Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlaganlik uchun



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlaganlik uchun 
jinoiy javobgarlik. 
1997 yil 24 aprelda O`zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi qabul qilindi, unda soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq 
to`lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari soliq ishlarini yuritish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tartibini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
belgilangan. 
Soliq yoxud boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlashning
 
ijtimoiy xavfliligi 
shundan iboratki, mazkur jinoyat sodir etilganda davlat 
budjeti olishi kerak bo`lgan mablag`larni olmaydi, bu esa davlatning 
hayotning turli sohalarida o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli 
bajarish 
uchun 
zarur 
bo`lgan 
moddiy-texnik 
imkoniyatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, soliq turlaridan bosh tortish 
boshqa jinoyatlarni sodir etish, yashirin iqtisodiyot shakllanishi uchun 
zamin yaratadi, bozor munosabatlari rivojlanishi va faoliyatiga to`sqinlik 
qiladi, chunki budjet siyosatining barqarorligini buzadi, jamiyatda ijtimoiy 
keskinlik va siyosiy beqarorlikni vujudga keltiradi. Buning hammasi tahlil 
qilinayotgan qilmish iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng og`ir 
jinoyatlardan hisoblanishini tasdiqlaydi. 
Jinoyat
 
obyekti
 
har bir jismoiy va yuridik shaxs tomonidan qonun 
bilan belgilangan soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdek konstitusiyaviy 
burchlarni bajarish bo`yicha davlatning moliyaviy sohadagi ijtimoiy 
munosabatlaridir. 
JK 184-moddasida javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyatning
 
predmeti
– soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa to`lovlar hisoblanadi. Bu 
tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun O`zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksiga, shuningdek, amaldagi soliq qonunchiligida qo`llanilgan 
tariflarga murojaat etish lozim.
Qonunchilikka muvofiq, yuqorida qayd etilgan atamalar manosi 
quyida keltirilgan: 

soliqlar
 
– davlat va (yoki) mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini 
moliyaviy taminlash maqsadida tashkilot va jismoniy shaxslardan ularga 
tegishli bo`lgan pul mablag`larini begonalashtirish shaklida olinadigan 
majburiy, individual qaytarib berilmaydigan to`lovlar.
O`zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va 
mahalliy soliqlar va yig`imlar amal qiladi: 

umumdavlat soliqlariga
yuridik shaxslar daromad (foyda) solig`i; 
jismoniy shaxslar daromad solig`i; qo`shilgan qiymat solig`i; aksiz solig`i; 
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya solig`i; suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi; 

mahalliy soliqlar va yig`imlarga
quyidagilar kiradi: mol-mulk 
solig`i; yer solig`i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish solig`i; jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, 
dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; savdo-sotiq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilish huquqi uchun yig`im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni 
sotish huquqini beruvchi lisenziya yig`imlari; yuridik shaxslarni, 
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy 
shaxslarni ro`yxatga olganlik uchun yig`im;

yig`imlar
 
– bu madaniy-maishiy xizmatlarni ko`rsatish yoxud 
hukumatning mahalliy organlari nazorati ostida o`tkaziladigan boshqa 
chora-tadbirlarni, masalan, savdo huquqi uchun to`lov, tovarlarning 
alohida turlari savdosi uchun lisenziya to`lovi kabilar amalga oshirilishi 
bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni qisman qoplash uchun jismoniy va 
yuridik shaxslardan olinadigan, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga 
muvofiq, davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan o`rnatilgan 
to`lovlardir. O`zbekistonda faqat mahalliy yig`imlar ko`zda tutilgan;

bojlar
 
– O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi 
tomonidan o`rnatilgan, jismoniy va yuridik shaxslardan ularning 
manfaatlarini ko`zlagan holda malum harakatlarni qilish va yuridik 
ahamiyatga ega hujjatlarni maxsus vakolatli muassasalarda (masalan, 
notarial harakatlarni amalga oshirganda, sud yo`li bilan bahslarni hal 
qilganda va hokazolarda) hujjatlarni berish uchun olinadigan to`lovdir. 


Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin