Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik nizolarini sudsiz hal etish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xo`jalik nizolarini sudsiz hal etish 
qonun hujjatlari bilan nizolarni sudsiz hal etish tartibi nazarda 
tutilishi 
mumkin. 
Masalan, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasininng 297-sonli 2001 yil 12 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan 
«qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning xizmat ko`rsa-tuvchi 
tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi 
to`g`risida»gi Nizomning «Tomonlarning javobgarligi va nizoli 
masalalarni hal etish» haqidagi 5-bobi 38-bandida «Kelishmovchiliklar va 
nizoli masa-lalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga ko`ra, mastaqil 
ravishda yoxud bosh inspeksiya va uning hududiy organlari ishtirokida 
ushbu kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni sudgacha hal etish 
choralarini ko`radilar» deb ko`rsatilgan. Tomonlar nizoli masalalarni 
sudgacha hal etish jarayonida kelishishga erishmagan taqdirda, xo`jalik 
sudiga murojaat qilishga haqlidirlar. 
Nizoni sudgacha hal etish. Davogarning nizoni sudgacha hal etish 
(talabnoma yuborish) tartibiga rioya etishi qonun va shartnomada ko`zda 
tutilgan hollardagina majburiydir. Agarda bu tartib Nizom va qonun 
hujjatlarida ko`zda tutilgan bo`lsa, qonunda ularning qo`llanilishi haqida 
bevosita havola etilgan hollardan tashqari, taraflar uchun majburiy 
hisoblanmaydi. Ushbu qoida O`zbekiston Respublikasi Xo`jalik prosessual 
kodeksining 6-moddasida mustahkamlangan bo`lib, bunga binoan, agar 
qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish 
(talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada 
nazarda tutilgan bo`lsa, taraflar o`zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda 
hal etish choralarini ko`rgandan so`nggina, xo`jalik sudida ish qo`zg`atish 
mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning 
arizalari bo`yicha ish qo`zg`atishni taraflar yuqoridagi choralarni ko`rgan-
ko`rmaganligidan qatiy nazar amalga oshiradilar. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasi 2-
qismiga muvofiq, shartnomani o`zgartirish va bekor qilish haqidagi 
talablar bo`yicha nizoni sudgacha hal etish tartibi shartnomaning o`zida 
ko`rsatilgan bo`lsa, taraflar talabnoma yuborish tartibini saqlagan holda 
sudda davo qo`llashga haqli bo`ladilar. 
Nizoni sudgacha hal etishning qonun va shartnomada ko`zda tutilgan 
tartibiga rioya etilmaganda, sudlar O`zbekiston Respublikasi Xo`jalik 
prosessual kodeksining 88-moddasi 5-bandi 1-qismiga ko`ra, davoni 
ko`rmasdan qoldirib, davogarga davlat bojini qaytarish masalasini hal 
etadi. 
Huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetgan xo`-jalik yurituvchi 
subyekt o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan xo`jalik 
yurituvchi 
subyektga 
bil-diradigan 
talabnomasi 
yozma 
shaklda 
rasmiylashtirilishi lozim bo`lib hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining «Xo`jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida»gi qonunning 17-
moddasida talabnoma bildirish tartibi nazarda tutilgan bo`lib, unga 
muvofiq talabnomada: 
-talabnoma bildirgan xo`jalik yurituvchi subyektning va talabnoma 
bildirilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektning nomi; 
-talabnoma bildirilgan sana va uning raqami; 
-talabnoma bildirish uchun asos bo`lgan holatlar; 
-talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; 
-arz qiluvchining talablari; 
-talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qi-luvchining to`lov 
va pochta rekvizitlari; 
-talabnoma ilova qilinayotgan hujjatlarning ro`yxati ko`rsatilgan 
bo`lishi lozim. 
Talabnoma xo`jalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbarning 
o`rinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat 
tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek, talabnoma jo`natilganligini 
qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa 
vositalaridan foydalanilgan holda jo`natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.
Takidlash joizki, mazkur qonunning ushbu moddasi xo`jalik 
shartnomasi 
bo`yicha 
talabnomalar 
yuborish 
bilan 
bog`liq 
munosabatlarnigina tartibga soladi. Binobarin, yuklarni tashish va aloqa 
xizmatlari 
ko`rsatishga 
doir 
operasiyalardan 
kelib 
chiqadigan 
talabnomalarni transport va aloqa xo`jalik yurituvchi subyektlarga bildirish 
tartibi va muddatlari tegishli qonun hujjatlarida belgilab qo`-yiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo`jalik shartnomasi bo`yicha o`ziga talabnoma bildirilgan xo`jalik 
yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat 
ichida unga javob qaytarishi shart. 
Talabnomaga javob xo`jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki 
rahbarning o`rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. 
Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, 
teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo`natilganligini qayd etadigan, 
qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa vositalardan foydalanilgan 
holda jo`natiladi yoki tilxat olib topshiriladi. 
Talabnoma to`liq yoki qisman tan olingan taqdirda, xo`jalik 
yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o`zi tan olgan summani ixtiyoriy 
ravishda o`tkazadi. 
Agar talabnomani tan olish to`g`risidagi javobda tan olingan summa 
o`tkazilishi haqida malumot bo`lmasa, talabnoma bildirilgan taraf javob 
olganidan so`ng yigirma kun muddat o`tgach, bank muassasiga qarzdor tan 
olgan summani so`zsiz tartibda o`tkazish to`g`risidagi farmoyishni taqdim 
etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin