Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Investision nizolarni hal etish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Investision nizolarni hal etish.
O`zbekiston Respublikasi 1965 yil 18 martda imzolangan va 1966 yil 
14 oktabrdan kuchga kirgan “Davlatlar va chet ellik shaxslar o`rtasidagi 
investision nizolarni hal etish tartibi to`g`risida” gi Vashington 
Konvensiyasini 1994 yil 6 mayda ratifakasiya qildi.
Konvensiya xalqaro Taraqqiyot va rivojlanish banki huzurida 
investitsiya nizolarini hal etish bo`yicha Markazni tasis etish va ushbu 
Markazda muayyan davlat va xorijiy davlat shaxslari o`rtasida vujudga 
keladigan investision nizolarni Konvensiya qoidalariga muvofiq 
yarashtiruv va arbitraj yo`li bilan hal etishni taminlaydi. 
Markaz tarkibida Mamuriy kengash va Kotibiyat mavjud bo`lib, 
Kotibiyat vositachilar va arbitrlar ro`yxatini yuritadi. Mamuriy kengash 
tarkibiga Konvensiyani imzolagan davlatlarning har biridan bittadan 
vakillar kiradi. Bunday vakillar yetarlicha malakaga ega bo`lgan shaxslar 
orasidan tanlanib, ularning ro`yxati har yarim yilda yangilanib turadi.
Markaz o`zi ko`rsatgan xizmatlardan tushadigan mab-lag`lar va 
boshqa mablag`lar hisobidan moliyalanadi, u im-munitet va imtiyozlarga 
ega. 
Immunitet deganda Mamuriy kengash raisi va azolarining shaxsiy 
immuniteti, arbitrlar, vositachilar va ko-tibiyat xodimlarining immuniteti, 
hujjatlar immuniteti, arxivlarni daxlsizligi va boshqalar tushuniladi. 
Imtiyoz deganda shuni nazarda tutish lozimki, Markazning mulki, 
daromadi va boshqalardan soliq olinmaydi hamda hech qanday yig`imlar 
ularga nisbatan tadbiq etilmaydi. 
Konvensiyaga binoan, arbitraj nizoni taraflar o`rtasida tuzilgan 
shartnomada nazarda tutilgan huquq normalarini qo`llagan holda hal etadi. 
Taraflarning bu haqda kelishuvi bo`lmagan taqdirda, arbitraj nizoni hal 
etishda shartnomaning tarafi bo`lmish kelishilayotgan davlat hu-quqini, 
shuningdek qo`llanilishi mumkin bo`lgan xalqaro huquq normalarini 
qo`llaydi.
Mazkur Konvensiyaning muhim jihatlari yana shundaki, birinchidan, 
unda ishtirok etuvchi davlatlar o`z hududida qo`shiluvchi davlatlar arbitraj 
qarorlarini o`z hududida ijro etilishini taminlash majburiyatini olsa, 
ikkinchidan, ushbu Konvensiyaga O`zbekistonning qo`shilishi natijasida 
www.ziyouz.com kutubxonasi


garchi ikki yoki ko`p tomonlama xalqaro bitimlar tuzmagan davlatlarning 
investorlari bilan O`zbekistondagi chet el investorlari o`rtasida vujudga 
keladigan nizolar hal etilishining universal tizimi yaratildi. 
Investitsiyalarni rag`batlantirish va o`zaro himoya qilish borasida 
O`zbekiston Respublikasi ko`plab mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan. Bu 
kabi bitimlarni tuzish asosan, chet el investitsiyalarini nasionalizasiya va 
ekspropriasiyadan himoya qilish, investorga o`z daromadlari va 
kapitallarini chet elga to`sqinliksiz va moneliksiz o`tkazish imkoniyatini 
berish, investor bilan uning kapitali yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni 
xalqaro arbitrajda ko`rib chiqish hamda millatga qulayroq tuzim yaratishga 
qaratiladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin