Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Birinchi instansiyada ish yuritish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Birinchi instansiyada ish yuritish. 
Xo`jalik sudlarida birinchi instansiya bo`yicha ishlar, qoida 
tariqasida, sudyaning yakka o`zi tomonidan ko`riladi.
Davo arizasini qabul qilish masalasini sudyaning yakka o`zi hal 
qiladi va qonun talablarga rioya etgan holda berilgan davo arizasini 
xo`jalik sudining ish yuritishiga qabul qiladi yoki uni rad etish yoxud davo 
arizasini qaytarish to`grisida ajrim chiqaradi. Sudya ishni yuritish 
to`g`risida manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning 
mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni bajarishni, shu jumladan 
nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va malumotlarni taqdim etishni 
taklif etadi. Ushbu bosqichda sudya ishda qatnashuvchi shaxslarga juda 
xilma-xil harakatlarni bajarishni taklif etishi mumkin. Masalan, hisob-
kitoblarni pul talabnomalariga solishtirib chiqish, huquqiy pozisiyani 
aniqlash yoki belgilash, davo arizasiga javob berish, boshqa tomonga yoki 
bir-biriga ayrim hujjatlarni berish, ekspertiza o`tkazilishida tushuntirilishi 
kerak bo`lgan masalalarni taqdim etish va boshqalar. U taraflarni 
murosaga keltirish choralarini ko`radi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ishni sudda ko`rishga tayyorlash to`g`risidagi ajrim chiqarilgan 
kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo`lmagan muddatda ko`rilishi va hal 
qiluv qarori qabul qilinishi kerak. 
Birinchi instansiya xo`jalik sudi nizoni mazmunan hal qilishda hal 
qiluv qarori qabul qiladi. Xo`jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va 
asoslantirilgan bo`lishi kerak. 
Hal qiluv qarori prosessual huquq normalariga to`liq rioya qilgan 
holda, moddiy huquq normalariga amal qilib, shu nizoli huquqiy 
munosabatlarni qo`llash lozim yoki zarur bo`lgan holatlarda asosli 
ravishda qonunni qo`llash, mos keladigan munosabatlarni tartibga solish, 
yohud qonun-chilikning umumiy, bosh va mazmunidan kelib chiqadigan 
bo`lsa, qonuniy hisoblanadi. 
Xo`jalik sudi nizolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va 
qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O`zbekiston 
Respublikasining halqaro shartnomalariga asosan hal qiladi. Agar halqaro 
shartnomada O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgandan 
boshqacha qoida o`rnatilgan bo`lsa, bunday hollarda halqaro shartnoma 
qoidalari qo`llaniladi. 
Xo`jalik sudi O`zbekiston Respublikasi qonuni va halqaro 
shartnomalariga binoan chet el davlatlarining huquq normalarini qo`llaydi. 
Hal qiluv qarori qonuniy bo`lishi uchun xo`jalik sudi normativ hujjatlardan 
nizoli munosabatlarni tartibga soluvchi o`sha huquqiy normalarni topishi 
lozim. 
Buning 
uchun 
tomonlarning 
faktga 
asoslangan 
o`zaro 
munosabatlarini to`g`ri yuridik baholashi lozim.
Birinchi instansiya xo`jalik sudining hal qiluv qarori O`zbekiston 
Respublikasi nomi bilan qabul qi-linadi. Xo`jalik sudining hal qiluv qarori 
kirish, bayonnoma, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo`ladi. 
Xo`jalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro 
etiladi. 
Davlat organlarining, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining 
hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi hal qiluv qarorlari, 
shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash to`g`risidagi ajrimlar darhol ijro 
etiladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin