Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


 §Tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

4 §Tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari 
Tadbirkorlar huquqiy munosabatlar subyektlari sifatida mavjud 
bo`lishi, uni faoliyat yuritishining asosiy sharti-uni malum huquqlarga ega 
ekanligi, huquq sohibi sifatida qonun tomonidan etirof etilishi hisoblanadi. 
Xuddi shu munosabat bilan “Huquq“ iborasining etimologik manosi 
haqida bir oz to`xtab o`tish maqsadga muvofiqdir. Huquq va huquq 
layoqati o`ziga xos uzviy iboralar hisoblanadi. Har qanday subyekt, shu 
jumladan tadbirkor huquq sohibi bo`lish uchun eng avvalo huquq 
layoqatiga ega bo`lish lozim. Huquq nazariyasi bo`yicha huquq layoqati 
insondan ajralmas, unga doimiy xos bo`lgan xususiyat bo`lib, inson butun 
umri davomida, yoshidan, salomatlik holatidan qati nazar huquq 
layoqatiga ega bo`ladi
1

Huquq layoqati o`z mohiyatiga ko`ra huquqlarga ega bo`lish va 
majburiyatlarni bajara olish qobiliyati hisoblanadi. “Huquq“ tu-shunchasi 
g`oyat keng manoda qo`llaniladigan tushunchadir. Yuridik adabiyotlarda 
uning o`nlab tarifi mavjud. Eng asosiy mezon-masalaga qaysi nuqtai 
nazardan, siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-huquqiy, ijtimoiy-huquqiy nuqtai-
nazardan turib yondashishga bog`liq. Biz uchun eng asosiysi sof huquqiy 
nuqtai nazardan “huquq“ tushunchasiga tarif berish hisoblanadi. Ushbu 
nuqtai nazardan olganda, “huquq-bu subyektga berilgan imkoniyat”, 
huquq-bu subyekt uchun mavjud er-kinlik, “huquq-bu subyektga berilgan 
ruxsatnoma” sifatidagi ananaviy qarashlar mavjud. Fuqarolik huquqida 
huquq elementlari tahlil etilganda, “huquq-bu subyektning vakolatlari 
majmui” sifa-tida ham talqin etiladi. Bu o`rinda masaladan biroz chetga 
chiqilsa ham “tabiiy huquqlar” va “taqdim etiladigan huquqlar” 
nazariyasiga to`xtab o`tish o`rinlidir. Tabiiy huquqlar nazariyasiga” ko`ra 
insonga tug`ilishidan xos bo`lgan huquqlar mavjud. Bu huquq davlat 
tomoni-dan unga berilmaydi, balki o`z-o`zidan mavjud bo`ladi, davlat bu 
huquqni tan olishga etirof etishga va unga rioya qilishga majbur. Bu 
huquqlar markazida insonni yashash huquqi, uning shaxsi, daxlsiz-ligi 
turadi. Davlat yoki boshqa har qanday ijtimoiy tuzilma bu huquqlarni 
cheklamaydi, uni olib qo`ya olmaydi. Shuni etirof etish lozimki, tabiiy 
huquqlar nazariyasi dunyoning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga, davlat va 
shaxs o`rtasidagi munosabatlarni belgilashga juda katta tasir ko`rsatadi. 
XVII-XVIII asrlarda shakllangan bu talimot sarchashmalarida Gugo 
Grasiy, J.Lilbern, J.Lokk, T.Jeferson, T.Peyn, J.J.Russo kabi mutafakkirlar 
turgan edi. 
1
Қaрaнг. Aлeксeев С.С. Oбшaя тeoрия прaвa. Т.2. -М., 1982. 141-б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu huquqiy talimot g`oyalari u yoki bu darajada ko`pgina 
mamlakatlar huquq meyorlarida o`z ifodasini topgan, shu jumladan 
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining inson va fuqarolar-ning 
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag`ishlangan ikkinchi 
bo`limida ham. 
Tabiiy huquqlardan farqli ravishda “taqdim etiladigan huquqlar” bu 
davlat tomonidan tegishli qonunlarda mustahkamlab qo`yish asosida 
insonlarga, fuqarolarga beriladigan huquqlar hisoblanadi. Davlatning 
demokratik mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi ushbu huquqlarni 
mazmunini, ko`lamini va taminlash darajasini belgilaydi. 
Xo`sh, tadbirkorlik huquqi o`z mohiyatiga ko`ra tabiiy huquqmi yoki 
taqdim etiladigan huquqmi? - degan savol tug`ilishi tabiiy. Bu savolga 
javob berish uchun birinchi galda tadbirkorlik subyekti nafaqat jismoniy 
shaxslar, balki yuridik shaxslar ham bo`lishi mumkinligini esdan 
chiqarmaslik, hisobga olish lozim bo`ladi. Yaqin o`tmishimizda huquq 
subyektlarini tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish imkoniyatlari 
amalda deyarli bo`lmaganligi, binobarin “tadbirkorlik davlat tomonidan 
yo`l qo`yiladigan yoki yo`l qo`yilmay-digan faoliyat turiga mansub 
ekanligi haqidagi g`oya” tadbirkorlikni tabiiy huquqlar turkumiga 
kiritishni inkor etadi. Biroq bozor mu-nosabatlariga asoslangan tizim 
mohiyatini tahlil etganda, bu tizim asosini, negizini tadbirkorlik tashkil 
etishini unutmaslik lozim. Tadbirkorlik subyekti, uning huquqlari mavjud 
bo`lmasa uning ob-yekti bo`lgan bozor munosabatlari ham mavjud 
bo`lmaydi. Demak, bo-zor munosabatlari tizimida tadbirkor-o`zining 
tabiiy huquqlariga ega, bu huquqlar bo`lmagan taqdirda tizim ham yashay 
olmaydi. Boshqa tomondan olganda jismoniy shaxs ko`p hollarda yuridik 
shaxsning o`zagini negizini, uning o`ziga xos “substrati”ni tashkil etadi. 
Binobarin, agarda insonni tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqi 
agarda u yoki bu darajada “tabiiy huquqi” sifatida xalqaro huquq 
meyorlarida eslatib o`tilgan bo`lsa, demak bu o`rinda muammo o`z-
o`zidan hal bo`lgan, yechimini topgan deb hisoblash mumkin bo`lar edi. 
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrida qabul qilingan 
“Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi”da insonning tadbirkorlik 
huquqi haqida bevosita norma mavjud emas. 
Biroq Deklarasiyaning 17-moddasida “Har bir inson yakka o`zi yoki 
boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish sohibidir”, 23-moddada 
esa “Har bir inson mehnat qilish, ishni o`z erki bilan tanlab olish huquqiga 
egadir. Har bir ishlayotgan odam o`zi va oilasi uchun munosib yashashni 
taminlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olish huquqiga egadir” deb 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko`rsatiladi. Ushbu huquqlar esa tadbirkorlik huquqlarining o`zagi, negizi, 
o`ziga xos “xamirturishi” hisoblanadi. 
BMTning Bosh Assambleyasi 1986 yilda “Iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar to`g`risida xalqaro Paktni qabul qildi. Ushbu Paktda 
ham “davlatlar mehnat huquqini etirof etadilar, ushbu huquq har bir 
kishining mehnat bilan tirikchilik uchun mablag` ish-lab topish 
imkoniyatini qamrab oladi” (6-moddasi, 1-qism), “davlat-lar har bir 
kishining o`zi oilasi uchun yetarlicha turmush darajasi bo`lish huquqini 
etirof etadilar, yetarlicha oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda 
turmush sharoitlarining muttasil yaxshilab berish shu jumlaga kiradi”. 
Davlatlar ushbu huquqni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko`radilar 
(2-modda, 1-qism)”
1
degan qoidalar mus-tahkamlab qo`yilgan. Ushbu 
meyorlar o`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra tadbirkorlik huquqi bilan 
uzviy bog`liqdir, chunki mehnat huquqi va daromad olish huquqini eng 
yuqori, o`z takomilligi va qiyomiga yetgan shakli-bu tadbirkorlik bilan 
shug`ullanish huquqi hisoblanadi. 
Xalqaro huquqda mustahkamlab qo`yilgan inson huquqlari 
doirasidan farqli ravishda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-
moddasida 
bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirish 
O`zbekis-ton 
iqtisodiyotining asosiy maqsadi ekanligi belgilab qo`yilgan va bunda 
davlat tadbirkorlik erkinligini kafolatlashi ham o`z ifoda-sini topgan. 
Bu o`rinda shuni ham takidlab o`tish o`rinliki, tadbirkorlik 
erkinligining konstitusiyaviy maqomga ko`tarilishi dunyoning eng 
rivojlangan mamlakatlari qonunchiligida ham kuzatilmagan va bi-nobarin 
u O`zbekiston huquq tizimining yuqori darajasidan darak beradi. 
Yuqorida tadbirkor huquq subyekti sifatida jismoniy shaxs va yuridik 
shaxs bo`lishi mumkinligi qayd etilgan edi. Biroq tadbirkorning huquqlari 
doirasini belgilashda birinchi galda jismoniy shaxsni nazarda tutish muhim 
ahamiyatga ega. Buni juda o`rinli deb hisoblash mumkin, chunki jismoniy 
shaxs har doim real mavjudod, yuridik shaxs formal va mavhum tuzilma. 
Shu nuqtai nazardan olganda tadbirkor-jismoniy shaxs huquqlari uning 
inson, shaxs, fuqaro sifatidagi huquq va erkinliklari bilan uzviy va 
chambarchas bog`liq ekanligini etirof etish lozim. Inson huquqlarining 
quyidagi turlari bevosita tadbirkor-jismoniy shaxs huquqlarining amalga 
oshirilishida muhim ahamiyatga ega: 
a) barcha shaxslarning qonun oldida tengligi; 
b) shan, qadr-qimmatini himoya qilinishi; 
1
Инсoн ҳуқуқлaри тўғрисидaги xaлқaрo Билл. -Т., “Aдoлaт”, 1992 йил. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


v) bir joydan ikkinchi joyga erkin ko`chish, O`zbekiston hududiga 
erkin kirish va undan chiqish; 
g) axborotlar izlash, olish va uni tarqatish; 
d) o`z huquqlari va manfaatlariga daxldor bo`lgan har qanday 
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish 
imkoniyatiga ega bo`lish; 
z) mulkdor bo`lish, ijtimoiy taminot olish va shu kabilar. 
Ushbu huquqlar O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18, 27, 
28 29, 30, 36, 39-moddalarida mustahkamlab qo`yilgan. Konstitusiyaning 
54-moddasida mulk huquqining mazmuni, uning asosiy elementlari, 
mulkdor vakolatlarining chegarasi aniq-ravshan belgilab qo`yil-gan va bu 
holat ham tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Tadbirkorning maxsus, o`ziga xos huquqlari uning tadbirkor 
sifatidagi huquqiy maqomi (maqsadini) tadbirkorlikning foyda (daromad) 
olish maqsadini ko`zlagan holda tavakkalchilik asosida tashabbuskorlik 
bilan faoliyat ko`rsatish belgilarida yaqqol ifodalanadi va ulardan bevosita 
kelib chiqadi. 
Tadbirkorlik eng muhim huquqlardan biri-bu yakka o`zi yoki boshqa 
xo`jalik yurituvchi subyektlar (yani, tovarlar ishlab chiqarish, sotish, xarid 
qilib olish, xizmatlar ko`rsatish va ishlar bajarish borasidagi faoliyati bilan 
shug`ullanuvchi korxonalar, davlat korxonalari va boshqa korxonalar, 
shuningdek ularning filiallari va vakolatxonalari, aksiyador jamiyatlari va 
boshqa xo`jalik jamiyatlari hamda shirkatlari, ittifoqlari, assosiyasiyalari, 
konsernlari, konsiorsiumlari, korporasiyalari va boshqa birlashmalari, 
qo`shma korxonalar, birjalar, banklar, sug`urta jamiyatlari, investitsiya, 
pensiya fondlari va boshqa fondlar, boshqa birlashmalar, shu jumladan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqarolar) bilan birgalikda 
korxonalar va tashkilotlarni vujudga keltirishga haqli ekanligi hisob-
lanadi.
Tadbirkorlik 
faoliyati 
erkinligining 
kafolatlari 
to`g`risi-dagi 
Qonunning 8-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlari-ning huquqlari 
belgilab qo`yilgan. Bu huquqlar mazmunan bevosita tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini tamin-laydi. Bu huquqlar 
majmui 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
asosiy 
tub 
vakolatlarini 
mustahkamlaydi. Mazkur huquqlarning birortasi istisno etilsa, u holda 
tadbirkorlik faoliyatini to`laqonli ravishda amalga oshirib bo`lmaydi. 
Qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlari quyidagicha 
belgilangan: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


1) tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq 
o`ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydala-nish, uni tasarruf 
etishga haqli. Bir qarashda bu go`yo barcha huquq subyektlariga tegishli 
bo`lgan huquq sifatida qaralishi mumkin. Aslini olganda ham O`zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi 36-moddasida hamma mulkdor bo`lishga haqli 
deb ko`rsatiladi. Biroq boshqa subyektlarning mulkdor bo`lish huquqi bu 
shunchaki potensial imkoniyat bo`lsa, bu huquqni amalga oshirish, bu 
subyekt uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Biroq tadbirkor uchun 
mulkdor bo`lish huquqi, mulkiy huquqlarni amalga oshirish huquqi, bu 
hayotiy zaruriyat bo`lib, busiz tadbirkorlik bilan shug`ullanish mumkin 
emas. Boshqacha aytganda tadbirkorlik faoliyati bu eng avvalo bu iqtiso-
diy faoliyatdir. Iqtisodiy faoliyat negizida esa mol-mulk yotadi.
Qonunda tadbirkorning o`ziga tegishli mol-mulk tushunchasini keng 
manoda talqin etish lozim. Shu sababli ham bunday mol-mulk tarkibiga 
moddiy obyektlar, qimmatbaho qog`ozlarga nisbatan mulk huquqi, 
shuningdek, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mutlaq huquqlar ham 
kiradi. Tadbirkorning muayyan mulkiy manfaatlar ko`rish imkoniyatini 
taminlovchi ashyoviy huquqlari, boshqa mulkiy huquqlari ham tadbirkorni 
mol-mulkka nisbatan huquqlar doirasiga kiradi. 
Tadbirkorning o`ziga tegishli mol-mulkka nisbatan mulkiy 
huquqlarni amalga oshirish qonunda, yani Konstitusiyada (54-modda), FK 
(2-bo`lim) va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslarda 
amalga oshiriladi. 
Mulk huquqining mazmuni FKning 164-moddasida mustahkamlab 
qo`yilgan. Unga asosan mulkdor o`ziga qarashli mol-mulkka:
a) o`z xohishiga ko`ra (yani, o`z erki-irodasi bilan, o`zi istagan 
holatda); 
b) o`z manfaatlarini ko`zlab (yani mulkdor tomonidan o`z mulkiy 
huquqlarini amalga oshirish motivasiyasi-bu huquqlar uning o`z moddiy 
yoxud manaviy qanoat-lanishi, naf ko`rishi uchun ro`y beradi. Masalan, 
o`zi yoki yaqinlarining jismoniy yoki boshqacha moddiy ehtiyojlarini 
qanoatlantirishga qaratiladi, hatto mulkdor o`z mol-mulkidan xayr-ehson 
qilgan taqdirda ham unda o`z insoniylik burchini bajarish manaviy 
manfaat amalga oshadi); 
v) egalik qilish (egalik qilish mulkdor tomonidan mol-mulkni o`z 
qo`lida, o`z ixtiyorida, o`z erki-irodasini tasiri doirasida, o`z boshqaruvida 
saqlab turishini anglatadi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi


g) undan foydalanish (mol-mulkdan foydalanish mol-mulk 
obyektlarini istemol qilish, uni foydali xususiyatlarini olish, ekspluatasiya 
qilishni anglatadi); 
d) uni tasarruf etish (mol-mulkni tasarruf etish, uni yuridik taqdirini 
belgilash, yani mulk huquqini o`zida saqlab qolish yoxud o`zidan 
begonalashtirish holatlarini anglatadi); 
ye) shuningdek, o`zining mulk huquqining kim tomonidan bo`lma-
sin har qanday buzilishni bartaraf etishni talab qilishi (mulkdor-ni o`z 
mulk huquqini himoya qilish FKning 228-moddasida ko`rsatil-gan 
vindikasion davosi asosida va 231-moddada ko`rsatilgan negator davo 
qo`zg`atish asosida amalga oshirish huquqiga ega. 
Mulk huquqini amalga oshirishda mulkdor tegishli mol-mulk 
obyektlaridan foydalanishi, ularni saqlash qoidalariga rioya qili-shi lozim. 
Tadbirkorlik subyekti bo`lgan yuridik shaxslar o`z mol-mulk-larini 
yuridik shaxs balans hujjatlarida aks ettirishlari shart. Yuridik shaxs 
tomonidan sotib olingan mol-mulk darhol balansga kiritilishi, sotib 
yuborilgan, nobud bo`lgan yoki boshqa tarzda begonlashtirilgan mol-mulk 
balansdan chiqarilishi lozim. 
2.Tadbirkor 
mustaqil 
ravishda 
ishlab 
chiqarish 
dasturini 
shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o`z mahsulotining 
(ishlari, xizmatlarining) istemolchilarini tanlash huquqiga ega. Malumki, 
hozirgi zamon tadbirkorlik ishlab chiqarish faoliyati juda murakkab 
jarayon. Bu jarayonda tadbirkor o`z faoliyatini g`oyat puxtalik bilan 
tashkil etishi rejalashtirilishi talab etiladi. Xom-ashyoni qayerdan oladi va 
kimdan oladi, qanday texnologiyani qo`llaydi, qanday mexanizmdan 
foydalanadi, ishlab chiqarishni qanday tashkil etadi, bularning hammasini 
tadbirkorlik subyekti, o`zi mustaqil ravishda belgilaydi. Bu ishlab 
chiqarish xo`jalik jarayoni bo`lib, hech kim tadbirkorlik subyektiga 
majburiy ko`rsatma, buyruq berishga haqli emas. Tadbirkor o`z ishlab 
chiqarishida, unga yordam beruvchi subyektlarni va ularni mahsulotlarini 
o`zi tanlaydi va ular bilan erkin shartnomaviy munosabatlarga kirishadi. 
Tadbirkor o`z mahsulotlari, xizmatlari va ishlarining istemolchilarini ham 
o`zi erkin ravishda tanlaydi va ular bilan ixtiyoriylik asosida shartnomalar 
tuzadi. Demak bu sohada tadbirkorga majburiy ko`rsatma berilishi 
mumkin emas. 
3. Tadbirkor tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad 
(foyda) olish va uni o`z ixtiyoriga ko`ra tasarruf etishga haqli (to-varlar, 
ishlar, xizmatlar bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari bundan mustasno). Bu huquq tad-birkorlarning eng 
www.ziyouz.com kutubxonasi


muhim huquqlaridan bo`lib hisoblanadi. Haqiqa-tan ham tadbirkorlik 
faoliyatidan ko`zlangan pirovard maqsad, bu foyda olish (daromad olish) 
boylik orttirish, moddiy manfaat ko`rish hisoblanadi. 
Odatda tadbirkorning daromadi (foydasi) deganda, ishlab chiqarish 
harajatlari va boshqa sarf-harajatlar, shuningdek majbu-riy to`lovlar, 
soliqlar, boj to`lovlari va shu kabilar chegirib tash-langandan keyin 
tadbirkor ixtiyorida qolgan sof foyda summasiga aytiladi. 
Umumiy qoida bo`yicha, bunday daromadlar hajmi, miqdori 
cheklanmaydi, bunday daromad pul ko`rinishida, valuta mablag`lari 
ko`rinishida, mol-mulk ko`rinishida bo`lishi mumkin. 
Tadbirkor bu daromadni, o`z ixtiyoriga ko`ra erkin tasarruf etadi, 
yani xohlasa, o`z istemoli uchun sarf qiladi, xohlasa ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga sarflashi mumkin, xohlasa xayr-ehson qilishi mumkin. 
Biroq, bazi tadbirkorlik subyektlari bozorda monopol ustun mavqega ega. 
O`zbekiston Respublikasini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 
cheklash va raqobat to`g`risida”gi 1996 yil 27 dekabrdagi Qonunida 
bozorda ustun mavqega ega bo`lgan subyekt holatiga tarif berilgan. Ushbu 
Qonunni 3-moddasiga asosan ustun mavqe-xo`jalik yurituvchi subyektning 
o`rnini bosuvchisi bo`lmagan tovar bozorida yoxud bir-birining o`rnini 
bosadigan tovarlar bozorida o`ziga (o`zgalarga) raqobatga hal qiluvchi 
tasir ko`rsatish, boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarning bozorga 
kirishini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini o`zga 
tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqesi, bozordagi 
ulushi 65 foiz va undan ziyodini tashkil etadigan xo`jalik yurituvchi 
subyektning mavqesi ustun mavqe hisoblanadi. 
Bozorda ustun mavqega ega bo`lgan tadbirkorlik subyektlarini 
oladigan daromadlari foydasini maksimal chegaralari davlatni vakolatli 
idoralari (monopoliyaga qarshi kurash qo`mitasi) tomonidan belgilab 
beriladi. Bozorda ustun mavqega ega bo`lgan tadbirkorlik subyektining bu 
borada 
cheklanishi 
eng 
avvalo 
istemolchilarni, 
xaridorlarning 
manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutadi. Aslini olganda bozorda ustun 
mavqega ega bo`lgan subyektning huquqini cheklash, adolat va insof 
nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. 
4. Tadbirkorlik subyekti o`z mahsulotini (ishlari, xizmatlarini) ishlab 
chiqarishlarini bozor konyukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda 
belgilanadigan narxlar va tariflar bo`yicha yoki shartnoma asosida 
realizasiya qilishga haqli (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno). Odatda bozor tizimi sharoitida narx-navo talab va taklif 
asosida belgilanadi. Bozorning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tadbirkor o`z mahsuloti (xizmati)ga bahoni o`zi bir taraflama belgilaydi va 
bu holda ushbu bahoga rozi bo`lgan istemolchi qo`shilish shartnomasi 
orqali (FKning 360-moddasi) tadbirkor bilan huquqiy munosabtga 
kirishadi. Baho belgilashni boshqa usulida esa baho tadbirkor bilan 
istemolchi o`rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi. Odatda mamuriy yo`l 
bilan narx-navoni belgilashga yo`l qo`yilmaydi. Davlat narx-navo 
darajasiga asosan iqtisodiy usullar orqali tasir etadi. Ayni vaqtda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tovarlar, xizmatlar, ishlar bahosi 
davlatning vakolatli idorlari tomonidan belgilanishi mumkin. Masalan, 
tabiiy monopoliya subyektlari mahsulotlari (xizmatlariga), bozorda ustun 
mavqega ega bo`lgan subyektlar tovarlari (xizmatlari)ga, bazi qishloq 
xo`jalik mahsulot-larini davlat buyurtmasi bo`yicha xarid qilishda va h.k. 
(bu haqda batafsil ushbu darslikning XV bobiga qaralsin). 
5.Tadbirkorlik faoliyati subyekti binolar, inshootlar, uskunalar va 
boshqa mol-mulkni olishi va (yoki) ijaraga olishi, shu jumladan lizing 
yo`li bilan olishga haqli. Tadbirkor o`z faoliyati uchun zarur bo`lgan 
barcha zarur vositalarni oldi-sotdi shartnomasi orqali o`ziga mulk sifatida 
xarid qilib olishi mumkin. Eng asosiysi bu vositalar fuqarolik 
muomalasidan chiqarilmagan bo`lishi lozim. Ayni vaqtda fuqarolik 
qonunlarida oldi-sotdi shartnomasi umumiy qoidalari bilan, ayrim mol-
mulk obyektlarini sotib olishni o`ziga xos xususiyatlari belgilab qo`yilgan. 
Masalan, ko`chmas mulkni sotib olish (FKning 479-488-moddalari), 
korxonani sotib olish (FKning 489-496-moddalari). Binobarin, tadbirkor 
ushbu belgilangan qoida-larga rioya qilgan holda turli mol-mulk 
obyektlarini sotib olishga haqli. Qonunda binolar, inshootlar, uskunalarni 
lizing (moliya ijarasi) orqali olish huquqiga ham alohida urg`u beriladi. Bu 
bejiz emas albatta. Lizing biz uchun nisbatan yangi shartnoma turi bo`lsa 
ham, u rivojlangan mamlakatlarda keng qo`llaniladi. Lizingni afzalligi 
shundaki, yangi texnika, uskunalarni sotib olishga imkoni bo`lmagan 
tadbirkorlik subyekti (lizing oluvchi) uchun boshqa bir subyekt, masalan 
tijorat banki (lizing beruvchi) o`z mablag`i hisobi-dan lizing shartnomasi 
asosida yangi texnika, uskuna sotib olib beradi va unga egalik qilish, 
foydalanish uchun topshiradi. Lizingning kreditdan afzalligi shundaki 
bunda lizing oluvchi o`z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda lizing 
narsasini (uskunani) o`ziga qaytarib oladi, binobarin uni tavakkal qilish 
darajasi ancha past. Kreditda esa olingan kredit mablag`i umuman yo`q 
bo`lib ketish tavakkali mavjud va bunday hollarda kreditni qaytarish 
ehtimoli har doim ham mavjud bo`lmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lizing shartnomasi lizing oluvchi uchun ham g`oyat foydali. U eng 
yangi texnikani o`z ishlab chiqarishida darhol qo`llash va natijada 
samaradorlik foydani oshirishga imkon beradi. Agarda o`zi bu texnikani 
sotib olish uchun pul to`plaganda ancha vaqtdan yutqazgan bo`lur edi. 
Lizing bo`yicha munosabatlar FKning 587-599-moddalarida va lizing 
to`g`risidagi maxsus qonun bilan tartibga solinadi. 
Tadbirkorning eng muhim huquqlaridan biri-bu tadbirkor tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag`larini ixtiyoriy asoslarda jalb 
etish hisoblanadi. 
Boshqalarning mol-mulkini jalb etish haq to`lash evaziga (masalan, 
ijara) va tekin (masalan, ssuda) amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
tadbirkor bilan mol-mulk sohibi o`rtasida shartnoma tuziladi. 
Odatda boshqalarning mol-mulkidan foydalanishning eng keng 
tarqalgan shakli ijara hisoblanadi. Ijara asosida ijaraga beruvchi mol-
mulkni ijaraga oluvchiga haq evaziga vaqtincha egalik qilish va 
foydalanish uchun topshiradi. Ijara predmeti bo`yicha qonunda mulk 
ijarasi (FKning 585-557-moddalari), prokat (FKning 558-563-mod-dalari), 
transport vositalari ijarasi (FKning 564-572-moddalari), binolar va 
inshootlar ijarasi (FKning 573-578-moddalari), korxo-nalarni ijaraga olish 
(FKning 579-586-moddalari), lizing, yani moliyaviy ijara (FKning 587-
599-moddalari), uy-joy ijarasi (FKning 600-616-moddalari) kabi ijara 
turlari farqlanadi. 
Umumiy qoida bo`yicha ijara shartnomasi predmeti sifatida yer, 
boshqa tabiiy resurslar bo`lganda tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi.
Ijara shartnomasida ijara predmeti, uning qiymati, ijara haqi, ijara 
muddati, taraflarning huquq va majburiyatlari, ijara predmeti, foydalanish 
shartlari va tartibi, ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash, yomonlashtirish 
oqibatlari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi 
va shu kabi holatlar nazarda tutilishi mumkin. 
Ijara predmetiga, ijara muddati va summasiga qarab ijara 
shartnomalar bazi hollarda nafaqat yozma tuzilishi, balki u notarial 
guvohlantirilishi va davlat ro`yxatidan o`tkazilishi ham talab etiladi, 
masalan korxonani ijaraga olishda (FKning 586-moddasi) ijara 
tadbirkorlik munosabatlarida keng qo`llaniladi. Ijara orqali tadbirkor o`zi 
sotib olishga qurbi yetmaydigan, biroq o`ziga zarur bo`lgan mol-mulkni 
yoxud o`ziga faqat vaqtinchalik zarur bo`lgan mol-mulkni foydalanish 
uchun olish, o`z ehtiyojlarini qanoatlan-tirish imkoniga ega bo`ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bazi hollarda tadbirkor boshqa shaxslarni mol-mulkini renta to`lab 
turish sharti bilan foydalanishga olishi mumkin. Renta munosabatlari 
FKning 512-529-moddasi bilan tartibga solinadi. 
Birovlarning mol-mulkidan tekin foydalanish ham o`zining huquqiy 
asoslariga ega. Tadbirkor o`z faoliyatida boshqalarni mol-mulkini tekin 
foydalanishga olgan taqdirda FKning 617-630-moddasida belgilangan 
qoida-larga rioya qilishi shart. 
Tadbirkor boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni pul mablag`larini 
ham ixtiyoriy asoslarda o`z faoliyatini amalga oshirishda jalb etishga haqli. 
U quyidagi shakllarda ro`yobga chiqarishi mumkin: 
a) qimmatbaho qog`ozlar chiqarish va sotish; 
b) qarz va kreditlar olish. 
6. Tadbirkorlik faoliyati subyekti belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy 
faoliyat bilan shug`ullanishga haqli. 
O`zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining to`la huquq-li azosi 
bo`lgan ochiq davlat. Mamlakatimiz dunyo bozorida o`z mav-qega ega 
bo`lishga intilmoqda. Binobarin, tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi 
iqtisodiy munosabatlarga keng yo`l ochiq. Tashqi iqtiso-diy munosabatlar 
orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsu-lotlar chet davlatlarga 
chiqariladi, respublikamizga chet el investi-siyasi kirib keladi, eng yuqori 
texnika va texnologiyadan foydalanish imkoniyatlari vujudga keladi. Davr 
shiddati va rivoji turli tadbirkorlik subyektlari o`rtasida xalqaro aloqalarni 
yo`lga qo`-yishni talab etadi. Iqtisodiy sohadagi biqiqlik va mahdudlik oxir 
oqibatda taraqqiyotdan chetda qolishga va tanazzulga olib keladi. 
Ayni vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishning muayyan 
tartibi mavjud va u mamlakat ichki tadbirkorlik muomalasi tartibidan farq 
qiladi. Bu farqning mavjudligi turli mamlakatlarda turli xil qonunlarning 
amal qilishi, subyektlarni huquqiy maqomi va bitimlar tuzish va ijro etish 
bo`yicha o`ziga xos tartib qoidalar mavjudligi bilan bog`liq. Ayni vaqtda 
davlatning iqtiso-diy xavfsizligi, o`ziga xos manfaatlarga ham tashqi 
iqtisodiy munosabatlarni o`ziga xos tartibini belgilanishini taqazo etadi. 
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy munosabatlar “Tashqi iqtiso-diy 
faoliyat to`g`risida”gi Qonun (2000 yil 26 mayda qabul qilingan) bilan 
tartibga solinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O`zbe-kiston 
Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning 
yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro 
foydali iqtisodiy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati 
tushuniladi. O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olingan yuridik 
shaxslar, shuningdek O`zbekiston Respublikasining hududida doimiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


yashash joyiga ega bo`lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatga 
olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga 
haqlidirlar (Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonunning 3-moddasi). 
Binobarin avvalgi tartibdan farqli ravishda hozir tashqi iqtisodiy faoliyat 
bilan shug`ullanish uchun maxsus ro`yxatdan o`tish talab etilmaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etuvchi tadbirkor qonun hujjatlari 
doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil 
belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o`z xohishiga 
ko`ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan 
tartibda jalb etish, tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan, 
milliy va chet el valutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq 
mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga 
haqli. Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblangan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatli qog`ozlar, 
valutalar va valuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi, energiyaning 
boshqa turlariga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga 
nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin (tashqi 
iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan 
tovarlar bundan mustasno). 
Ayni paytda tashqi iqtisodiy faoliyat muayyan manoda davlatni 
iqtisodiy va siyosiy manfaatlari bilan bog`liq. Shu sababli ham hech qaysi 
davlat bu faoliyatga nisbatan befarq qarab tura olmaydi. Binobarin, tashqi 
iqtisodiy faoliyatda muayyan cheklashlar mavjud. 
Masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonunda eksport 
importni cheklash asoslari va tartibi, dempinga qarshi kurash choralari 
mustahkamlab qo`yilgan (bu haqda ushbu darslikni 9-bobida mufassal 
to`xtab o`tilgan). 
Yuqoridagi 
huquqlardan 
tashqari 
tadbirkorlik 
faoliyatining 
subyektlari garchi tadbirkorlik faoliyati erkinligi to`g`risidagi qonunda 
alohida ajratib ko`rsatilmagan bo`lsa ham lekin boshqa qonun hujjatlarida 
mustahkamlab qo`yilgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda 
nihoyatda zarur bo`lgan boshqa qator huquq va erkinliklarga egadir. 
Tadbirkorlar ham ijtimoiy taminot va ijtimoiy sug`urta-lanish 
huquqlariga egadirlar. 
Malumki, ijtimoiy taminot huquqi O`zbekiston Respubli-kasi 
Konstitusiyasining 39-moddasida bevosita mustahkamlab qo`yilgan: “Har 
kim 
qariganda, 
mehnat 
qobiliyatini 
yo`qotganda, 
shu-ningdek 
boquvchisidan mahrum bo`lgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda ijtimoiy taminot olish huquqiga ega”. Tadbirkor-lik faoliyati bilan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


shug`ullanilgan davr belgilangan tartibda mehnat stajiga kiritiladi. 
Tadbirkor qariganda qarilik pensiyasi olishga, mehnat qobiliyatidan 
kasallik sababli qisman yoki butunlay mahrum bo`lganda nogironlik 
pensiyasi olishga, vaqtinchalik betobligida nafaqa olishga haqli bo`ladi. 
Biroq bu huquqlar o`z o`zidan amalga oshmaydi. Buning uchun tadbirkor 
pensiya jamg`armasiga ajratmalarni o`z vaqtida to`lab turishi lozim. Bu 
holda tadbirkorlik bilan shug`ullanilgan davr pensiya olish huquqini 
beruvchi mehnat stajiga kiritiladi. 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanilgan davr haqida yozuv 
tadbirkorning mehnat daftarchasiga tadbirkorni ro`yxatga olgan organ, 
masalan tuman hokimligi tomonidan kiritilishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasiga 
asosan barcha xodimlar davlat yo`li bilan ijtimoiy sug`urta qili-nishlari 
lozim. Davlat ijtimoiy sug`urtasi uchun ish beruvchilar (binobarin 
tadbirkorlar ham), shuningdek sug`urtalangan xodimlarning o`zlari ham 
bazan to`laydilar. Sug`urta badallarini miqdori, to`lash tartibi, bu 
mablag`lardan foydalanish tegishli meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. 
Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha sug`urta qilingan xodimlar, 
tegishli hollarda esa ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sug`urtasi 
mablag`lari hisobidan: 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa bundan 
tashqari; 
bola tug`ilganda beriladigan nafaqalar; davlat tomonidan be-riladigan 
qarilik, nogironlik va boquvchisini yo`qotganlik pensiya-lari. Qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to`lovlar bilan taminlantiriladilar. 
Davlat ijtimoiy sug`urtasi mablag`laridan sanatoriy-kurortlarda davolanish, 
dam olish, sug`urtalangan xodim-larning shifobaxsh (parhez) taomlari 
uchun haq to`lash, bolalarni sog`lomlashtirish lagerlarini taminlash turish, 
davlat ijtimoiy sug`urtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan 
tartibda foydalaniladi. 
Tadbirkorlik tavakkalchilik bilan bog`liq bo`lgani sababli tadbirkor 
o`zini mol-mulkini, shuningdek faoliyatini har xil tabiiy ofatlar, 
favqulodda hodisalar muvaffaqiyatsizliklardan sug`urta qildirish mumkin. 
Biroq bu ijtimoiy sug`urta hisoblanmaydi, FKning 914-961-moddalari 
bilan tartibga solinadi. 
O`zini ijtimoiy sug`urta qilishdan bosh tortgan, bo`yin tovlash va 
sug`urta to`lovlarini to`lamaslik tadbirkorning ijtimoiy tami-not olish 
huquqini qiyinlashtiradi. Biroq bunda ham tegishli shart-lar mavjud 
bo`lganida u ijtimoiy pensiya olish huquqini yo`qot-maydi. Tadbirkor 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan ish beruvchi sifatida davlat ijtimoiy sug`urtasi uchun badal 
to`lamaganligi tadbirkor korxonasida yollanib ishlayotgan xodimlarni 
davlat ijtimoiy sug`urtasi mablag`lari hisobidan tminlanish huquqidan 
mahrum etmaydi (O`zbekiston Res-publikasi Mehnat kodeksining 283-
moddasi 2-qismi). Tadbirkor xo`jalik munosabatlarini subyekti sifatida 
doimiy ravishda boshqa har xil subyektlar bilan doimiy o`zaro 
munosabatda bo`ladi. Bunday o`zaro munosabatlar har doim silliq 
ketavermaydi. Ko`p hollarda ni-zoli, bahsli holatlar vujudga keladi. Mana 
shunday holatlarda tad-birkor o`z huquqlarini himoya qilishlari uchun real 
imkoniyatlarga ega bo`lishi shart. Bunday imkoniyat qonunning 7-moddasi 
8-qismida o`z ifodasini topgan. Bunga asosan tadbirkor yoki u vakil qilgan 
shaxslar xo`jalik yurituvchi boshqa subyektlarning har qanday xatti-
harakatlari va tadbirkorga qilayotgan davatlari hamda belgilangan tartibda 
beriladigan jazo choralari xususida bahslashishga haqli-dirlar (qonunlarga 
muvofiq hech so`zsiz qo`llaniladigan choralar bun-dan mustasno). 
Tadbirkorning xo`jalik munosabatlarining boshqa subyektla-ri bilan 
bo`ladigan nizomi huquqiy munosabatlarni hal etish tarti-bi xo`jalik 
prosessual va fuqarolik-prosessual qonunlarda belgi-lab qo`yilgan. 
“Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar o`rtasidagi, shuningdek, tadbirkor-lar o`rtasidagi, iqtisodiyot 
sohasida va uning boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo`jalik 
nizolarini hal etish Oliy Xo`jalik su-di va xo`jalik sudlari tomonidan 
ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi (XPK 3-moddasi). 
Tadbirkor o`zining buzilgan yoki davo qilayotgan huquqlarini yoxud 
qonuniy manfaatlarini himoya etishni so`rab sudga murojaat qilishga haqli 
va bu huquq qonun tomonidan kafolatlanadi. Hech kim tadbirkordan bu 
huquqdan foydalanmaslikni talab eta olmaydi, hatto bunga tadbirkorni 
majbur qilgan taqdirda ham u haqiqiy hisoblanmaydi. 
Nizolar sudlarda xo`jalik yurituvchi subyektlarni kimligidan, qaysi 
mulk shakliga mansubligidan qati nazar sud va qonun oldida tengligi 
asosida ko`riladi.
Malumki, har qanday huquq qarshisida malum burch yotadi. Faqat 
huquqlarga ega subyekt o`ziga xos diktatorga aylanib qolgan-day, faqat 
zimmasida burchlar bo`lgan shaxsni quldan hech qanday farqi yo`q. 
Binobarin, huquq va majburiyatlar birligi subyektni o`z manfaatlari bilan 
ijtimoiy manfaatlar o`rtasida o`zaro muvozanat yaratadi, ularni 
uyg`unlashtiradi.
Majburiyatlarning mohiyati shundan iboratki, bunda huquqiy 
tartibning talabi bo`yicha u zimmasiga yuklangan shaxs malum 
www.ziyouz.com kutubxonasi


harakatlarni sodir etish yoxud muayyan harakatlarni sodir etishdan o`zini 
tiyishi shart bo`ladi. Bunday majburiyatlarning kimning manfaatini 
ko`zlab belgilanganligi ahamiyatga ega emas. 
Qonunlarda tadbirkor zimmasiga yuklangan majburiyatlar belgilab 
qo`yilgan. Tadbirkor birinchi navbatda amaldagi qonunlardan hamda o`zi 
tuzgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi, 
ularga rioya qilishi lozim. 
Qonun tomonidan nazarda tutilgan majburiyatlar deyilganda, 
amaldagi qonunlarda va qonun osti hujjatlarida belgilab qo`yilgan va rioya 
qilinishi shart bo`lgan xatti-harakatlar qoidalari tushuni-ladi. Majburiyatlar 
o`z xarakteriga ko`ra umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. Qonunlarda 
nazarda tutilgan umumiy majburiyatlar barcha uchun taalluqli bo`ladi. 
Masalan, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konsti-tusiyasining 
48-52-
moddalarida mana shunday umumiy majburiyatlar o`z ifodasini topgan: 
Konstitusiyaga va boshqa qonunlarga rioya qilish; 
boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari, shani va qadr-qimmatini 
hurmat qilish; 
atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish; 
Qonun belgilagan soliqlar, mahalliy yig`imlarni to`lash va h.k. 
Qonunlarda belgilab qo`yilgan umumiy majburiyatlar doirasi 
nihoyatda keng va xilma xildir va bu haqda mufassal to`xtab o`tish ushbu 
darslik mavzusi doirasidan tashqari chiqadi. Tadbirkor rioya qilishi shart 
bo`lgan umumiy majburiyatlar jinoyat, fuqarolik, mamuriy, mehnat 
qonunlari va shu kabilarda o`z ifodasini topgan. Ayni vaqtda tadbirkor 
zimmasiga maxsus majburiyatlar ham yuklan-gan. Qonunlarda belgilab 
qo`yilgan maxsus majburiyatlar doirasi hammaga taalluqli bo`lmasdan, 
faqat tadbirkorlarga va tadbirkorlik faoliyatini ayrim sohalari bilan 
shug`ullanuvchi shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Bunday majburiyatlar 
ko`lami va turlari ham nihoyatda keng va rang-barangdir. Bunday 
majburiyatlar eng avvalo tadbirkor shaxs, tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish, yuritish va boshqa subyektlar bilan bo`lgan munosabatlarga 
bog`liqdir. Masalan, “Fao-liyatni yollanma mehnatni talab qilgan holda 
amalga oshirayotgan xu-susiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida ish ko`rdi va 
korxonani ro`yxatdan o`tkazishga majbur. Xususiy korxona tomonidan 
ishlab chiqarilgan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchi-
ning faoliyati, buyumlarning nomi yoki ramzi, buyumni ifodalovchi 
boshqa malumotlar ko`rsatilib albatta markirovka qilinishi kerak” 
(O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Ni-
zomning 1, 19-bandlari). 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tadbirkorning eng muhim majburiyatlari orasida soliqlar va mahalliy 
yig`imlar to`lash alohida o`rin egallaydi. Soliq to`lash bilan bog`liq 
munosabatlar 1997 yil 27 aprelda qabul qilingan va 1998 yil 1 yanvardan 
boshlab kuchga kiritilgan Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. 
Mamlakatimizda soliqlar tizimi umumdavlat davlat soliqlari va mahalliy 
soliqlar va yig`imlardan iboratdir.
Tadbirkorlik 
faoliyati 
erkinligining 
kafolatlari 
to`g`risi-dagi 
Qonunning 
9-moddasida 
tadbirkorlik 
faoliyati 
subyektlari-ning 
majburiyatlari belgilab qo`yilgan. Bunday majburiyatlar jum-lasiga 
quyidagilar kiradi: 
1) Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`zlari tuzgan shartno-malardan 
kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari shart. Tad-birkorlik subyekti 
tomonidan ushbu majburiyatga rioya qilish uning o`zi uchun ham butun 
jamiyat uchun ham muhim ahamiyatga ega. Agarda bo-zor tizimida turli 
tadbirkorlik subyektlari o`rtasidagi iqtisodiy mulkiy munosabatlar 
shartnomalar orqali rasmiylashtirilishini etiborga olsak bu holat yaqqol 
namoyon bo`ladi. Tadbirkorlik subyektlarini shartnoma bo`yicha 
majburiyatini bajarmasligi tadbirkorni o`zi uchun ham va boshqa kishilar 
uchun ham jiddiy salbiy oqi-batlar, noqulaylik keltirib chiqaradi. 
Boshqacha aytganda bu holat aholini ayrim tovarlar, xizmatlar, ishlarga 
bo`lgan ehtiyojini yetar-li darajada qanoatlantirmaslikka olib keladi. 
Demak iqtisodiy farovonlikka salbiy tasir ko`rsatadi. Eng yomoni 
tadbirkorlar 
o`rtasida 
o`zaro 
ishonchsizlik, 
masuliyatsizlik 
va 
nobarqarorlikni vujudga kelishiga olib keladi. Xuddi shu sababli ham bu 
majburi-yatlarni buzganlik uchun FKda belgilangan javobgarlikdan 
tashqari “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini shartnomaviy-huquqiy 
bazasi to`g`risida”gi qonunda va boshqa qonun hujjatlarida tegishli 
javobgarlik choralari belglangan. Tadbirkorlik faoliyatini sub-yekti 
shartnoma bo`yicha majburiyatini bajarganda shartnoma shartla-riga va 
qonun hujjatlari talablariga to`liq rioya qilishlari lozim. Odatda umumiy 
qoida bo`yicha majburiyatlarni bajarishdan bir to-monlama bosh tortish va 
shartnoma shartlarini bir tomonlama o`zgar-tirishga yo`l qo`yilmaydi. Bazi 
tadbirkorlik shartnomalarida shartnoma bo`yicha ijroni guvohlantirish 
tartibi mavjud. Masalan, kapital qurilishda pudrat shartnomasi bo`yicha 
qurilgan obyektni qabul qilib olinganligi to`g`risidagi dalolatnoma, 
mahsulotni, ashyoni qabul qilib olinganligi to`g`risida hujjat va hokazo; 
2) Tadbirkorlik subyekti xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena 
va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari shart. Bu 
tadbirkorlik subyektini o`z faoliyatida doimiy ravishda amal qilishi lozim 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo`lgan majburiyatidir. Tadbirkorlik faoliyati-da rioya etish lozim bo`lgan 
xavfsizlik qoidalari keng qamrovli tu-shunchadir. Uning mohiyati shundan 
iboratki tadbirkorlik faoliyati-ni amalga oshirish tadbirkor tomonidan 
ishlab chiqarilgan, tovar-lar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, 
tevarak atrofdagilar uchun va istemolchilar uchun xavfsiz bo`lishi, 
ularning hayoti, sog`lig`i, mol-mulki uchun hech qanday xavf 
tug`dirmasligi lozim. Ay-ni vaqtda tadbirkor ekologiya talablariga rioya 
qilishi, yani teva-rak-atrofni, tabiatni, tabiiy resurslarni ifloslantirmasligi, 
za-rar yetkazmasligi va mavjud muvozanatni salbiy tomonga o`zgartir-
masligi shart. 
Sanitariya 
qoidalarini 
belgilashdan 
pirovard 
maqsad 
aholi 
salomatligiga, zararli tasir ko`rsatish holatlarni va yuqumli kasalliklarni 
oldini olish hisoblanadi. Sanitariya qoidalari insonni qulay atrof muhit 
sharoitlariga ega bo`lish huquqini amalga oshirishini muhim kafolatidir. 
Sanitariya talablari tadbirkorlik subyektlarini barchasi uchun muhim 
majburiyat bo`lib hisoblanadi. Bu majburiyat aholini keng qatlamlariga 
xizmat ko`rsatuvchi tadbir-korlik subyektlari tomonidan bajarilishi ustidan 
davlat sanato-riya nazorati to`g`risida maxsus qonun mavjud gigiyena 
talablari ham sanitariya talablari bilan uzviy bog`liq gigiyena talablari 
asosida tadbirkorlik subyektlari o`z faoliyatini amalga oshirishda 
istemolchilar, tevarak atrof uchun ozodalik, tozalik, qulaylikni va yuqori 
sifatli xizmat madaniyatini taminlashga qaratilgan qoida-lar yotadi. 
Umumiy ovqatlanish, madaniy-maishiy tadbirkorlik sub-yektlari uchun 
malum gigiyena qoidalariga rioya qilish muhimdir. 
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari tadbirkorlik subyekti-ga yollanib 
ishlayotgan xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sha-roitlarini yaratib 
berish, xavfsizlik texnikasi anjomlarini shay qilib qo`yish, ishlab 
chiqarishda 
baxtsiz 
hodisalarga 
yo`l 
qo`ymaslik-ni 
taminlashga 
yo`naltiriladi. 
Tadbirkor tomonidan xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va 
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish nafaqat ijtimoiy 
manfaatlarga, balki tadbirkorning o`z manfaatlari va istemolchilarning 
manfaatiga ham xizmat qiladi. Xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena 
va mehnatni muhofaza qilish qoidalari tegishli qonunlarda, qonun 
hujjatlarida mustahkamlab qo`yiladi. Ayrim tarmoqlar, sohalarda faoliyat 
yuritish xususiyatlaridan kelib chiqqan mahalliy davlat hokimiyat va 
boshqaruv idoralari ham o`z vakolatlari doirasida yuqoridagi qoidalarni 
belgilashga haqli. Tadbirkorlik o`z faoliyatini boshlashdan oldin subyekt 
ushbu qoidalar-dan xabardor bo`lmog`i shart. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


3) Tadbirkorlik faoliyatining subyekti yollash asosida jalb etilgan 
xodimlar bilan o`z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart. Mehnatga haq 
to`lash tartibi, shartlari O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-
bobida belgilab qo`yilgan. Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan 
xodim o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun 
hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas 
va uning eng ko`p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi (MKning 153-
moddasi). Ish beruvchi (tadbirkor) o`zining moliyaviy holatidan qati nazar 
yollangan xodimga bajargan ishi uchun haqni o`z muddatida to`lashi 
lozim. Bu muddat jamoa shartnomasida yoxud boshqa hujjatda belgilanadi 
va har yarim oyda bir martadan kam bo`lishi mumkin emas. Xodimlarga 
ish haqi, odatda, ular ishlayotgan joyda to`lanadi. 
4) Tadbirkorlar faoliyatining subyekti realizasiya qilinadigan tovarlar 
uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo`lishlari shart. 
Sertifikat tovarlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi 
hujjat hisoblanadi. Sertifikatlash-tirishdan maqsad odamlarning hayoti, 
sog`lig`i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof-muhit 
uchun xavfli bo`lgan mahsulotlar realizasiya qilishini nazorat qilib borish, 
istemol-chining manfaatlarini himoya qilish tovar ishlab chiqaruvchi takid-
lagan sifat ko`rsatkichlarini tasdiqlash hisoblanadi. Muayyan tovar-larga 
nisbatan (oziq-ovqat, dori-darmon va boshqalar) majburiy ser-
tifikatlashtirish 
belgilanadi. 
Sertifikatlashtirish 
majburiy 
bo`lgan 
mahsulotlar ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tasdiqlaydi. Majburiy sertifikatlashtirish meyoriy sertifikatlashtirish 
meyoriy hujjatlarning talablariga muvofiq mahsulot xususiyatini aniqlash 
uchun uni sinashni sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va 
nazoratni o`rnatishni o`z ichiga oladi. Sinovlar akkreditasiya qilingan 
sinov laboratoriyalari (markazlar) tomonidan haq evaziga amalga 
oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan ammo muvofiqlik 
sertifikatiga ega bo`lmagan mahsulotni targ`ib qilish, reklama qilish, sotish 
man etiladi. Majburiy sertifikatlashtirishi lozim bo`lgan mahsulotlar 
sertifikatlashtirishga 
taqdim 
etilmagan 
bo`lsa, 
sertifikatlashtirish 
talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o`tmagan 
bo`lsa, sertifikatni amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi 
to`xtatib qo`yilgan bo`lsa O`zbekiston Respublikasi hududida realizasiya 
qilinishi mumkin emas. O`zbekis-ton Respublikasining 1993 yil 28 
dekabrda qabul qilingan “Mahsu-lotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to`g`risida”gi qonunning 13-moddasida tadbirkorlarning tovarlarni 
majburiy sertifikat-lashtirish vaqtidagi majburiyatlari belgilab qo`yilgan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Unga asosan majburiy sertifikatlashtirishi lozim bo`lgan mahsulotlarni rea-
lizasiya qiluvchi tadbirkorlar; 
Majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo`lgan 
mahsulotni 
sertifikatlashtirishga taqdim etishlari; 
Sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining o`zi yoki ular 
etirof etgan organlar bergan sertifikat mavjud bo`l-gan taqdirdagina 
realizasiya qilishlari va uning normativ hujjat-lar talablariga mos bo`lishini 
taminlashlari; 
Sertifikatlangan mahsulotni, basharti u normativ hujjat talablariga 
muvofiq kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan 
yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish organining qarori bilan 
to`xtatib qo`yilgan yoki bekor qilingan bo`lsa, realizasiya qilishni to`xtatib 
qo`yishlari yoki tugatishlari; 
Majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo`lgan 
mahsuloti-ni 
sertifikatlashtiruvchi va sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi 
organlarning mansabdor shaxslari o`z vakolatlarini moneliksiz bajarishlari 
uchun sharoit yaratishlari; 
Sertifikatlangan 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishning 
texnikaviy 
hujjatlariga yoki texnologik jarayoniga kiritilgan o`zgartirishlar haqida 
sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor etishlari; 
Ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim 
bo`lgan sertifikatlashtirish to`g`risidagi malumotlarni ham-da normativ 
hujjatlarini ko`rsatishlari va bu malumotlar iste-molchilar xaridor
buyurtmachi) etiboriga yetkazilishini tamin-lashlari shart. 
6) Tadbirkorlik faoliyatining subyekti buxgalteriya, tezkor va 
statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari shart. 
Buxgalteriya hisoboti yuritishdan maqsad tadbirkorlarni o`z vaqtida 
to`liq hamda aniq moliyaviy holati to`g`risida malumotlarni shakllantirish 
hisoblanadi. “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi 
qonunini (Ushbu qonun 1996 yil 20 avgu-sida qabul qilingan). Qonunni 3-
moddasiga asosan barcha tadbirkor-lar qonun hujjatlarida nazarda tutgan 
tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya moliya hisobotini 
taqdim etadi. Buxgalteriya hisobotini tartibga solish buxgalteriya hisob 
stan-dartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O`zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hiso-boti 
qonun 6-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari belgilab 
qo`yilgan. Unga asosan buxgalteriya hisobi ikki yoqlama yozuv usulida 
yuritilishi, uzluksiz yuritilishi xo`jalik operasiyalari, aktiv va passivlar 
pulda baholanishi lozim va hokazo. Buxgalteriya hisobi hisobotini tashkil 
www.ziyouz.com kutubxonasi


etishni korxona raxbari, yakka tadbirkor amalga oshiradi. Bunda 
buxgalteriya hisobi to`la va aniq yuritilishi va hisob-kitob hujjatlari 
saqlanishi shart. Hujjatlar boshlang`ich rekvizitlari quyidagilardir: 
1) korxona, muassasaning nomi; 
2) hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy xo`jalik 
operasiyasining nomi, mazmuni va miqdor o`lchovi (natura holatda va 
pulda ifodalangan holatda) masul shaxslarning shaxsiy imzolari; 
Boshlang`ich hisob hujjatlariga xo`jalik operasiyasi qatnash-chilari 
tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. Bank 
va kassa pul huj-jatlarida tuzatishlar o`chirib yozishlarga yo`l qo`yilmaydi 
(Buxgalteriya hujjati to`g`risidagi qonunning 9-moddasi). 
Buxgalteriya hisoblari asosida moliyaviy hisobot tuziladi. Moliyaviy 
hisobot quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
1) buxgalteriya balansi; 
2) moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot; 
3) asosiy vositalar harakati to`g`risidagi hisobot; 
4) pul oqimlari to`g`risidagi hisobot; 
5) xususiy kapital to`g`risidagi hujjat; 
6) izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Buxgalteriya 
hisoboti 
to`g`risidagi 
qonunning 
16-moddasi 
O`zbekiston Respublikasi davlat statistikasi to`g`risidagi qonunni 11-
moddasiga asosan barcha tadbirkorlik faoliyati subyektlari ular-ning 
struktura birliklari davlat statistika kuzatuvlar o`tkazish uchun zarur 
bo`lgan malumotlarni bepul taqdim etadilar. Davlat statistikasi yuritishdan 
maqsad iqtisodiy va ijtimoiy jarayonda ro`y berayotgan jarayonlarni 
aniqlash uchun kuzatib borish hisobla-nadi. Bu jarayonlar haqidagi 
malumotlarga ega bo`lishi uchun davlat vakolati idoralari tomonidan 
statistik hisobotlar shakllari tas-diqlangan. 
Tadbirkorlik subyektlari statistik hisobotlar tayyorlashda ushbu 
belgilangan shaklga to`liq rioya qilishi lozim. 
Bu shaklga o`zgartirish qo`shimchalar kiritish taqiqlanadi. Tezkor 
hisobotlar ham tadbirkorlik faoliyatini u yoki bu tarmoq-laridan xususan 
qishloq xo`jaligida keng qo`llaniladi. Tezkor hisobotlardan ko`zlangan 
maqsad davlat boshqaruv organlari tomoni-dan tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarini kundalik xo`jalik ishlaridan xabardor bo`lishi va o`z vaqtida 
(operativ) tezkor yordam berish hisoblanadi. Masalan, qishloq xo`jaligida 
bahorgi ekin, kuzgi hosilni yig`ishtirib olish mavsumidagi tezkor 
hisobotlar, ekinlar-ga hashorat tushganligi yoki chorva mollari yuqumli 
kasalliklar yuqqanligi to`g`risidagi tezkor hisobotlar kiradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`z faoliyatlari to`g`risi-dagi 
hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda 
taqdim etishlari lozim. 
Yuqorida tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobotlari statistik 
hisobotlarni yuritishi qayd etilgan edi. Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi 
Qonunni 18-19-moddalarida moliyaviy hisobot davri va taqdim etish davri 
belgilab qo`yilgan. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 
1) soliq organlariga; 
2) tasis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
3) davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
organlarga. 
Moliya hisoboti hisobot yili boshidan qo`shilib boruvchi jam-lama 
tartibida yilning har choragida taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotni taqdim 
etish hujjatlarini O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. 
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor 
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora 
hisoblanadi. 
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug`urta kompaniyalari, 
banklar, fondlar va tovar birjalari investitsiya va boshqa moliya 
muassasalari har yilgi 
moliyaviy hisobotni ularda ko`rsatilgan 
malumotlarning 
to`g`riligini 
auditorlar 
tasdiqlagach 
hisobot 
yili 
tugaganidan so`ng 1 maygacha e'lon qilishlari shart. 
Davlat statistikasi to`g`risidagi qonunning 11-moddasiga muvofiq 
barcha tadbirkorlik subyektlari davlat statistika kuzatuviga o`tkazish uchun 
zarur bo`lgan malumotlarni bepul taqdim etadilar. Statistika malumotlari 
aniq bo`lib to`la hajmda belgilangan muddatda va belgilangan adreslar 
bo`yicha taqdim etilishi lozim. Statistika malumotlarini taqdim etish tartibi 
davlat statistika organlari tomonidan tasdiqlangan davlat hisoboti 
shakllarida belgilab boriladi.
Tadbirkorlik faoliyatining subyekti pochta manziligi va boshqa 
rekvizitlarini o`zgarganligi to`g`risida tegishli organlarni o`z davrida 
xabardor qilishlari shart. Malumki, FKning 46-modda-siga asosan yuridik 
shaxs o`zi bilan bo`ladigan aloqani amalga oshi-riladigan pochta manziliga 
ega bo`lishi lozim hamda u o`zgarganda va-kolatli davlat organlarini 
xabardor etishi shart. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri, pochta 
manzili, uning tasis hujjatlarida ko`rsatiladi. Bu o`rinda yuridik shaxsni 
yuridik manzili bilan uning pochta manzili o`rtasida muayyan farq 
borligini yodda tutish lozim. Agarda yuridik manzil yuridik shaxsning 
muayyan hududida, ko`chada, binoda joylashganini qayd etuvchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


malumotlar bo`lsa, pochta manzi-li esa yuridik shaxsga yuboriladigan xat-
xabarlar pochta korrespon-densiyalarini yetkazib beruvchi manzil 
hisoblanadi. Pochta rekvizit-lari yuridik shaxsga yuboriladigan xat-
xabarlar pochta korrespondensiyalari o`z vaqtida aniq yetib borishini 
taminlaydi. Vakolatli davlat organlari ana shu pochta manzillariga amal 
qilib ish ko`risha-di. Boshqacha aytganda pochta manzili yuridik shaxs 
bilan boshqa sub-yektlar o`rtasida doimiy barqaror aloqani taminlovchi 
o`ziga xos vo-sita hisoblanadi. Qonunda pochta manzillari bilan birga 
boshqa rekvizitlar to`g`risida ham gap boradi. Odatda yuridik shaxsni rek-
vizitlari jumlasiga uni nomi, joylashgan joy, yuridik manzili, pochta 
manzili, shu jumladan, bazi holatlarda telefon, faks, elek-tron pochta, 
moliyaviy hujjatlarda esa bank muassasalarida hisob raqami ham 
ko`rsatiladi, binobarin yuqoridagi rekvizitlar o`zgargan taqdirda yuridik 
shaxs bu haqida o`zini ro`yxatdan o`tkaztirgan davlat idorasiga va ushbu 
tadbirkorlik subyektini faoliyatini nazorat qilish vakolatlariga ega bo`lgan 
boshqa davlat idoralariga (masalan, sanitariya nazorati, yong`indan saqlash 
xizmati va shu kabilarga) xa-bardor qilishi lozim. 
Tadbirkorlik faoliyatining subyekt ushbu majburiyatni ba-jarmagan 
taqdirda qonun hujjatlarida buning uchun tegishli javob-garlik belgilab 
qo`yilgan. Bundan tashqari tadbirkor tomonidan ushbu majburiyatga rioya 
qilmaslik o`zi uchun qator salbiy oqibatlar-dan keltirib chiqaradi. Masalan, 
prosessual qonunchilik bo`yicha, agarda yuridik shaxs tadbirkor davogar 
yoki javobgar sifatida sud-da qatnashganda o`z pochta manzili o`zgargani 
to`g`risida sudni o`z vaqtida xabardor qilmasa, eski pochta manzili 
bo`yicha yuborilgan hujjatlar va chaqiruv qog`ozi tadbirkor uchun 
muayyan huquqiy oqibatlarda vujudga keltiradi: yani, u harajatlarni va 
chaqiruv qog`ozini o`z muddatida olgan hisoblanadi va uning hech qanday 
eti-rozi qabul qilinmaydi. 
Tadbirkor zimmasiga yuklangan majburiyatlardan biri bu yol-lanib 
ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va tibbiy sug`urta qilishdir. Bu majburiyat 
tadbirkorni ish beruvchi sohib sifatidagi mavqeidan kelib chiqadi. Xususiy 
tadbirkor O`zbekiston Respublikasi qonun-lariga muvofiq ijtimoiy va 
tibbiy sug`urta hamda ijtimoiy taminot jamg`armasiga majburiy ajratmalar 
tarzda pul o`tkazib turadi. 
Umumiy qoidaga ko`ra, tadbirkor yollangan xodimni vaqtincha-lik 
mavsumiy yoki doimiy ishga qabul qilinganidan qati nazar ij-timoiy 
sug`urta qildirishga va to`lovlarni to`lashga majburdir. 
Ijtimoiy sug`urta to`lovlariga xodimlar ish haqidan hech qan-day pul 
ushlab qolmasdan to`lanadi. Tadbirkor tegishli kasaba uyush-masida va 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ijtimoiy sug`urta idoralarida sug`urtalovchi sifatida ro`yxatdan o`tadi va 
mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yollanib ishlovchi barcha 
xodimlari uchun davlat ijtimoiy sug`urta jamg`ar-masiga belgilangan 
tartibda badallar to`laydi, masalan, dehqon xo`jaligi boshlig`i ham dehqon 
xo`jaligi azolari uchun badallar to`laydi (Dehqon xo`jaligi haqidagi 
qonunning 13-moddasi, 5-bandi). 
Tadbirkor xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilinishi uchun pensiya, 
aholini ish bilan taminlash, ijtimoiy sug`urta fondlariga majburiy to`lovlar 
to`lab turadi. 
Ijtimoiy sug`urtalangan xodimlar mehnat qobiliyatini vaqtincha 
yo`qotganda nafaqalar, qarilik, nogironlik, boquvchisidan judo bo`lganlik 
uchun pensiyalar bilan taminlanadilar. 
Tibbiy sug`urta ham odatda ishga yollovchi tadbirkor tomonidan 
amalga oshiriladi. Tibbiy sug`urta mablag`i Konstitusiyaning 40-
moddasida ko`rsatilgan har bir insonning malakali tibbiy xizmatidan 
foydalanish huquqining moddiy negizi bo`lishi lozim. 
Tibbiy sug`urta shartlari va miqdori O`zbekiston Respublika-si 
Hukumati tomonidan belgilanadi. 
Ijtimoiy va tibbiy sug`urta tadbirkorlik uchun majburiy to`lov bo`lib, 
undan bo`yin tovlash yoki bosh tortishga tadbirkor haqli emas. 
Malumki, tadbirkorlik faoliyati hayotning deyarli barcha sohalarini 
qamrab olgan. Binobarin tadbirkorlar ham turli tuman kasbdagi shaxslarni 
xizmatiga muhtoj bo`ladilar va demak ularni ishga yollaydilar. Tadbirkor 
qonunlarga muvofiq maxsus bilim va ko`nikma talab qilinadigan ishga 
faqatgina zarur tayyorgarlikka ega, kasb-kori jihatidan yaroqli va tegishli 
malumotga ega bo`lgan shaxs-larnigina jalb etish shart. 
Tadbirkorning zimmasiga yuklatilgan ushbu majburiyat tad-
birkorning ham, unga yollanib ishlayotgan xodimlarni ham, ularning 
faoliyat natijalaridan (mahsulotlari, xizmatidan) bahramand bo`ladigan 
istemolchilarning manfaatlari nuqtai nazardan belgi-langandir. Zarur 
bilimga va ko`nikmaga ega bo`lmagan shaxsga mana shunday sifatlar talab 
qiladigan ishlarni topshirish har uchchala taraf uchun og`ir salbiy, bazan 
tuzatib bo`lmas mudhish oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli 
ham O`zbekiston Respublikasi MKning 80-moddasi, 5-qismida “qonun 
hujjatlariga muvofiq maxsus malumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega 
shaxslargina bajarishi mumkin bo`lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki 
o`rta maxsus o`quv yurtini tamomlaganligi to`g`risidagi diplom yoxud 
mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tegishli hujjatni taqdim etadi” deb ko`rsatiladi. Turmushda bunday kasblar 
doirasi juda keng va xilma-xil (vrach, shofyor, uchuvchi va h.k.). 
Xodimni maxsus bilim va ko`nikma talab qiladigan ishga yollashda u 
bir vaqtni o`zida: 
1) zarur tayyorgarlikka ega bo`lish; 
2) kasb-kori jihatidan yaroqli bo`lishi; 
3) tegishli malumotga ega bo`lishi shart.
Xodimni zarur tayyorgarlikka ega ekanligi unda bo`lg`usi ishi, ish 
sharoitlari, xavfsizlik qoidalari, ish yuritish tartibi haqida to`g`ri 
tasavvurga ega ekanligi yoxud ilgari shu ishlarda rasmana (normal) 
ishlaganligi tushuniladi. 
Kasb-kori jihatidan yaroqli bo`lishi deganda shaxsning jismoniy 
xususiyatlari yoshi, sog`lig`i, jinsi, hulq atvori va shu kabi belgilariga 
ko`ra topshiriladigan vazifaga muvofiqligi, mosligi nazarda tutiladi. 
Tegishli malumotga ega ekanligi belgilangan tartibda davlat 
ro`yxatidan o`tgan o`quv yurtini tugatganligi haqida belgilangan nus-
xalardagi hujjatlarga ega ekanligi tushuniladi (diplom, guvohnoma va 
h.k.). Bazi mutaxassisliklar bo`yicha tegishli malumotga ega bo`lmagan 
shaxslarni ishlashi qonunda bevosita taqiqlab qo`yiladi. Masalan, qonunsiz 
vrachlik qilish, haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan shaxsning 
avtomobilni boshqarishi tegishli jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi. 
Bundan tashqari bunday shaxslarni ishga yollagan tadbirkor ham ularning 
faoliyati natijasida yetkazilgan moddiy va manaviy zararlarni qoplash 
bo`yicha birgalikda javobgar bo`ladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin