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi. Soxta tadbirkorlik 
tadbirkorlik faoliyati g`oyasiga tajovuz qiladi
1
.
 
Ushbu jinoyatning 
ijtimoiy xavfliligi
shundaki, soxta tadbirkorlik 
nafaqat iqtisodiyot asoslariga, tadbirkorlik faoliyati g`oyasining o`ziga 
ham tajovuz qiladi, “odamlarning bozorga va uning boshqacha xo`jalik 
yuritish usullaridan afzalligiga bo`lgan ishonchiga putur yetkazadi”
2

Jinoyatning fakultativ obyekti tijorat tashkilotlarini tashkil etish va 
ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha o`rnatilgan qonunchilik tartibi, xo`jalik 
faoliyati hisoblanadi. 
Ushbu jinoyat tadbirkorlik Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni amalga 
oshirish maqsadini ko`zlamasdan, korxonalar yoki tadbirkorlik bilan 
shug`ullanuvchi 
tashkilotlarni 
tuzishda 
ifodalanadi. 
O`zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga muvofiq, foyda olishni 
o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki 
foyda olishni maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) 
yuridik shaxs bo`lishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo`lgan yuridik shaxs 
xo`jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona 
hamda qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-moddasida esa 
yuridik shaxs o`zining tasis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat 
maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquqi layoqatiga ega bo`ladi. Yuridik 
shaxsning maxsus huquq layoqati, uning ustavi, nizomi yoki qonun 
hujjatlari bilan belgilangan bo`ladi. 
Har bir tuzilgan korxona yoki boshqa tadbirkorlik tuzilmasi faqat o`z 
Ustavida ko`rsatilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanishi kerak. Soxta 
tadbirkorlikda esa uni tuzuvchilar o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni 
amalga oshirish maqsadini ko`zlamaydi, balki korxona boshqa 
maqsadlarni ko`zlab tuziladi. 
Tijoratchi tashkilotni tuzish
 
deganda, tuziladigan tijoratchi 
tashkilotning kerakli tasis hujjati va uni vakolatli organlardan ro`yxatdan 
o`tkazish uchun kerak bo`lgan hujjatlarni yig`ish bilan bog`liq bo`lgan 
tashkilotchilik jarayoni (masalan, bozor tashkil etish uchun hokimiyatning 
roziligi talab etiladi) tushuniladi. Tijoratchi tashkilot davlat ro`yxatidan 
o`tgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi
3
. Agar tashkilot aybdorga 
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий cуди Плeнумининг "Тaдбиркoрлик фaoлияти билaн бoғлиқ 
қoнунчиликни қўллaш суд aмaлиѐти тўғрисидa"ги 2000 йил 28 aпрeлдaги 8-сoнли қaрoри, 14-бaнд. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий cуди Плeнумининг "Тaдбиркoрлик фaoлияти билaн бoғлиқ қoнунчиликни 
қўллaш суд aмaлиѐти тўғрисидa"ги 2000 йил 28 aпрeлдaги 8-сoнли қaрoри, 14-бaнд, 1-xaтбoши.
3
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик кoдeкси, 44-мoддa. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bog`liq bo`lmagan holda davlat ro`yxatidan o`tmagan bo`lsa, uning 
harakatlarini JK 25-moddasi 2-bandi va JK 179-moddasi bilan ustavda 
ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirmaslik maqsadida tashkilot tuzish 
(soxta tadbirkorlik) jinoyatiga suiiqasd deb kvalifikasiya qilinadi. Biroq 
bunda aybdorning ustav faoliyatini amalga oshirmaslik qasdini aniqlash 
zarur, aks holda uning harakatlari Jinoyat kodeksining ushbu moddasi 
bilan kvalifikasiya qilinmaydi. 
Korxonani tuzish (vujudga keltirish) faktining o`zi to`la qonunga 
asoslangan bo`ladi, uning Ustavi, zaruriy tasis hujjatlari qabul qilinadi
ro`yxatdan o`tkaziladi, biroq ishni boshlash vaqti kelganda, bunday 
korxona o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyat bilan umuman shug`ullanmaydi 
yoki Ustavida ko`rsatilmagan faoliyat bilan shug`ullanadi. 
Ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadining yo`qligi 
tasis hujjatlarida ko`rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslikda namoyon 
bo`ladi. 
Ustavda 
ko`rsatilgan 
faoliyatni 
amalga 
oshirish 
maqsadini 
ko`zlamasdan korxona yoki boshqa tadbirkorlik tuzilmasi tuzilgan paytdan 
etiboran jinoyat tamom bo`lgan deb topiladi. 
Soxta tadbirkorlik jinoyati qasddan qonuniy tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug`ullanmaslik va qarz-kredit olish – foydani (daromadni) 
soliqlardan ozod qilish (pasaytirish) yoki boshqa mulkiy naf ko`rish 
jinoyat maqsadining zaruriy alomati hisoblanadi. 
Ustav faoliyati
deganda, faoliyatning shunday turi tushuniladiki, 
tadbirkorlik tashkiloti tomonidan uni amalga oshirish uchun barpo etiladi 
va bu uning tasis hujjatlarida qayd etiladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, 
tasis hujjatining turi va shaklidan qati nazar, unda qayd etilgan faoliyat 
turlari ustavga oid hisoblanadi. Niyat yo`qligini, sodir etilgan harakatlar 
haqiqiy emasligini aniqlashning o`ziga xosligi va murakkabligi fuqarolik-
huquqiy bitimning haqiqiy emasligini baholashda yuzaga keladigan shu 
kabi tegishli masalalarga monand bo`lib, ustav faoliyatini amalga 
oshirishni ko`zlamay yuridik shaxsni tashkil etishni ham amalda xuddi 
shunday deb atash mumkin. Bu kabi niyat mavjudligidan yuridik 
shaxsning tasis hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni O`zbekiston 
Respublikasi FK 6-moddasida tartibga solingan ish muomalasi odatlariga 
muvofiq, zarur va yetarli bo`lgan vaqt mobaynida bajarmaslik ham dalolat 
beradi. 
“Soxta tadbirkorlik to`g`risidagi ishlarni ko`rishda shaxsning tasis 
hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy 
kreditlar olish, soliqlardan ozod bo`lish, egallashga huquqi bo`lmagan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshqa mulkiy foyda ko`rish maqsadini ko`zlaganligi hisobga olinishi 
lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning xatti-harakatlarini 
Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj etishga suiqasd qilish 
va soliq to`lovlari to`lashdan bo`yin tovlash va hokazolar uchun 
javobgarlikni ko`zda tutuvchi moddalari majmui bilan kvalifikasiya 
qilishga asos bo`lishi mumkin”
1

Shunday qilib, subyektiv jihat quyidagi tarkibiy qismlar birligidan 
iborat bo`ladi: 

tashkilotni tuzishdan bevosita ko`zlangan niyat; 

tashkilot ro`yxatga olingunga qadar paydo bo`lgan niyat, 
– ustav faoliyatini amalga oshirmaslik niyati; 

alohida maqsad – mulkiy foyda olish niyatining 
mavjudligi. 
Sanab o`tilgan tarkibiy qismlardan birortasi mavjud bo`lmas ekan, 
aybdor harakatlarining ijtimoiy xavfliligini takidlash mumkin bo`lmaydi. 
Bunda mazkur jinoyat sabablari, odatda, g`arazli ekanligiga qaramay
boshqacha bo`lishi ham mumkin. Jinoyatga baho berishda ular tasir 
ko`rsatmaydi. 
Ushbu jinoyat yuzasidan 16 yoshga to`lgan va soxta tadbirkorlik 
bilan shug`ullangan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Agar soxta tadbirkorlik bilan shug`illanish maqsadida tuzilgan korxona va 
tashkilotlarga raxbarlikni amalga oshirish yuklatilgan raxbarlari xam 
bilganlari xolda faoliyat amalga oshiriladigan taqdirda raxbarlari xam 
jinoyatning subyektlari bo`lishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasiga ko`ra, 
soxta tadbirkorlik jinoyatini sodir etgan shaxslar eng kam oylik ish 
haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh 
yilgacha muayyan huqukdan mahrum qilish yoki uch yilgacha ahloq 
tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan 
jazolanadi.
Soxta tadbirkorlik tashkiloti aybdor foydasiga g`ayriqonuniy mol-
mulkni egallash, aldash va ishonchni suiistemol qilish yo`li bilan mol-
mulkni tortib olish harakatlarini amalga oshirish uchun tuzilgan bo`lsa, 
aybdor JK 168-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi, chunki bu firibgarlik 
hisoblanadi. 
Soliq to`lashdan ozod etilgan soxta tadbirkorlik tashkilotining 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий cуди Плeнумининг “Тaдбиркoрлик фaoлияти билaн бoғлиқ қoнунчиликни 
қўллaш суд aмaлиѐти тўғрисидa”ги 2000 йил 28 aпрeлдaги 2-сoнли қaрoри, 14-бaнд, 2-xaтбoши. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tasischilari va rahbarlari, JK 184-moddasi – soliq to`lashdan bo`yin tovlash 
jinoyati bo`yicha javobgarlikka tortilishi kerak
1
.
Agar soxta tadbirkorlik jamiyatini tuzishdan maqsad taqiqlangan 
faoliyatni (diniy talimotlar berish, orden va medal, muhr va shtamplar, 
giyohvand, qattiq tasir qiluvchi va zaharli moddalarni tayyorlash va 
boshqalarni) amalga oshirish bo`lsa, aybdor shaxs jinoyatlar majmui 
tariqasida JK 179-moddasi va tegishli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda 
tutuvchi moddalar bilan javobgarlikka tortiladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin