Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Nazorat savollari: 
1.
Xo`jalik nizolarining kelib chiqish sabablari qanday? 
2.
Xo`jalik nizolarining qanday turlarini bilasiz? 
3.
Xo`jalik nizolarini sudlarda ko`rish tartibini tushuntirib bering. 
4.
Xo`jalik nizolarini hakamlik sudlarida ko`rpib chiqish tartibini 
tushuntiring. 
5.
Xo`jalik sudi qarorlarini qaytadan ko`rish tartibini tushuntiring. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


6.
Xo`jalik sudlari hujjatlarining ijrosini amalga oshirish tartibi 
qanday?
www.ziyouz.com kutubxonasi


18-BOB. XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 
HUQUQIY HIMOYA TIZIMI
1-§. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqiy himoya 
tizimining mohiyati, shakllari va tashkiliy mexanizmi 
Tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uni 
rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu sababli tadbirkorlikni 
qo`llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan masalalardan 
biridir. Ushbu siyosatning mohiyati, uni amalga oshirishning shakl va 
vositalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Kari-mov tomonidan 
har tomonlama asoslab berilgan, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2002 
yil 18 iyulda bo`lgan maj-lisida Prezidentimiz maruzasida ham bu 
masalaga asosiy etibor qaratildi. «Tadbirkorlarning faoliyatini rag`-
batlantirish, qo`llab-quvvatlash,–deb takidladi yurt-boshimiz,–ular uchun 
qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit yaratib berish masalalari barcha 
darajadagi rah-barlarning, birinchi galda hududiy hokimlik va boshqaruv 
idoralarining doimiy diqqat markazida turishi kerak»
1
. Ushbu maruzada 
yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlar faoliyatini huquqiy himoya qilish 
tizimini yaratish va uni mustahkamlash vazifasi qo`yildi va uni amalga 
oshirish yo`llari ko`rsatib berildi. 
Tadbirkorlik 
faoliyati 
huquqiy 
asoslarini 
mustahkamlashda 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan “Bozor 
islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish 
sohasidagi ustuvor yo`nalishlar amalga oshirishni jadallashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida” gi ( 2005yil 14 iyun), “Tadbirkorlik subyektlarini 
huquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to`g`risida”gi (2005 yil 14 iyun), “Mikrofirmalar va kichik korxonolarni 
rivojlantirishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar 
to`g`risida”gi (2005 yil 20 iyun), “Tadbirkorlik subyektlarining xo`jalik 
sohasidagi 
huquqbuzarliklari 
uchun 
moliyaviy 
javobgarligini 
erkinlashtirish to`g`risida”gi (2005yil 24 iyun), “Tadbirkorlik subyektlarini 
tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida”gi farmonlari (2005yil 5 oktabr) va “Tadbirkorlik 
subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish 
va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish 
to`g`risida”gi qarori (2005yil 15 iyun) muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
1
Хaлқ сўзи, 2002 йил, 19 июл 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu normativ hujjatlarda nazarda tutilgan g`oyalar amaldagi qonunlarda 
o`z ifodasini topdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2006 yil 29 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 
2006 yil 26 avgustda maqullangan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy 
himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy 
javobgarligi 
erkinlashtirilganligi 
munosabati 
bilan 
O`zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar 
kiritish to`g`risida”gi qonun buning yaqqol dalilidir.
Shuni ishonch bilan takidlash mumkinki, bugungi kunda 
mamlakatimizda tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimi shakllantirildi 
va uning tashkiliy mexanizmi yaratildi.
Bu tizimda tadbirkorning shaxsi ham muhim o`rin tutadi. Birinchi 
galda tadbirkor o`z huquqlarini, qonuniy manfaatlarini anglab yetgan 
bo`lishi va huquqiy savodxon bo`lishi lozim. Aks holda uning haq-
huquqlari himoya qilinishi uchun qanday tizim yaratilmasin, u samarali 
faoliyat ko`rsata olmaydi. Aslini olganda, tadbirkor o`z huquq va 
burchlarini bilmasa undan qanday foydalanishni ham, uni qanday himoya 
qilishni ham va hatto huquqi buzilgan hollarda o`z huquqlari buzilganligini 
ham anglab yetmaydi. So`nggi yillarda tadbirkorlarning huquqiy sa-
vodxonligini oshirish uchun bir qator ishlar amalga oshi-rildi: matbuotda 
maqolalar chop etilmoqda, broshuralar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, 
ko`rgazmali tashviqot vo-sitalari tayyorlandi va aholi o`rtasida tarqatildi. 
Ulardan tadbirkorlar o`zlari uchun zarur barcha foydali malu-motlarni 
olishlari mumkin. 
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimi keng qam-rovlik asosida 
amalga oshiriladi. Ushbu tizim tadbirkorlik qo`llaniladigan barcha 
sohalarda beistisno tarzda amalda bo`ladi. Boshqacha aytganda, huquqiy 
himoya tizimi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan yoki 
sud orqali himoyalanish huquqi orqali, balki davlat va nodavlat, sud va 
nosud tuzilmalar orqali ham amalga oshi-riladi. 
Huquqiy himoya yuksak darajada yuridik taminlangan. Boshqacha 
aytganda, huquqiy himoyaning usullari, vositalari, shakllari, uni amalga 
oshirish jarayoni qonun normalarida batafsil tartibga solingan. Bu esa 
huquqiy himoyaning qonuniyligini taminlaydi. 
Yuqorida takidlab o`tilganidek, tadbirkorlarning huquqiy himoya 
tizimi eng avvalo tadbirkorlarni faolligiga tayanadi. Har bir tadbirkorlik 
subyekti o`z huquq va manfaatlarini har qanday buzilishlardan eng avvalo 
o`zlari faol himoya qiladilar va qonunda yo`l qo`yilgan barcha 
vositalardan (o`zini–o`zi himoya, sud orqali himoyalanish, operativ tasir 
www.ziyouz.com kutubxonasi


usullarini qo`llash va sh.k.) foydalanishga haqli. Agar tadbirkor o`z 
buzilgan huquqlarini himoya qilishni o`zi xoxlamasa (agar bunda uchinchi 
shaxslar yoki davlat manfatlariga putur yetkazilgan yoki tadbirkor 
himoyalanishi layoqatiga ega bo`lmagan hollar mustasno) hech kim uning 
huquqlarini himoya qilish to`g`risida talab qo`ya olmaydi. Qonunlarda 
tadbirkorlarni o`z huquqlarini himoya qilishning yuridik imkoniyatlari 
belgilab qo`yiladi, bu imkoniyatdan foydalanish, ularni amalga oshirish 
tadbirkorning o`ziga bog`liq. 
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimi doimiylik va uzluksizlik 
belgisiga ham ega. Buning manosi shundaki, tadbirkorlik subyektlarini 
vujudga 
kelish, 
faoliyatini 
amalga 
oshirish 
va 
bekor 
bo`lish 
jarayonlarining hamma bosqichida huquqiy himoya mavjud bo`ladi, 
masalan, tad-birkorlik subyektini ro`yxatga olishni rad etganlik uchun 
sudga shikoyat qilish huquqi, tadbirkorlar faoliyatiga o`zboshimchalik 
bilan aralashuvlardan himoya qilish tartibi va nihoyat, tadbirkorlik 
subyeklarini bankrot deb topish asoslari va tartibi (aslini olganda 
bankrotlik ham himoya tizimiga kiradi, yani yakka tadbirkorni muayyan 
asoslarga ko`ra kreditorlar oldida javobgarlikni bekor bo`lishiga olib 
keladi va h.k.). 
Huquqiy himoyaning doimiyligi va uzluksizligi tadbirkorlarni 
huquqiy himoya qilishi tizimining barqarorligini taminlaydi, unga yaxlitlik 
va qatiylik ba-g`ishlaydi. Ushbu holatlar huquqiy himoya tizimining ta-
sirchanligini va samarasini yuqori ko`tarishga xizmat qi-ladi. 
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimining yana bir belgisi bo`lib 
tezkorlik hisoblanadi. Bu shunda yaqqol ko`rinadiki, birinchidan 
tadbirkorlarning buzilgan huquq-lari tezlik bilan, operativ ravishda 
muhofaza qilish choralari qo`llaniladi (masalan, talablarni akseptsiz 
qanoatlantirish, sud buyrug`i tartibida talabni qondirish, talabnoma asosida 
talabni qondirish va h.k.), ikkinchidan, tadbirkor huquqi buzilgan davr 
uchun imkon boricha boy berilgan foyda undirib beriladi. 
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimi o`zining yaqqol 
ifodalangan tashkiliy – huquqiy tuzilmalariga ega. Bu tuzilmalar ichida 
adliya idoralari o`ziga xos o`rin egallaydi. Bu holat faqat mamlakatimiz 
huquq tizimi uchungina xos holatdir. Xorijiy mamlakatlarda ham 
tadbirkorlarning huquqiy himoya mexanizmi yaratilgan, biroq alohida, 
maxsus vakolatli tashkiliy tuzilmalar mavjud emas. 
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishda davlat idoralari (sud, 
prokuratura, adliya, tumanlar, viloyatlar hokimliklari) va nodavlat tizimlari 
www.ziyouz.com kutubxonasi


( tovar ishlab chiqa-ruvchilar va tadbirkorlar palatalari, fermer va dehqon 
xo`jaliklari assosiasiyalari) bab-baravar faoliyat ko`r-satadilar. 
Adliya 
organlarining 
bu 
boradagi 
vakolatlari 
O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 fevral 2000 yildagi qarori bilan 
belgilab qo`yilgan. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari 
tarkibida tad-birkorlarni himoya qilish bo`yicha maxsus tuzilmalar mav-
jud. Adliya Vazirligi va joylardagi uning idoralari tomonidan tadbirkorlar 
uchun ishonch telefonlari tashkil etilgan. Adliya Vazirligi tadbirkorlik 
huquqlariga rioya qilish bo`yicha qonunchilikka rioya qilish ustidan barcha 
mintaqalarda davriy kompleks tekshiruvlarni amalga oshiradi. Ushbu 
tekshiruvlar viloyatlar va tumanliklar hokimliklar, soliq, bojxona, banklar, 
tayyorlov va taminot korxonalari faoliyatini qamrab oladi. 
Adliya organlari tekshirishlar davomida tadbir-korlarni qonuniy 
huquq va manfaatlari buzilgan faktlari aniqlangan hollarda sudlarga va 
xo`jalik sudlariga tegishli davo arizalari bilan chiqadilar va ayblardan 
yetkazilgan moddiy va manaviy zararni undirish talabini qo`yadilar. 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda subyektlarning o`zaro 
raqobatini, sog`lom musobaqasini taminlash muhim ahamiyatga ega. Agar 
biror subyekt bozorda yakka-hokimlikka intilsa, u holda raqobat muhitiga 
putur yetadi. Shu sababli ham iqtisodiyotda antimonopol qonunchilik amal 
qiladi va barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar unga rioya qilishlari shart. 
O`z mohiyatiga ko`ra bozorlarda yakkahokimlikka yo`l qo`ymaslik 
choralari tadbirkorlikni huquqiy himoya qilish tizimining tarkibiy qismi 
bo`lib hisoblanadi. Bunday choralar jumlasiga bozorda ustun mavqega ega 
bo`lgan subyektni o`z tovarlari, xizmatlariga o`z xohishiga ko`ra narx 
belgilay olmasligi, yakkahokim sub-yektni majburiy tartibda bo`lib 
yuborish, insofsiz raqobat, yani g`irrom raqobatni (boshqa raqiblarni 
obro`siz-lantirish, ularning nomlari va tovar belgilaridan foy-dalanib, 
sifatsiz tovarlarni muomalaga kiritish, tovar bozorlarini taqsimlab olish 
niyatida til biriktirish va sh.k.) g`ayri qonuniy deb topilishi va unga qarshi 
belgi-langan sanksiyalar kiradi. Antimonopol qonunchilik bo-zorda 
sog`lom raqobat muhitini vujudga keltiradi va muayyan muvozanatni 
saqlab turadi. Bu esa barcha tad-birkorlik subyektlari manfaatlariga 
muvofiqdir. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin