O`zaro bog`liq bo`lib, bazilari xo`jalik sudiga, boshqalari esa
umumiy sudlarga taalluqli bo`lgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda,
hamma talablar umumiy yuris-diksiya sudida ko`rilishi kerak.
Shunday ekan, xo`jalik nizolari yuqoridagi holda xo`jalik sudlari,
arbitraj yoxud hakamlik sudlari tomonidan emas,
balki umumiy
yurisdiksiya sudlari tomonidan ham ko`rib chiqilishi mumkinligini nazarda
tutmoq lozim.
O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi 1998
yil 30 aprelda qabul qilingan qonu-nining 1-moddasiga binoan, dehqon
xo`jaligi oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila azolarining shaxsiy
mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun
oila boshlig`iga beriladigan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo`jaligi
mahsuloti yetishtiradi va realizasiya qiladi. Dehqon xo`jaliklaridagi
faoliyat tad-birkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo`jaligi
azolarining istagiga ko`ra yuridik shaxs
tashkil etmasdan amalga
oshirilishi mumkin.1
Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadigan dehqon xo`jaligi
belgilangan tartibda davlat ro`yxatiga olingan paytdan etiboran tashkil
etilgan hisoblanadi. Gap shundaki, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat
yuritadigan dehqon xo`jaliklari ishtirokidagi xo`jalik nizolari xo`jalik
sudlari tomonidan ko`rib chiqilib hal etilmasdan, balki umumiy
yurisdiksiya sudlari tomonidan ko`rib chiqib, hal etiladi, chunki XPKning
23-moddasi xo`jalik sudlarida nizolar nizolashayotgan subyektlar tarkibiga
qarab taalluqli bo`lishligini belgilab qo`ygan.
Binobarin, ushbu modda
mazmuniga binoan, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomini qonunda
belgilangan tarzda olgan fuqarolar iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan
xo`jalik nizolarini xo`jalik sudlarida ko`rishda taraf bo`lishlari mumkin,
ammo yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik
faoliyati yuritadigan
dehqon xo`jaligi xo`jalik nizolarini xo`jalik sudlarida ko`rishda taraf bo`la
olmaydilar. Shuning uchun ular ishtirokidagi xo`jalik nizolari umumiy
yurisdiksiya sudlarida ko`rib chiqiladi. Bundan kelib chiqadi-ki, yuridik
shaxs tashkil etmasdan shartnoma asosida tadbirkorlik
faoliyatini amalga
oshiradigan oddiy shirkat ishtirokidagi xo`jalik nizolari ham umumiy
yurisdiksiya sudlariga taalluqli bo`lib hisoblanadi.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Eр кoдeкси вa қишлoқ xўжaлигигa oид қoнун ҳужжaтлaри, тўплaм, Т.:
«Aдoлaт»., 1999 йил, 117-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nazarimizda, nizolar unda ishtirok etadigan subyektlar tarkibiga
qarab emas, balki nizo predmetiga qarab u yoki bu sudga taalluqli bo`lishi
lozim. Masalaga bunday yondashish birinchidan, sudyalar ixtisoslashuvini
takomillashtirsa,
ikkinchidan,
xo`jalik
yurituvchi
subyektlarning
sarsongarchiligini oldini oladi,
uchinchidan, iqtisodiyot sohasini tartibga
solishga qaratilgan qonun hujjatlarini unifikasiyalash ishini tezlashtiradi,
to`rtinchidan, iqtisodiyot sohasida yuz beradigan qonunbuzish-larga qarshi
kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish mexanizmini yengillashtiradi va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: