Kassasiya instansiyasi sud hujjatlarini moddiy va prosessual huquq
normalarini qo`llash va ularga rioya etishning to`g`riligi
nuqtai nazaridan
tekshiradi.
Kassasiya shikoyati (protesti) O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik
sudiga hal qiluv qarori qabul qilgan xo`jalik sudi orqali beriladi.
Kassasiya shikoyatining maqsadi javobgar manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan bo`lib, keyinchalik bekor qilingan yoki o`zgartirilgan
noqonuniy qarorni ijro etish bilan zarar yetkazishning oldini oladi.
Kassasiya instansiyasi hal qiluv qarori (qaror)ni o`zgartirish, yangi qaror
qabul qilish huquqiga ega. Shuning uchun, agar kassasiya instansiyasi
qarori birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (yoki apellyasiya
instansiyasining qarori) ijro etilganidan so`ng qabul qilinsa,
mazkur sud
hujjatlari bo`yicha olingan barcha narsalarni qaytarishlik faqatgina sud
hujjatining qaytarma ijrosi institutidan foydalanish yo`li bilan mumkin
bo`ladi. Bu esa ancha murakkab jarayondir. Bundan tashqari dastlabki
davo bo`yicha javobgarga qaytarilish lozim bo`lgan pul mablag`i ham,
mulk ham amalda qolmagan bo`lishi mumkin.
Moddiy yoki prosessual huquq normalarining buzi-lishi yoxud
noto`g`ri qo`llanilishi xo`jalik sudining hal qi-luv qarorini yoki qarorini
o`zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo`ladi.
Prosessual huquq normalarining buzilishi yoki noto`g`ri qo`llanilishi,
agar bu buzilish noto`g`ri hal qiluv qarori yoki qarorni qabul qilinishiga
olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lsa,
hal qiluv qarorini yoki qa-
rorni o`zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo`ladi.
Prosessual huquq normalarining buzilishi yoki no-to`g`ri qo`llanilishi
quyidagi hollarda hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish uchun asos
bo`ladi:
ish xo`jalik sudi tomonidan noqonuniy tarkibda ko`rilgan bo`lsa;
ish xo`jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis vaqti va
joyi to`g`risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan
birontasining yo`qligida ko`rilgan bo`lsa;
ishni ko`rishda sud ishi yuritiladigan til to`g`risidagi qoidalar
buzilgan bo`lsa;
xo`jalik sudi hal qiluv qarorini yoki qarorni qabul qilishda qaysi
qonun hujjatlariga amal qilganligi hal
qiluv qarorida yoki qarorda
ko`rsatilmagan bo`lsa;
xo`jalik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning
huquq va majburiyatlari to`g`risida hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan
bo`lsa;
www.ziyouz.com kutubxonasi
hal qiluv qarori yoki qaror sudyalardan biri tomonidan
imzolanmagan bo`lsa yoxud hal qiluv qarori yoki qarorda ko`rsatilganidan
boshqa sudyalar tomonidan imzolangan bo`lsa;
hal qiluv qarori ishni ko`rgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar
tomonidan qabul qilingan bo`lsa;
ishda sud majlisining bayonnomasi bo`lmasa yoki u qonunda
ko`rsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan bo`lsa.
Xo`jalik sudining dalillarni taminlash to`g`risidagi iltimosnomani
qanoatlantirishni rad etish haqidagi; davoni
taminlash yoki davoni
taminlashni rad etish to`g`risidagi; davoni taminlashni bekor qilish to`g`ri-
sidagi; ish yuritishni to`xtatish to`g`risidagi; ish yuritishni tugatish
to`g`risidagi; davoni ko`rmasdan qoldirish to`g`ri-sidagi; o`tkazib
yuborilgan prosessual muddatni tiklashni rad etish to`g`risidagi; jarima
solish to`g`risidagi; davo arizasini qabul qilishni rad etish to`g`risidagi;
davo arizasini qaytarish to`g`risidagi; qo`shimcha hal qiluv qarorini qabul
qilishni rad etish to`g`risidagi; hal qiluv qarorini tushuntirib berish va
yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni
tuzatish to`g`-risidagi; yangi ochilgan holatlar bo`yicha qayta ko`rish
to`g`risidagi arizani qaytarish to`g`risidagi; yangi ochilgan holatlar
bo`yicha ishni qayta ko`rish to`g`risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish
haqidagi; ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o`tkazib yuborilgan
muddatini tiklash to`g`risidagi; sud hujjatining
ijrosini kechik-tirish yoki
uni bo`lib-bo`lib ijro etish, ijro etish usu-lini va tartibini o`zgartirish yoki
arizani qanoat-lantirishni rad etish to`g`risidagi ajrimlariga kassasiya
shikoyati keltirilishi mumkin.
Bundan tashqari, apellyasiya shikoyatini qaytarish to`g`-risidagi va
kassasiya shikoyatini (protestini) qaytarish to`g`risidagi ajrimlari faqat
kassasiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Agar apellyasiya shikoyati ajrim bilan emas, balki xat bilan
qaytarilgan bo`lsa, bu ushbu xatni olgan tomonni unga nisbatan kassasiya
tartibida shikoyat keltirish huquqidan mahrum etmaydi.
Amaldagi qonunda ilk bor xususiy ajrimlarga nisbatan shikoyat
keltirish qoidasi nazarda tutilgan.
Ajrimga nisbatan keltirilgan kassasiya shikoyati (protest)ni ko`rib
chiqish
muddatlari, tartibi xo`jalik sudining hal qiluv qarori va qarorlari
ustidan kassasiya shikoyati (protesti) keltirish kabidir.
Dostları ilə paylaş: