4-§.
Xo`jalik sudi hujjatlarining ijrosi
Q
onuniy kuchga kirgan sud hujjatlari O`zbekiston Respublikasining
butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi
boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan XPKda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Sud hujjatini majburiy ijro etish shu hujjatni qabul qilgan xo`jalik
sudi tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan
keyin beriladi. Pul mablag`larini budjet daromadiga undirish uchun ijro
varaqasi qarzdor turadigan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Pul mablag`larini undirish uchun ijro varaqasi undiruvchi tomonidan
bankka yoki boshqa kredit muassasasiga, boshqa hollarda esa sud
ijrochisiga yuboriladi.
Ijro varaqasida quyidagilar ko`rsatilishi kerak:
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijro varaqasini bergan xo`jalik sudining nomi;
ijro varaqasi berilgan ish va uning tartib raqami:
ijro etilishi lozim bo`lgan sud hujjati qabul qi-lingan sana;
undiruvchining va qarzdorning nomi, ularning man-zillari;
sud hujjatining xulosa qismi;
sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati.
Agar xo`jalik sudi tomonidan ijro varaqasi berilguncha sud hujjatini
ijro etishni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib ijro etishga ruxsat berilgan
bo`lsa, unda ijro varaqasining muddati qachondan o`ta boshlashi
ko`rsatiladi.
Ijro varaqasini sudya imzolaydi va u xo`jalik sudining gerbli muhri
bilan tasdiqlanadi.
5-§.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni ishchanlik obro`sini himoya
qilishning o`ziga xos xususiyatlari
Xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishda ro`y beradigan
turli huquqbuzarliklar natijasida nafaqat xo`jalik yurituvchi subyektlarning
mulkiy manfaatlariga, balki ularni pok nomi, ishchanlik obro`siga ham
jiddiy zarar va ziyon etishi mumkin. Shu sababli ham Fuqarolik
kodeksining 100-moddasida yakka tadbirkorni va yuridik shaxslarni
ishchanlik obro`sini yuridik muhofaza qilish asoslari belgilab qo`yilgan.
Shan va qadr-qimmatdan farqli ravishda ishchanlik obro`si tadbirkorlik
subyekti- ni tadbirkor sifatidagi xususiyatlari bilan ham, uning shaxsiy
huquqlari bilan ham uzviy ravishda bog`liqdir. Odatda ishchanlik obro`si
deyilganda, tadbirkorlik sub- subyektini professional malakasi, saviyasi
darajasi, u tomonidan ishlab chiqarilgan tovar, bajariladigan ishlar,
ko`rsatiladigan xizmatlar sifati, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishida o`zining kontragentlari bilan munosabatlarni yo`lga qo`yishda
qanday etik-ahloqiy tamoyillar asosida ish ko`rishi bo`yicha tasavvurlar
tushuniladi.
Ko`p
hollarda
xo`jalik
yurituvchi
subyektlar
o`z
mahsulotlarini yuqori sifatli bo`lishiga, boshqa subyekt-lar bilan bo`lgan
munosabatlardan insofli, adolatli foy- dalanishga intilish, turli xayr-ehson
tadbirlarini amalga oshirish yo`li bilan o`z ishchanlik obro`sini yuqori
darajada ushlab turishi, uni doimiy mustahkamlashga harakat qiladilar.
Ammo xo`jalik (tadbirkorlik) sohasida o`zaro munosa- batlar har
doim ham silliq va bir maromda ketavermaydi. Bozor tizimidagi kuchli
raqobat
bazi
xo`jalik
yurituvchi
subyektlarni
g`ayriahloqiy
va
www.ziyouz.com kutubxonasi
g`ayriqonuniy usullardan foydalangan holda bozorda huddi shunday
turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi
boshqa subyektlar bo`lgan raqibini obro`sizlantirishga, uni ish- ishchanlik
obro`sini yerga urib, u to`g`risida badnom qiluvchi malumotlar tarqatishga
undashi mumkin. Bunday harakatlar uchun amaldagi qonunchilikda
tegishli ravishda jinoiy-huquqiy, mamuriy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy
ja- vobgarlik belgilab qo`yilgan. Xalqaro tadbirkorlik ama- liyoti bo`yicha
ham o`z raqibini ishchilik obro`sini g`ayriqo- nuniy usullar bilan yerga
urish g`irrom raqobatni (noinsof raqobatni) bir ko`rinishi hisoblanadi.
Ishchilik obro`sini fuqarolik huquqiy tartibda himoya qilishda
Fuqarolik kodeksining 100-moddasida belgi- langan normalar qo`llaniladi.
Bunga asosan, xo`jalik yuri- tuvchi subyekt o`zining ishchanlik obro`siga
putur yetkazuvchi malumotlar yuzasidan, basharti bunday malumotlarni
tarqatgan shaxs ularni haqiqatga to`g`ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo`li
bilan raddiya berilishini talab qilishga haqli.
Basharti, xo`jalik yurituvchi subyektning ishchanlik obro`siga putur
yetkazuvchi malumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo`lsa,
ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim.
Basharti, bunday malumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa,
bunday hujjat almashtirilishi lozim.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Xo`jalik yurituvchi subyekt ommaviy axborot vosita- larida uning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsi- tuvchi malumotlar e'lon
qilinganda, u ayni o`sha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, o`zini
himoya qilish hu- quqiga ega.
Agar, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoi-dabuzarga qonun
hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga
haqlidir. Jari- mani to`lash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida na-
zarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasida ishchanlik ob- ro`siga dahl
qilinganlik bilan bog`liq nizolar O`zbekiston Respublikasi XPKning 24-
moddasiga muvofiq xo`jalik sudlari tomonidan ko`rib chiqib hal etiladi.
Yakka tadbir- kor bilan jismoniy shaxs o`rtasidagi bunday toifadagi
nizolar fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tomonidan ko`rib chiqib hal
etiladi.
Ishchanlik obro`si o`z mohiyati va xarakteriga ko`ra, ham mulkiy,
ham shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi. Uning mulkiy xarakteri shunda
namoyon bo`ladiki, ishchanlik ob- ro`siga putur yetkazilganda xo`jalik
yurituvchi subyektni mahsulot va tovarlariga bo`lgan talab keskin
www.ziyouz.com kutubxonasi
kamayadi yoki u bozorda o`tmay qoladi. Shuningdek, u bilan hech bir
shaxs shartnomaviy munosabatlarga kirishmay qo`yadi yoki o`ta qat- tiq
shartlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishadi. Tadbirkorlik
munosabatlarida unga nisbatan ishonch keskin pasayib, uning mulkiy
ahvoliga tasir ko`rsatishi tabiiy. Bunday holda yetkazilgan moddiy zararlar
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 14-moddasiga
muvofiq undiriladi. Ishonchlik obro`sini mulkiy huquq si- sifatida
namoyon bo`lishi yana shunda yaqqol ko`rinadiki, O`zbekiston
Respublikasining «Chet el invistisiyalari to`g`risida»gi qonunida gudvill
(ishchanlik obro`si) investitsiya sifatida O`zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotiga kiriti lishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Shunga qaramasdan ishchanlik obro`si shaxsiy nomulkiy huquq
ekanligini etirof etmoq lozim. Chunki u yuqorida takidlanganidek, xo`jalik
yurituvchi subyektlarni ahloqiy sifatlari bilan bog`liq. Binobarin,
ishchanlik obro`siga putur yetganda manaviy zarar yetkazilishi ham tabiiy.
Manaviy zarar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik ko- deksining 1022-
moddasida subyektning jismoniy va ma- naviy azoblari tariqasida
namoyon bo`ladi. Bu holat yakka tadbirkor bo`lgan jismoniy shaxslarda
to`liq namoyon bo`- ladi, ammo tijorat yuridik shaxslarida bu holat bevosi-
ta emas, balki bavosita tarzida o`z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda,
yuridik shaxsga yetkazilgan manaviy za- rar uning ishchilik obro`siga
putur yetkazilishi sababli uning rahbarlari, xodimlari, jismoniy shaxs
bo`lgan mulkdor muassislari jismoniy og`riqlari, azob-uqubatlari
ko`rinishida ro`y beradi, deb aytish mumkin.
Manaviy zararni qoplash miqdori xo`jalik yurituvchi subyektga
yetkazilgan jismoniy va manaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek
ayb tovon to`lashga asos bo`lgan hollarda zarar yetkazuvchining ayb
darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini
aniq- lashda oqilonalik va adolatlilik talablari etiborga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |