Apellyasiya instansiyasida ish yuritish xo`jalik pro-sessual
qonunchiligidagi yangi institut bo`lib, qonuniy kuchga kirmagan sud
hujjatlarining qonuniyligi va asos-liligini tekshirishga mo`ljallangan.
Qonunda belgilangan barcha shaxslar birinchi instansiya sudining hal
qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati berishlari mumkin. Prokuror esa
protest kiritishi mum-kin.
Hal qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati
bilan murojaat qilish
huquqiga ishda qatnashmagan, biroq xo`ja-lik sudi uning huquq va
majburiyatlariga daxldor qaror chiqargan shaxslar ham egadir. qonuniy
kuchga kirmagan qaror ustidan tomonlarning huquqiy vorislari va uchinchi
shaxslar ham shikoyat qilishlari mumkin.
Apellyasiya shikoyati obyekti sifatida
faqat birinchi instansiya
sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori, shu jumladan, davlat
idoralarining, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish idoralarining hujjatlarini
haqi-qiy emas deb topish to`g`risidagi darhol ijro etilishi kerak bo`lgan hal
qiluv qarorlari ham bo`lishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyasiya shikoyatining nusxasini
olgach, uning yuzasidan o`z yozma fikrini va yozma fikrning nusxalari
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi
dalillarni apellyasiya shikoyati ko`riladigan
kungacha yetib borishini
taminlaydigan muddatda xo`jalik sudiga yuboradilar.
Apellyasiya instansiyasida ish yuritish xo`jalik sudlov ishlarini
yuritishning tarkibiy qismidir. Shuning uchun, apellyasiya instansiyasida
ishni birinchi instansiya xo`jalik sudida ko`rib chiqish qoidalari bo`yicha
ko`rib chiqiladi, bunda apellyasiyani ko`rib chiqishning mohiyatidan kelib
chiqadigan ayrim istisnolar bo`lishi mumkin.
Apellyasiya shikoyatini ko`rib chiqishda
qonunda belgilangan ishni
birinchi instansiya xo`jalik sudida ko`rib chiqishni tartibga soluvchi
meyorlar qo`llaniladi.
Birinchi instansiya sudidan farqli o`laroq, apellyasiya sudi barcha
ishlarni kollegial tartibda ko`rib chiqadi, bunda qoida tariqasida sud raisi
yoki uning o`rinbosari yoxud biror sudya raislik qiladi.
Apellyasiya sudi hal qiluv qarorini to`laligicha
yoki qisman bekor
qilishi va shikoyatni ko`rmasdan qoldirishi yoki ishni yuritishni tugatishi
mumkin.
Birinchi instansiya sudi qonunda ko`rsatib o`tilgan holatlar bo`lgani
holda ish yuritishni tugatmagan yoki davoni ko`rmasdan qoldirmagan
bo`lsa va ishni mazmunan ko`rib, hal qiluv qarori chiqargan bo`lsa,
apellyasiya instansiyasi sudi bunday qarorni to`la yoki qisman bekor
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilishi hamda ishni yuritishni tugatishi yoxud davoni to`la
yoki qisman
ko`rmasdan qoldirishi mumkin.
Agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinmasa va
o`zgartirilmasa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiradi va aynan u ijro
etilishi kerak.
Qaror qabul qilingan kunidan etiboran besh kunlik muddatda ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi malum qilinadigan buyurtma
xat orqali yuboriladi yoki tilxat bilan topshiriladi. Jo`natish
uchun
ajratilgan bu muddat XPKda apellyasiya shikoyatini ko`rish uchun
ajratilgan bir oylik muddatga kirmaydi.
Apellyasiya instansiyasining qarori ustidan kassasiya tartibida
shikoyat qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: