2-§. Xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy
taminlash
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimining yana bir tarkibiy
qismi bo`lib tadbirkorlik, xo`jalik yuri-tishni huquqiy taminlash
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisoblanadi. Bu o`rinda shuni takidlash lozimki, xo`jalik yuritish,
tadbirkolik fao-liyatini huquqiy tartibga solish darajasi boshqa faoliyat
turlariga nisbatan ancha yuqori darajada yo`lga qo`yilgan. Tadbirkorlik
subyektlarini vujudga kelish, ro`yxatga olish, faoliyatni amalga oshirish,
tugatish, qayta tashkil etish jarayonlari to`la huquqiy tartibga solingan.
Tad-birkorlik subyektlarining deyarli barcha turlari o`zining qonuniy
huquqiy maqomiga ega (masalan, to`liq shirkat, kommandit shirkati,
masuliyati cheklangan jamiyat, qo`-shimcha masuliyatli jamiyat,
aksiyadorlik jamiyati, ishlab chiqarish kooperativlari, fermer xo`jaliklari
va sh.k.). Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida tadbirkorlikni amalga
oshirish ham o`z normativ-huquqiy asoslariga ega. Xo`jalik–tadbirkorlik
faoliyatini huquqiy taminlanganlik darajasini yuqoriligi bu o`rinda kim
tomonidandir o`zboshimchaliklar sodir etilishini kamaytiradi va oxir
oqibatda huquqiy himoyani yuksak saviyasini taminlaydi. Albatta,
tadbirkorlik faoliyatini batafsil hu-quqiy tartibga solinganligi juda muhim
ijobiy holat hisoblanadi. Ayni vaqtda bu borada barcha muammolar hal
etilgan deb aytish qiyin. Afsuski, tadbirkorlikning hu-quqiy asoslarini
tashkil etuvchi normativ massivda aksariyat ko`pchilik turli idoralar
meyoriy xujjatlari tashkil etadi. Odatda qonunlarda mustahkamlangan
normativ umumiy yo`nalish bilan idoraviy manfaatlar mustahkamlab
qo`yiladi, bu esa xolislik, adolat, oqilonalik, insoflilik kabi umumiy
tamoyillar mazmuniga har doim ham to`la muvofiq kelavermaydi. Shu
sababli ham rivojlangan mamlakatlar tajribasida idoraviy hujjatlar orqali
huquqiy tartibga solish iloji boricha kam qo`llaniladi. Shu sababli ham
kelgusida xo`jalik-tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda idoraviy
meyoriy hujjatlar (Markaziy Bank, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat
bojxona qo`mitasi, Soliq qo`mitasi kabi idoralar chiqargan hujjatlar)
o`rniga qonunlar bilan tartibga solishga keng o`rin berish lozim.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tadbirkor,
xo`jalik yurituvchi subyekt turli boshqa subyektlar bilan o`zaro
munosabatlarga
kirishadi.
Bu
munosabatlar
mamuriy-boshqaruv
munosabatlar, shartnomaviy munosabatlar, shartnomadan tashqari (delikt)
majburiyatlar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Bu munosabatlarning
bazilarida o`zaro munosabatlar kelishmovchilik, baxs-nizo tusini olish
mumkin. Binobarin, bunday holda nizolarni hal qilish tizimining
mavjudligi alohida muhim ahamiyatga ega va u o`z mohiyatiga ko`ra
xo`jalik yurituvchi subyektlar, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini
taminlovchi tashkiliy-xususiy kafolat hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatida
vujudga keladigan nizolarni hal qilish tizimi mavjud va u turli usullar va
www.ziyouz.com kutubxonasi
shakllarni o`z ichiga oladi. Amaldagi huquq-tartibotda bu borada uzviy
bog`liq huqu-qiy tizim doimiy ravishda amal qiladi, aniqrog`i uni tizimlar
majmui deb aytish mumkin. Ushbu majmuaga nizolarni hal etishning
davlat va nodavlat, sud orqali va nosud, milliy va xalqaro tizimlar kiradi.
Nizolarni hal etish davlat tizimida xo`jalik-tadbirkorlik nizolari
muayyan vakolatli davlat idoralari tomonidan hal etiladi. (Masalan,
kontraktasiya shartnomasi bo`yicha nizolar tuman hokimligi huzuridagi
inspeksiya, intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza hujjati berish
bilan bog`liq nizolar Davlat patenti idorasi huzuridagi Appelyasiya
Kengashi tomonidan va h.k.). Ko`p hollarda davlat idorasi qarori ustidan
sudga shikoyat qilish mumkin.
Xo`jalik–tadbirkorlik nizolarini sud orqali hal etish tizimi ham puxta
ishlab chiqilgan. Konstitusiyaning 111-moddasiga asosan mulkchilikning
turli
shakllariga
asoslangan
korxonalar,
muasasalar,
tashkilotlar
o`rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o`rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni
boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo`jalik nizolarini hal etish Oliy
xo`jalik sudi va xo`jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida
amalga oshiriladi. Xo`jalik sudlarida nizolarni ko`rib chiqish va hal etish
tartibi Xo`jalik prosessual kodeksi bilan tartibga solinadi. Xo`jalik
sudlarini ish yuritish tartibi umumiy sudlarni ish yuritish tartibidan
nisbatan soddaligi, tezkorligi bilan ajralib turadi. (Masalan, sud buyrug`i
tartibining mavjudligi). Xo`jalik yurituvchi subyektlar davo arizasi
berishda o`z pul mablag`lariga ega bo`lmasalar, davlat boji to`lashni hal
qiluv qarori chiqarilgunga qadar kechiktirishga yo`l qo`yiladi. Xo`jalik
nizolarini hal etish uchun alohida sud tizimining mavjudligi xo`jalik
qonuniy huquq va manfaatlarini huqu-qiy himoya qilishni osonlashtiradi
va real amalga oshi-rilishni o`ziga xos kafolati bo`lib hisoblanadi.
Xo`jalik–tadbirkorlik sohasida vujudga kelgan nizolarni hal etishning
nosud tizimi ham mavjud. Masalan, talabnoma bildirish tartibida nizolarni
hal etishga yo`l qo`yiladi. ”Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunning 17-18-moddalarida
talabnoma bildirish orqali xo`jalik nizolarini hal etish asoslari va tartibi
belgilab qo`yilgan.
Bundan tashqari taraflar kelishuv bitimi tuzish, nizoni hakamlar
sudiga berish orqali ham hal etishlari mumkin. Hakamlar sudining qarori
davlatning majburlov kuchi bilan taminlanadi, shuningdek muayyan
asoslar mavjud bo`lgan taqdirda ushbu qaror ustidan sudga (xo`jalik
sudiga) shikoyat qilish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nizolarni hal etishning xalqaro tizimi ham mavjud. Odatda xorijiy
tadbirkorlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qiluvchi xo`jalik
yurituvchi subyektlar bu borada vujudga kelgan nizolarni hal etish uchun
xorijiy davlatlar sudlariga yoki xalqaro arbitrajlarga murojaat etishlari
mumkin. Bunda albatta har qanday nizolar emas, balki O`zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida yo`l qo`yilgan nizolar xorijiy davlatlar
sudlarida yoki xalqaro arbitrajida ko`rib hal etilishi mumkin. (Masalan,
bankrotlik bo`yicha ishlar, davlat budjet oldidagi majburiyatlar bilan
bog`liq nizolar, horijiy yurisdiksiya bo`la olmaydi.)
Xo`jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarni huquqiy himoya
qilish tizimida O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muhim
o`rin
egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi
Savdo-sanoat palatasi
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi
nodavlat notijorat tashkilotidir. Palata tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik muhitini takomillashtirish, Palata
azolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya
qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo`lga
qo`yishga ko`maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Palata o`z faoliyatini 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan
“O`zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi to`g`risida”gi qonunga
asosan tashkil etadi.
Palataning vazifalari quyidagilardan iborat:
O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko`maklashish;
tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va
aloqalarni kengaytirishda, eksport mahsulotini tashqi bozorlarga olib
chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulot chiqarishni
taminlovchi yangi ishlab chiqarishlar barpo etish hamda mavjud ishlab
chiqarishlarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlash uchun to`g`ridan-to`g`ri
chet el investitsiyalarini jalb etishda ko`maklashish;
boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat
birlashmalari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish hamda rivojlantirish;
tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar ko`rsatish, shu jumladan
axborot
taminoti
va
maslahat
yordami
berish,
O`zbekiston
Respublikasining ishlab chiqaruvchilari haqidagi, ular tomonidan ishlab
chiqarilayotgan mahsulot va investitsiyaviy imkoniyatlar to`g`risidagi
axborotni, shuningdek potensial sheriklarga va zamonaviy texnologiyalar
xarid qilish imkoniyatlariga oid malumotlarni o`z ichiga oluvchi biznes-
kataloglar e'lon qilinishini tashkil etish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish,
xalqaro huquq va biznes yuritish amaliyotining umum etirof etilgan
normalarini joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning
huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun
hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash chora-
tadbirlarini ko`rish;
tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish
hamda himoya qilish, shu jumladan davlat hamda xo`jalik boshqaruvi
organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ifoda etish hamda
himoya qilish;
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar talimi va ularni tayyorlash tizimi
rivojlantirilishini, tadbirkorlarni o`qitish va ularning malakasini oshirish
tashkil etilishini qo`llab-quvvatlash.
Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Palata muassislarning tashabbusiga ko`ra ixtiyoriy birlashish prinsipi
asosida tashkil etiladi. Palata muassislari Palataning tasis konferensiyasini
chaqiradilar, unda Palataning ustavi qabul qilinadi hamda boshqaruv va
nazorat organlari tuziladi. Palata Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda
yagona tizimni tashkil etadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida tegishincha Palataning bitta hududiy boshqarmasi
tuzilishi mumkin. Palataning hududiy boshqarmasi yuridik shaxs
hisoblanadi va Palata tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat
ko`rsatadi. Palataning hududiy boshqarmalari, zaruratga qarab, yuridik
shaxs bo`lmagan tuman va shahar filiallarini tuzishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati subyektlari,
ularning birlashmalari, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-
quvvatlash uchun tuzilgan boshqa tashkilotlar Palata azosi bo`lishi
mumkin. Palata azolari teng huquq va majburiyatlarga ega. Palataga azolik
tadbirkorlik faoliyati subyekti yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlarining
birlashmasi yoxud tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash uchun
tuzilgan boshqa tashkilot bilan Palata o`rtasida shartnoma tuzish yo`li
bilan rasmiylashtiriladi.
Palataning boshqaruv organlari bo`lib Palata qurultoyi, Palata
markaziy kengashi hamda Palata ijroiya qo`mitasi. Palata boshqaruvining
oliy organi bo`lib uch yilda kamida bir marta chaqiriladigan Palata
qurultoyi hisoblanadi. Qurultoylar oralig`idagi davrda Palata faoliyatiga
rahbarlikni Palata markaziy kengashi amalga oshiradi. Palata faoliyatiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
joriy rahbarlikni Palata ijroiya qo`mitasi amalga oshiradi va u Palata
qurultoyi hamda markaziy kengashiga hisobdor bo`lib hisoblanadi.
Palata quyidagi huquqlarga ega:
O`zbekiston Respublikasida va chet davlatlarda tashkilotlar tuzish,
o`z vakolatxonalarini ochish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ixtirolar, foydali modellar va
sanoat namunalarini patentlashda, tovar belgilari, xizmat ko`rsatish
belgilari hamda tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro`yxatdan o`tkazishda
ko`maklashish;
O`zbekiston Respublikasida va uning hududidan tashqarida
ko`rgazmalar hamda yarmarkalar tashkil etish va o`tkazish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga huquqiy va boshqa xil yordam
ko`rsatish;
gazetalar, jurnallar va boshqa bosma materiallar nashr etish,
shuningdek tadbirkorlik faoliyatini taminlash uchun noshirlik va reklama
xizmatlari ko`rsatish;
xalqaro va chet el tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq
sohada Palata azolarining manfaatlarini ifoda etish;
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati masalalariga taalluqli normativ-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish;
iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq
hakamlik sudlarini, shu jumladan xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil
etish;
chet ellik sheriklar murojaat etgan hollarda tovarlarning kelib
chiqishi to`g`risidagi sertifikatlarni tasdiqlash;
Palata
azosi
bo`lmish
tadbirkorlik
subyektlari
faoliyatini
tekshirishlarda ishtirok etish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga chet el va xalqaro tashkilotlarning
moliyaviy hamda texnik yordamini jalb etishda ko`maklashish;
davlat boji to`lamasdan sudga Palata azolari manfaatlarini ko`zlab
davo taqdim etish, shuningdek davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyat berish.
Palata o`z majburiyatlari bo`yicha o`ziga qarashli barcha mol-mulk
bilan javob beradi. Palata o`z azolarining majburiyatlari bo`yicha javob
bermaydi. Palata azolari Palataning majburiyatlari bo`yicha javob
bermaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|