3-§. Xo`jalik (tadbirkorlik) subyektlari faoliyatini davlat
tomonidan nazorat qilish
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimining markazida tadbirkor
bilan uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat
xizmatchisi o`rtasida o`zaro hurmat, ishonch va insofga asoslangan
qonuniy munosabatlarni vujudga keltirish va uni doimiy barqaror ravishda
saqlab turish yotadi. Bu vazifa ancha murakkab hisoblanadi. Uni amalga
oshirishda quyidagi omillarni hisobga olmasdan iloji yo`q.
Birinchidan, tadbirkorlik faoliyati muayyan moddiy boyliklar, pul
mablag`lari bilan uzviy bog`liq ravishda amalga oshiriladi. Shu sababli
ham ushbu moddiy qiy-matliklarni muomalada bo`lish qoidalariga rioya
qilish ustidan nazorat talab etiladi. Nazoratga olib, o`z majburiyatlarini
bajarishda tamagirlikka, suiistemolliklarga yo`l qo`yilmasligi alohida
muhim ahamiyatga ega.
Ikkinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish
oqilona tashkil etilmog`i, tadbirkorlik subyektiga o`z xo`jalik faoliyatini
amalga oshirishga aslo to`sqinlik qilmasligi lozim.
Uchinchidan, nazorat ochiq, oshkor, shaffof bo`lmog`i, nazorat
asoslari, tartibi, usul va vositalari aniq–ravshan belgilab qo`yilmog`i shart.
Aks holda har xil o`zboshimchaliklar kelib chiqishi mumkin.
Va nihoyat, to`rtinchidan, tadbirkorlik subyekti nazorat jarayonida
o`z qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetgan deb hisoblagan taqdirda,
sud orqali himoyalanish imkoniyatlariga ega bo`lish lozim.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomondan nazorat
qilish tartibi 1998 yil, 24 dekabrda qabul qilingan ”Xo`jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini davlat tomondan nazorat qilish to`g`risida”gi qonun,
shuningdek ”Tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari kafolati to`g`risida”gi
qonunning 39-40-moddalari bilan qo`yilgan bunday shakllar tekshirish,
taftish, muqobil tekshirishda, nazorat tartibida tekshirishda, statistik
axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish, idora qaramog`idagi
organlarni tekshirishdan o`tkazishdan iborat. Qonunda tekshirish, taftish,
muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish tushunchalari aniq belgilab
qo`yilgan. Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan
nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va jismoniy
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmaslik.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuridik shaxs bo`lgan xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali
tekshirish, shu jumladan taftishdan o`tkazish uchun quyidagilar asos
bo`ladi:
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo`linmasi
tomonidan
berilgan,
xo`jalik
yurituvchi
sub-yektlar
faoliyatini
tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko`chirma;
nazorat qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi reja asosida
chiqargan buyrug`i yoxud maxsus vakolatli organning tekshirish, shu
jumladan taftish o`tkazish to`g`-risidagi hamda tekshirish maqsadi, uni
o`tkazish sanasi va tekshirishni amalga oshirish, topshirilgan mansabdor
shaxslarning tarkibi ko`rsatilgan qarorlari;
prokuratura, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlari
tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun
qo`zg`atilgan jinoiy ish mavjudligi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar
maxsus vakolatli organning qaroriga binoan yiliga ko`pi bilan bir marta
amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida hamda to`la
miqdorda to`lovchi, boshqa tartib va qoidalarga rioya qiluvchi,
auditorlarning har yilgi tegishli xulosa-lariga ega bo`lgan xo`jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar
tomonidan, qoida tariqasida, ko`pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshi-
riladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddatlari o`ttiz
kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli
organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish
uchun maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyekt nomini,
tekshiruv o`tkazish maqsadi, muddatlari hamda uni o`tkazish sabablarining
asosliligi ko`rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o`tkazish
to`g`risida chiqargan qarori, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi
tegishli nazorat qiluvchi organning buyrug`i asos bo`lib xizmat qiladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi or-ganlar tomonidan
quyidagi hollarda o`tkaziladi:
agar tekshiruvni o`tkazish zarurati O`zbekiston Res-publikasi
Hukumati qaroridan kelib chiqqanda;
nazorat qiluvchi organga xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzil-ganligi to`g`risida qo`shimcha
malumotlar kelib tushganda;
www.ziyouz.com kutubxonasi
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek
qo`shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli
vujudga kelganda.
Yakka tartibda tadbirkorlar faoliyatini tekshirish soliq organlari
hamda boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari
doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo`jalik faoliyatini taftish
qilish bilan bog`liq bo`lmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi
(yong`inga qarshi, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan,
qoida tariqasida, bir marta o`tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida
amalga oshiriladi.
Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli organ tasdiqlagan rejalar
asosida o`tkaziladi.
Nazorat tartibida tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan
maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo`linmalari bilan kelishilgan
tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Tekshirilayotgan xo`jalik yurituvchi subyekt quyidagi huquqlarga
ega:
o`z faoliyati tekshirilishi to`g`risidagi tegishli axborotga ega bo`lishi;
nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan
maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo`linmalar qarorini, tekshirish
o`tkazish uchun asos hi-soblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish,
tekshiruv-chilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan tani-shish;
tekshirish o`tkazish uchun asosga ega bo`lmagan shaxslarning
tekshirish o`tkazishiga yo`l qo`ymaslik;
nazorat qiluvchi organlari vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid
talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo`lmagan
materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan
tekshirish tugagandan so`ng o`n kun muddat ichida tekshirish natijalarini
aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
Qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat
qilish.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga
binoan tekshirish o`tkazish uchun zarur bo`lgan materiallar va hujjatlarni
taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga
o`z vazifalarini bajarishlari uchun ko`maklashishga majburdirlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo`jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog`ida o`z vakolatlari
doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tekshirilayotgan
xo`jalik
yurituvchi
subyektlardan
tekshirish
o`tkazish bilan bevosita bog`liq bo`lgan zarur hujjatlar va boshqa
axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektlariga aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf etish to`g`risida bajarilishi majburiy bo`lgan
ko`rsatma berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo`jalik yurituvchi
subyektlar
mulkdorlari
oldiga
aybdor
shaxslarning
javobgarligi
to`g`risidagi masalani qo`yish;
tekshiruvga vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb
etish;
Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki
mamuriy jazo choralarini qo`llash.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarining qonuniy
talablari tekshirilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish
uchun majburiydir.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslari xo`jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini tekshirish chog`ida o`z vakolatlari doirasida
quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o`tkazish
huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko`rsatish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini taminlash;
tekshiruv
natijalarini
dalolatnoma
(malumotnoma)
bilan
rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshiri-layotgan xo`jalik yurituvchi
subyekt ixtiyorida qoldirish;
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan choralarni ko`rish.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo`jalik
yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo`jalik
yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonun xujjatlari buzilganligini
aniqlasalar, ular o`zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan
qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog`liq chora-tadbirlarni
ko`rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning man-sabdor shaxslari
www.ziyouz.com kutubxonasi
qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo`jalik yurituvchi subyektlarning
boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos
sifatida foyda-lanishga haqli emas.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy
qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo`jalik yurituvchi subyektga
yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida
bel-gilangan tartibda qoplanadi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va
qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo`ysunish tartibida yuqori turuvchi
organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat berish nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining
harakatlari va qarorlari ustidan qilingan shikoyatlar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat
qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo`lgan shaxslar
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyati tekshiril-ganda birinchi galda
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishlarni qayd etish kitobiga tegishli
yozuvlar kiritishi lozim. Bunday kitob har bir tadbirkorlik subyektida
bo`lish lozim. Tekshirishlarni qayd etish kitobini to`ldirmagan
tekshiruvchi shaxs tekshirishga qo`yilmaydi.
Mansabdor shaxslar tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarni o`z
huzuriga chaqirtirishning ham asoslari va tartibi belgilab qo`yilgan.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqiy himoya tizimini yana bir
bo`g`ini-bu xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmat bo`linmalari
hisoblanadi. Ayniqsa xo`jalik shartnomalari tuzishda yuridik xizmat
bo`linmalari faol ishtirok etadi. Agar tadbirkorlik subyekti o`z yuridik
xizmatiga ega bo`lmasa (masalan, yakka tadbirkor, fermer xo`jaligi va
x.k.), u holda ular haq evaziga yuridik xizmat ko`rsatish shartnomalari
orqali advokatlar xizmatidan foydalanishlari shart (”Xo`jalik yurituvchi
subktlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`-risida”gi
qonunning 20-moddasi).
Har bir xo`jalik yurituvchi subyektning o`z yuridik xizmati bo`lishi
uning huquqiy himoyasini tashkiliy taminlovchi kafolat hisoblanadi.
Yuridik xizmat bo`linmalari xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining
barcha yo`nalishlarida va sanalarida, barcha bosqichlar uzluksiz va doimiy
ravishda, birinchidan xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatini qonuniyligini,
o`z manfaatlariga mosligini taminlasa, ikkinchidan, boshqa har qanday
subyektlarni xatti-harakatlari uning qonuniy huquq va manfaatlariga xilof
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo`lmasligini kuzatib boradi va zarur hollarda tegishli huquqiy himoyani
tashkil etadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda tadbirkorlarni huquqiy
himoya tizimi milliy qonunchiligimizning alohida kompleks instituti
bo`lib, u tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ularga berilgan
imtiyozlar, yengilliklar, afzalliklar, alohida kafolatlar, tadbirkorlar huquq-
larini himoya qilish majburiyati yuklatilgan davlat va nodavlat
organlarining maxsus vakolatlarini, xo`jalik – tadbirkorlik sohasida
vujudga kelgan nizolarni ko`rib chiqish va hal etishning alohida tartibini
o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyunda
chiqargan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida sud
huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarining tadbirkorlik
subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taminlash, tadbirkorlik faoliyatini
asossiz cheklashlarga yo`l qo`ymaslik maqsadida muhim huquqiy
normalar mustahkamlab qo`yildi. Bunga ko`ra tadbirkorlik subyektlarining
moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda
faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mabodo
ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valutaga oid jinoyat
alomatlari aniqlangan taqdirda esa - O`zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga hamda jinoiy
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan
amalga oshiriladi.
Nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik
subyektlarini o`z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari
masalalar bo`yicha har qanday tekshiruvlar o`tkazganligi uchun shaxsan
javobgar va hatto jinoiy javobgar ham bo`ladilar. Faqat ko`zg`atilgan
jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash to`g`risidagi qaror yoki shunday
tekshiruvlarni
o`tkazish
to`g`risida
nazorat
organlari
faoliyatini
muvofiqlashtirish bo`yicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud
bo`lgandagina qonunda ko`zda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining
tekshirilayotgan
xo`jalik
yurituvchi
subyekt
bilan
o`zaro
munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yo`l qo`yiladi. Muqobil
tekshirishlarni o`tkazish chog`ida tadbirkorlik subyektlariga borish va
ulardan tekshirishga taalluqli bo`lmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa
hujjatlarni talab qilish man etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar
mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi)
natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o`rni sud qarori
asosida to`la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi
navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg`arma mablag`lari hisobidan
qoplanishi lozim. Zararlarning o`rnini qoplash sud qarori bilan ana shu
yetkazilgan zarar uchun aybdor bo`lgan davlat organlarining mansabdor
shaxslariga, qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda
yuklanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari o`rtasidagi xo`jalik nizolari esa xo`jalik sudi
yoki hakamlar sudi tomonidan ko`rib chiqilishi mumkin. O`zbekiston
Respublikasi
Bosh
prokuraturasi
nazorat
organlari
mansabdor
shaxslarining
tadbirkorlik
subyektlari
huquqlarini
va
qonuniy
manfaatlarini buzganliklari uchun jazo muqarrarligini, ularning xatto
jinoiy javobgarlikka tortilishini taminlagan holda, tadbirkorlik faoliyati
erkinligi kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari so`zsiz bajarilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi
Tadbirkorlik
subyektlariga
nisbatan
faqat
sud
tartibida
qo`llaniladigan huquqiy tasir choralariga quyidagilar kiradi:
faoliyatni tugatish;
faoliyatni to`xtatib qo`yish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar
hamda aholining hayoti va sog`lig`iga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga
kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko`pi bilan o`n ish
kunigacha to`xtatib qo`yish hollari bundan mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha operasiyalarni to`xtatib qo`yish.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni
moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qo`llash. Soliq va yig`imlarni to`lash
muddatini o`tkazib yuborganlik uchun penya qo`shish, shuningdek
tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo`lish
va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda to`lash hollari
bundan mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o`tkazish;
tadbirkorlik
faoliyatining
ayrim
turlari
bilan
shug`ullanish
lisenziyalari (ruxsatnomalari)ni o`n ish kunidan ko`proq muddatga
to`xtatib qo`yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish. O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan lisenziyalar bundan
mustasno.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|