3-§. Xo`jalik nizolarini hal etish va sud hujjatlarini qayta ko`rish
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga ko`ra, mulkning har xil
shakliga asoslangan iqtisodiyot sohasida va
uni boshqarish jarayonida
korxona, muassasa, tashkilotlar o`rtasida, hamda tadbirkorlar o`rtasida
vujudga keladigan nizolarni Oliy xo`jalik sudi va xo`jalik sudlari hal
qiladi.
Xo`jalik sudi manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo`yicha
davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo`jalik sudiga
murojaat qilish huquqiga ega bo`lgan hollarda davlat organlari
va boshqa
organlarning arizalari bo`yicha ish qo`zg`atadi.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal
qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib
shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, taraflar o`zaro
munosabatlarini
ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko`rganlaridan so`nggina xo`jalik
sudida ish qo`zgatish mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa
organlarning arizalari bo`yicha ish qo`zgatish taraflar yuqoridagi
choralarni ko`rgan-ko`rmaganliklaridan qatiy nazar amalga oshiriladi.
Xo`jalik sudlarida ishlar oshkora ko`riladi. Davlat sirini yoki tijorat
sirini saqlash zarur bo`lgan taqdirda ishni yopiq majlisda ko`rishga yo`l
qo`yiladi. Ishni yopiq majlisda ko`rish to`g`risida ajrim chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: