Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Bankrotlikni yashirish
deganda, o`zining to`lovga qodir emasligi 
to`g`risidagi malumotlarni buzib ko`rsatish yoki haqiqatga to`g`ri 
kelmaydigan hujjatlarni kreditorlarga taqdim etish yoxud buxgalteriya 
hisobotlarini buzib ko`rsatish yoxud o`zining iqtisodiy nochorligi haqidagi 
boshqa faktlarni berkitish tushiniladi. 
Shuni takidlab o`tish lozimki, yashirish faqatgina faktik vujudga 
kelgan holatlar bo`yicha yuzaga kelgan munosabatlarga xosdir. Shuning 
uchun xo`jalik subyektining kelajakda bo`lishi mumkin bo`lgan qarzlarini 
to`lay 
olmasligi 
bilan 
bog`liq 
malumotlarni 
taqdim 
etmasligi 
bankrotlikning yashirilishi deb qaralishi mumkin emas.
Bu o`rinda shunga alohida etibor berish lozimki, xo`jalik subyektini 
to`lovga qobiliyatsizligi faktini belgilashda faqatgina uzaytirilgan 
qarzdorlik majburiyatlari inobatga olinishi lozim, chunki to`lash muddati 
1
Мaркaзий бaнкнинг 1996 йил 27 aвгустдaги 112-сoнли “Тижoрaт бaнклaрининг иқтисoдий нoчoр xўжaлик 
субектлaри (тўлoвгa қoбилиятсиз вa бaнкрoт) билaн ишлaш Тaртиби”, 1.1-бaнд. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2003 йил 24 aпрeлдaги “Бaнкрoтлик тўғрисидa”ги Қoнуни (янги тaҳрири), 3-
мoддa. 
3
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2003 йил 24 aпрeлдaги “Бaнкрoтлик тўғрисидa”ги Қoнуни (янги 
тaҳрири). 
www.ziyouz.com kutubxonasi


yetib kelmagan majburiyatlar bo`yicha xo`jalik yurituvchi subyekt qarzdor 
deb topilmaydi
1
. Shuningdek, to`lovga qobiliyatsizlikni belgilashda 
alohida etiborni xo`jalik subyektida mavjud (balansida ro`yxatda bo`lgan) 
mulkning tahliliga qaratmoq lozim, chunki bankrotlik naqd pul yoki naqd 
pulsiz shakldagi yuqori likvidli aktivlargina emas, balki faqatgina 
qarzdorlik bo`yicha to`lovga butun mol-mulki yetmaganda yuzaga keladi. 
Iqtisodiy nochorlik to`g`risidagi axborotlarni yashirish
xo`jalik 
subyektining haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumotlar va hujjatlarni 
taqdim etishi, buxgalteriya hisobotlarini buzib ko`rsatishi yoki boshqa 
usullar orqali amalga oshiriladi.
Haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumotlar va hujjatlarni taqdim 
etish
deganda, xo`jalik subyektining haqiqiy moliyaviy-xo`jalik holatini 
aks ettirmaydigan malumotlarni taqdim etishini tushunish lozim. 
Bankrotlikni yashirish buxgalteriya hisobotlarini buzib ko`rsatish 
orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
Buxgalteriya hisobotlarini buzib ko`rsatish
deganda, xo`jalik 
subyekti 
moliyaviy-xo`jalik 
faoliyatining 
haqqoniy 
holatini 
aks 
ettirmaydigan har qanday harakatlar natijasida kelib chiqadigan ushbu 
oqibatlarni tushunmoq lozim. Ushbu harakatlar malumotlarni to`liq yoki 
qisman taqdim etmaslik, balansni shakllantirishda ayrim usullardan 
foydalanish va hokazo - buxgalteriya hisobotlarini buzib ko`rsatishning 
aniq usullari jinoyatning kvalifikasiyasiga tasir etmaydi. 
Xo`jalik subyektining iqtisodiy nochorligini boshqacha yashirish 
belgisi bo`yicha
tadbirkorlik subyekti faoliyatining bankrotlik belgilarini 
aniqlash imkonini beradigan malumotlarni davlatning vakolatli organlari 
tomonidan yetarlicha olinmasligiga qaratilgan harakatlari natijalarini 
kvalifikasiya qilish lozim. Bu usullar qatoriga, masalan, bank hisob 
raqamini yopmasligi va bu haqda vakolatli davlat organlariga xabar 
bermaganligi uchun hisob raqamida kam ahamiyatli operasiyalarni amalga 
oshirib qo`yish, buxgalteriya hisobotlarini va boshqa hujjat va 
malumotlarni turli bahonalar bilan taqdim etmaslikni kiritish mumkin. 
Bankrotlikni yashirishning boshqa usullariga, shuningdek, qarzdor 
yuridik shaxs – rahbarning, qarzdor – yakka tartibdagi tadbirkorning 
bankrot deb e'lon qilish to`g`risida ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat 
etish majburiyatini bajarmasligi, agar: 

bir yoki bir nechta kreditorning talablarini qondirish 
1
Бу xулoсa Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик кoдeксининг 242, 243-мoддaлaри тaҳлилидaн кeлиб 
чиқaди. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) 
majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatini to`liq hajmda bajarishini 
imkonsiz qilib qo`yishga olib keladigan bo`lsa; 

Qarzdor yuridik shaxsning tasis hujjatlariga muvofiq 
qarzdorni tugatish to`g`risida qaror qabul qilishga vakolatli bo`lgan – 
organ tomonidan qarzdorning bankrotlik to`g`risidagi arizasi bilan xo`jalik 
sudiga murojaat etishi haqida qaror qabul qilingan bo`lsa; 

Qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat 
bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo`jalik sudiga murojaat 
etish to`g`risida qaror qabul qilingan bo`lsa; 

undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday 
undiruv qarzdorning xo`jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo`yadi deb 
hisoblashga asoslar bo`lsa
1

Belgilangan holatlarda xo`jalik sudiga ariza berish muddati 
o`tganidan keyin berilgan bo`lsa, bankrotlikni yashirish tugallangan deb 
hisoblanishi lozim – qayd etilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan etiboran 
bir oy. 
Shuni etiborga olish lozimki, bankrotlikni yashirish ham, iqtisodiy 
nochorlikni yashirish kabi, davlat vakolatli organlariga malumotlarni 
topshirmaslik, yani xo`jalik subyekti tomonidan hisobot berishi lozim 
bo`lgan va ushbu organlarning Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari 
bo`yicha qo`mitaga kerakli malumotlarni taqdim eta olmasligidir
2
, bundan 
tashqari, 
xo`jalik 
subyektining 
bankrotlikni 
real 
va 
potensial 
kontragentlaridan yashirishidir. 
Jinoyat tarkibini aniqlash uchun tergov organlari va sud quyidagi 
elementlar mavjudligini tekshirishi lozim:
xo`jalik subyektining iqtisodiy 
nochorligi, bankrotlik yuzaga kelganligi to`g`risidagi faktik malumotlar, 
kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazish va aybdor shaxslarning jinoiy 
harakatlari bilan kelib chiqqan oqibat o`rtasidagi sababiy bog`lanish. 
Ushbu qilmish moddiy tarkibli jinoyat bo`lib, kreditorlarga ko`p 
miqdorda zarar yetkazilgan paytdan etiboran tamom bo`lgan deb topiladi, 
Bankrotlikni yashirish jinoyati qasddan sodir etiladi. Uni sodir etishning 
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2003 йил 24 aпрeлдaги “Бaнкрoтлик тўғрисидa”ги Қoнуни (янги 
тaҳрири), 8-мoддa. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг aмaлдaги қoнунчилигигa мувoфиқ ушбу oргaнлaр қaтoригa сoлиқ 
oргaнлaри, иқтoсoдиѐт вa стaтистикa oргaнлaри, aйрим xoлaтлaрдa, шунингдeк, Иқтисoдий нoчoр кoрxoнaлaр 
ишлaри бўйичa қўмитa вa унинг жoйлaрдaги бўлинмaлaри кириши мумкин. Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси 
Aдлия Вaзирлиги тoмoнидaн 2000 йил 9 фeврaлдa 894-сoн билaн рўйxaтгa oлингaн “Иқтисoдий нoчoр 
кoрxoнaлaр ишлaри бўйичa қўмитaгa иқтисoдий нoчoр xўжaлик субектлaрини мoлиявий-xўжaлик фaoлияти 
xaқидa маълумот бeриш вa Маъмурий жaримaлaр қўллaш Тaртиби”, 2.1 вa 2.3-бaндлaр.
www.ziyouz.com kutubxonasi


maqsadi va motivi jinoyatni kvalifikasiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi. 
Zarar kreditorlarga, shuningdek, davlatga majburiy to`lovlarni va 
yig`imlarni to`lash bo`yicha yetkaziladi. Shuni alohida etiborga olish 
lozimki, qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog`lig`iga zarar 
yetkazilganligi uchun mulkiy javobgar bo`lsa, ayni shu fuqaro, 
shuningdek, o`z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo`yicha 
qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) kreditorlar 
hisoblanishmaydi
1

Aybdorning qilmishini, agar uning harakatlari bilan kelib chiqqan 
ko`p miqdorda zarar yetkazish kabi oqibat o`rtasida sababiy bog`lanish 
mavjud bo`lsagina, sharhlanayotgan ushbu modda bo`yicha kvalifikasiya 
qilish mumkin. 
Subyektiv tomondan
 
jinoyat to`g`ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi 
mumkin. Shaxs qarzdor tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor bankrot 
holatidaligini va uning sodir etgan harakatlari huquqqa xilofligini anglab 
yetadi, ko`p miqdorda zarar yetkazishi mumkinligini ko`ra biladi va buni 
xohlaydi yoki anglagan holda sodir etilishiga yo`l qo`yadi yoxud uning 
oqibatiga befarq qaraydi. 
Jinoyat motivlari g`arazli, bazida boshqacha bo`lishi mumkin, lekin 
jinoiy qilmish kvalifikasiyasiga tasir etmaydi. Bankrotlikni yashirganligi 
uchun mansabdor shaxs mukofotlangan bo`lsa, uning qilmishi jinoyatlar 
majmui tariqasida JK 181 va 210-moddalari bo`yicha kvalifikasiya 
qilinishi kerak. 
Xo`jalik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) istalgan 
tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil 
etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, belgilangan 
tartibda ro`yxatdan o`tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir
2

Jinoyat

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin