O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudining Rayo-sati ishni
nazorat tartibida ko`rib:
xo`jalik sudining hal qiluv qarorini, qarorini o`zgarishsiz, protestni
esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
hal qiluv qarorini, qarorni to`la yoki qisman bekor qilib, ishni
yangidan ko`rish uchun yuborishga;
hal qiluv qarorini, qarorni o`zgartirib yoki bekor qilib, ishni yangidan
ko`rishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
hal qiluv qarorini, qarorni to`la yoki qisman bekor qilib, ish
yuritishni tugatishga yoxud davoni to`la yoki qisman ko`rmasdan
qoldirishga;
ish bo`yicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlari yoki qarorlardan
birini kuchda qoldirishga haqli.
Agar Oliy xo`jalik sudi Rayosati hal qiluv qarori (qaror) qonuniy va
asosli, protest vajlari esa ahamiyatsiz degan xulosaga kelsa, xo`jalik
sudining hal qiluv qarorini (qarorni) o`zgarishsiz, protestni esa
qanoatlantirmasdan qoldiradi.
Qaror hozir bo`lgan Rayosat azolarining ko`pchiligini ochiq ovoz
berishi bilan qabul qilinadi.
Qaror Oliy xo`jalik sudi Raisi tomonidan, uning yo`qligida esa
Raisning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi. Qaror qabul
qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va uning ustidan shikoyat
keltirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: