mablag`lar va hisobot choragining so`nggi
ish kuni oxirida budjet
tashkiloti hisobida qolgan (kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish nazarda
tutilgan vositalardan tashqari);
budjet tashkiloti faoliyat sohasi bo`yicha tovar ishlab
chiqarish (ish, xizmatni bajarish) va sotishdan olingan daromad;
vaqtincha foydalanilmayotgan
bino va boshqa davlat
mulkini chet tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag`larning 50
foizi. Qolgan 50 foizini budjet tashkiloti mahalliy budjetlar daromadiga
o`tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga
ko`rsatilgan homiylik ko`magi
1
.
Budjet
– davlat pul mablag`larining (shu
jumladan davlat maqsadli
jamg`armalari mablag`larining) markazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi
yo`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Budjet
respublika budjetiga va
mahalliy budjetga bo`linadi.
Jinoyat
predmeti
sifatida budjet mablag`larining alohida turlari –
budjetdan mablag` ajratish hisoblanib, ularning tushunchasi qonunchilikda
beriladi. Xususan, “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat
budjetidan tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag`lari oluvchilarga
ajratiladigan pul mablag`lari”
2
budjetdan mablag` ajratish
deb topiladi.
Budjetda yoki budjetdan moliyalashtiriladigan muassasa yoki
tashkilotlar smetasida nazarda tutilmagan chiqimlarga mablag`larni
yo`naltirish
deb, budjet mablag`larini sarflash navbatining o`rnatilgan
tartibini buzish yoxud ularni maqsadga muvofiq bo`lmagan tarzda istemol
qilish (masalan, past narxli va maishiy predmetlarni ishlab chiqarish uchun
ajratilgan mashinasozlik asbob-uskunalarini ishlatish, yoxud quyi
tashkilotlar ehtiyoji uchun ajratilgan orgtexnikani
boshqaruv tashkilotlari
uchun yo`naltirish) hisoblanadi.
Nafaqat pul mablag`laridan maqsadsiz foydalanish, balki
budjetning
boshqa mablag`laridan maqsadsiz foydalanish
(masalan,
xizmatda
foydalaniladigan turar-joy binosidan savdo nuqtasi sifatida foydalanish;
quyi tashkilot uchun budjetdan ajratilgan mulkni yuqori turuvchi tashkilot
uchun ajratish va hokazo) ham budjet mablag`larini nazarda tutilmagan
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaси тoмoнидaн 1999 йил 3 сeнтaбрдaги 414-сoнли
қaрoр билaн тaсдиқлaнгaн “Буджeт тaшкилoтлaрини мaблaғ билaн таъминлaш Тaртиби”.
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2000 йил 14 дeкaбрдaги “Буджeт тизими тўғрисидa”ги Қoнуни, 3-
мoддa. // Oлий Мaжлис Axбoрoтнoмaси, 2002, 1-2-сoнлaр, 6-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
xarajatlarga yo`naltirish deb kvalifikasiya qilish zarur.
Budjet mablag`laridan shaxsiy boylik orttirish yoxud boshqa g`arazli
maqsadlardan
kelib chiqib, budjetda yoki smetada nazarda tutilmagan
xarajatlarga yo`naltirilganda, qilmish jinoyatlar majmui bo`yicha JK 184
1
-
moddasining 1-qismi va tegishli modda (masalan, o`zlashtirish yoki
rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan kvalifikasiya qilinishi lozim.
Budjet mablag`lari budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan
muassasalar
va
tashkilotlarning
smetalarida
nazarda
tutilmagan
xarajatlarga yo`llanganda va tezkor tadbirlar
sababli yuzaga kelmagan
yo`nalishda sarflansa,
Dostları ilə paylaş: