Savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy
javobgarlik.
Mazkur jinoyat fuqarolarning manfaatlari, mulk shaklidan
qatiy nazar savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalarining
normal faoliyatini yuritilishiga xilof harakatlarda ifodalanadi.
Jinoyat savdo va xizmat ko`rsatish qoidalarini buzishda namoyon
bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 15 martdagi
“Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid ishlar
bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida”gi 9-sonli Plenum qarorida, Jinoyat
kodeksining
189-moddasi
va
Mamuriy
javobgarlik
to`g`risidagi
Kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan
savdo
yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish
deganda, savdo va xizmat
ko`rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmog`i lozimligi
qayd qilingan.
Bunda «sud aybdor tomonidan aynan qaysi savdo qoidalari
buzilganligini ko`rsatishi shart"
1
, deb tushuntirish berilgan. Jinoyatni
kvalifikasiya qilishda har bir aybdor tomonidan qaysi qoida, shu
qoidalarning qaysi bandi buzilganligini aniqlash zarur. Masalan, 1995 yil
15 fevralda qabul qilingan "Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga
oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo`llanish tartibi
to`g`risidagi Nizom"ga muvofiq, har bir savdo shaxobchasida kassa
apparati o`rnatilgan bo`lishi kerak. Uning yo`q ekanligi savdo qoidalarini
buzish hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 189-moddasining 1-qismiga ko`ra, yani savdo
yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
xuddi shunday harakatlar uchun mamuriy jazo qo`llanilgandan keyin
yuzaga keladi.
Jinoyat kodeksining 189-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan
jinoyat savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarining biror-bir bandi buzilgan
paytdan etiboran
tamom bo`lgan
deb topiladi.
Savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish qasddan sodir
etiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi uni kvalifikasiya qilishda
ahamiyatga ega emas.
Savdo yoki xizmat ko`rsatish sohasida ishlovchi va 16 yoshga
to`lgan har qanday shaxs ushbu jinoyat bo`yicha javobgarlikka tortilishi
mumkin.
Ko`rib chiqilayotgan moddaning 2-qismida ko`p miqdorda sodir
etilsa, shuningdek, savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish xavfli
residivist tomonidan yoki ilgari ushbu kodeksning 188 yoki 190-
moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan
yoxud bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan
bo`lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ahloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
Jinoyat Kodeksining 189-moddasi 3-qismida savdo yoki xizmat
ko`rsatish juda ko`p miqdorda sodir etilganligi uchun javobgarlik nazarda
tutilgan bo`lib, aybdor eng kam oylik ish haqining uch yuz ellik
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha
qamoq bilan jazolanadi.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди Плeнуми қaрoрлaринннг тўплaми (1991-1997), 1-жилд,
Т.,
Шaрқ, 1997, 97-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Agar savdo va xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish tovlamachilik
yo`li bilan sodir etilgan bo`lsa, aybdorning qilmishlari, 165 va 189-
moddalar 6ilan yuqorida aytilganidek, jinoyatlar jami bo`yicha
kvalifikasiya qilinadi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 20 avgustdagi 295-sonli «Lisenziyalashni bekor qilish hamda
istemol tovarlarini olib kelish va O`zbekiston Respublikasining ichki
bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga
ko`ra, 2002 yil 1 oktabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan tijorat faoliyati uchun O`zbekiston Respublikasining bojxona
hududiga barcha is-temol tovarlari olib kelinishiga amaldagi qonun
hujjatlariga binoan majburiy tartibda muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan
taqdirda yo`l qo`yilishi; 2002 yil 1 sentabrdan boshlab yuridik va jismoniy
shaxslar to-monidan istemol tovarlari tuzilgan shartnomalar asosida faqat
o`zining rasmiy elon qilingan distribyutorlariga, shuningdek, nazorat-kassa
mashinalaridan
majburiy
foydalanilgan
taqdirda
turg`un
savdo
shoxobchalari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy
shaxslarga ulgurji sotilishi, import istemol tovarlarini olib kelish va ularni
ulgurji sotish bilan shug`ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar
ro`yxatdan o`tkazish va bojxona rasmiylashtiruvida o`zining rasmiy
distribyutorlari ro`yxatini taqdim etishi shartligi, ulgurji savdo
subyektlarining
distribyutorlari
nazorat-kassa
mashinalari
bilan
jihozlangan turg`un savdo shoxobchasiga ega bo`lishlari kerakligi, istemol
tovarlari qonun hujjatlariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar
tomonidan faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish shaklida ulgurji sotilishi
belgilab qo`yilgan.
Mazkur qarorga ko`ra, yuridik va jismoniy shaxslarning o`zlarining
rasmiy distribyutorlari sifatida elon qilinmagan, shuningdek, nazorat-kassa
mashinalari bilan jihozlangan turg`un savdo shaxobchalariga ega
bo`lmagan jismoniy shaxslarga istemol tovarlarini ulgurji sotishi
taqiqlanib, 2002 yil 1 sentabrdan boshlab respublikaning buyum
bozorlarida import istemol tovarlari faqat yuridik shaxs tashkil etmasdan
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan va eksport-
import operasiyalarini hamda chakana savdoni amalga oshirish huquqiga
ega bo`lgan jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga tovarlar ular
tomonidan olib kelinganligini, muvofiqlik sertifikatlarini, bojxona
to`lovlari va qatiy belgilangan soliq to`langanligini tasdiqlovchi hujjatlar
mavjud bo`lgan taqdirda sotilishiga belgilangan tartibda yo`l qo`yilishi va
www.ziyouz.com kutubxonasi
bunda ular tomonidan istemol tovarlarini nazorat-kassa mashinalari
qo`llanilmasdan sotishga ruxsat berilishi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |