Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik nizolarini mamuriy tartibda hal etish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xo`jalik nizolarini mamuriy tartibda hal etish. 
Malumki, korxona o`zining ichki tuzilmalari, yani sex, ishlab 
chiqarish, xo`jalik, uchastka, brigada va boshqa xo`jalik bo`linmalaridan 
iborat bo`lishi mumkin. Albatta, bunday tuzilmalar o`zaro yoki tuzilma 
asosiy korxona bilan xo`jalik munosabatlariga kirishadi. Bu kabi xo`jalik 
munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar korxona mamuriyati tomonidan 
hal etilishi mumkin. Shuningdek O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy 
davlat hokimiyati to`g`risida» gi qonunining
1
25-moddasiga binoan hokim 
quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O`zbekiston 
Respublikasining 
Konstitusiyasiga, 
qonun-lariga 
va 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
boshqa 
hujjatlariga, 
O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlariga, 
shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning 
qarorlariga zid bo`lsa, bekor qiladi. Bu yerda ham, biz, mamuriy tartibda 
ayrim nizolar aynan ana shunday mamuriy yo`l bilan bartaraf etilishi 
mumkinligiga guvoh bo`lamiz. 
Nazarimizda, xo`jalik yurituvchi subyektlarning hu-quqlari yoki 
qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan bo`lsa, hokim quyi turuvchi 
hokimning qarorlarini bekor qilishi mumkinligi to`g`risidagi qoidani ham 
mazkur moddada mus-tahkamlash lozim.
Amaliyotga nazar solsak, o`z huquq va qonuniy manfaatiga daxl 
etilgan xo`jalik yurituvchi subyekt hokim qarorini haqiqiy emas deb 
topishni so`rab davo taqdim etgan hollarda, davo ariza ish yuritishga qabul 
qilinib, ko`rish uchun tayinlangan vaqtga qadar hokim o`z qarorini bekor 
qiladi va natijada nizo bartaraf etilgan hisoblanib, ish yuritish tugatiladi. 
 
Xo`jalik nizolarini hakamlik sudlari orqali hal etish. 
1
Мaзкур қoнун Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси тoмoнидaн 02.09.1993 йилдa қaбул қилингaн бўлиб, 
унгa 30.08.1997 йилдa вa 25.12.1998 йиллaрдa қўшимчa вa ўзгaртиришлaр киритилгaн. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
2
10-moddasida 
fuqarolik huquqlarini himoya qiluvchi organlar sifatida hakamlik sudlari 
ham ko`rsatilgan bo`lib, bu xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini qo`riqlashning turli-tuman shakllari ichida muhim 
o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining 2006 yil 8 fevralda “Hakamlik 
sudlari to`g`risida”gi
 
qonuni qabul qilinishi bilan hakamlik sudi (doimiy 
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) - 
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu 
jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida vujudga keluvchi xo`jalik 
nizolarini hal etuvchi nodavlat organi sifatida tan olindi. 
Hakamlik sudlari orqali xo`jalik nizolarini hal etish fuqarolik 
huquqlarini qo`riqlashning nodavlat mexanizmi bo`lib, bu tarzda nizolarni 
hal etishning qator afzalliklari mavjud. Bu afzalliklar avvalo shunda 
namoyon bo`ladiki, birinchidan, nizo tez ko`rilsa, ikkinchidan, kam 
xarajatli bo`ladi, yani davlat boji yoki boshqa sud xarajatlari davlat 
tomonidan o`rnatilgan tartibda va miqdorda to`lanishi talab etilmaydi, 
uchinchidan, nizo malum ixtisosga va malakaga ega bo`lgan shaxslar 
tomonidan ko`rib chiqiladi, to`rtinchidan, nizo o`tkaziladigan joy va vaqt 
taraflar bilan kelishib belgilanadi, beshinchidan, har bir tarafning o`zi 
nizoni hal etish uchun hakam tanlaydi va hokazo. Bu kabi afzalliklar 
tadbirkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik sudi 
tomonidan hal etilishiga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Hakamlik sudi ikki turda, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi va muvaqqat 
hakamlik sudi, yani aniq bir ishni ko`rish uchun hamda doimiy faoliyat 
ko`rsatish uchun tashkil etilishi mumkin. 
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan 
tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat ko`rsatadi. 
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy 
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul 
qilganida, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va 
hakamlik sudyalari ro`yxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb 
hisoblanadi. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Фуқaрoлик Кoдeкси, Т.: «Aдoлaт», 1996 йил, 9-бeт 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik 
shaxs uning tashkil etilganligi to`g`risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik 
sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi. 
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi o`z nomi yozilgan 
blanka va yumaloq muhrga, O`zbekiston Respublikasi hududida hisob-
kitob varaqlari, valuta hisob varaqlariga hamda boshqa bank 
hisobvaraqlariga ega bo`lishi mumkin. 
Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o`rtasida kelib 
chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo 
ko`rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o`z faoliyatini 
tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hayatda ko`rib 
chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda ko`rib 
chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi 
tashkil etilganligi to`g`risidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan 
yerdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar 
yuboradi. 
Demak, hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib 
chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida 
vujudga keluvchi xo`jalik nizolarini hal etishligi belgilangan. 
Hakamlik 
sudlari 
mamuriy, 
oila 
va 
mehnat 
huquqiy 
munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda 
tutilgan boshqa nizolarni hal etishga haqli emas. 
Hakamlik sudi nizolarni O`zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlari asosida hal qiladi. 
Hakamlik sudi shartnoma shartlariga muvofiq va ish muomalasi 
odatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi. 
Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari 
yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan to`g`ridan-to`g`ri 
tartibga solinmagan bo`lsa va bu munosabatlarga nisbatan qo`llaniladigan 
ish muomalasi odati mavjud bo`lmasa, hakamlik sudi shunga o`xshash 
munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qo`llaydi 
(qonun o`xshashligi), mazkur hollarda qonun o`xshashligidan foydalanish 
imkoniyati bo`lmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va 
majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq o`xshashligi) 
hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Hakamlik bitimi mavjud bo`lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining 
hal qiluviga topshirilishi mumkin. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. Hakamlik bitimi 
shartnomaning tarkibiy qismi bo`lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim 
tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. 
Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o`rtasida kelib chiqqan 
yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik 
sudida ko`rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo 
doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan 
bo`lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko`rsatilishi lozim. 
Yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, nizoning xolis hal 
qilinishini taminlashga qodir bo`lgan, nizoning pirovard natijasidan 
bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo`lmagan, hakamlik bitimi taraflaridan 
mustaqil bo`lgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini bajarishga rozilik 
bergan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi etib saylanishi 
(tayinlanishi) mumkin. 
Nizoni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi oliy yuridik 
malumotga ega bo`lishi kerak. Nizo hayatda hal qilinayotganda hakamlik 
sudi tarkibining raisi oliy yuridik malumotga ega bo`lishi kerak. 
Hakamlik sudi nizo holatlari tekshirilganidan so`ng hakamlik sudi 
tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalarining ko`pchilik ovozi bilan hal qiluv 
qarori qabul qiladi. 
Hal qiluv qarori hakamlik sudining majlisida e'lon qilinadi. Hakamlik 
sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan etiboran kuchga kiradi. 
Agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga zid bo`lmasa hamda boshqa 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, hakamlik sudi 
hakamlik muhokamasi taraflarining iltimosnomasiga binoan kelishuv 
bitimini tasdiqlash to`g`risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Kelishuv 
bitimining mazmuni hakamlik sudining hal qiluv qarorida bayon qilinadi. 
Taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan 
so`ng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan 
bo`lsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va ko`rib 
chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida o`z aksini topmagan 
davo talablari bo`yicha qo`shimcha hal qiluv qarori qabul qilish 
to`g`risidagi ariza bilan o`n kun ichida aynan o`sha hakamlik sudiga bu 
haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etishi mumkin. 
Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan 
etiboran o`n kun ichida uni ko`rib chiqishi kerak. 
Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar 
yuzasidan ajrim chiqaradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida 
belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi. 
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv 
qarorida belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo`lsa, u majburiy 
ijro etilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish 
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida"gi 
O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, vakolatli sud bergan ijro 
varaqasi asosida amalga oshiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasida 
hakamlik sudi orqali fuqarolik huquqlarini himoya qilish imkoniyati 
nazarda tutilgan bo`lsa, O`zbekiston Xo`jalik prosessual kodeksining
1
25-
moddasida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan yoki kelib 
chiqishi mumkin bo`lgan hamda xo`jalik sudiga taalluqli bo`lgan nizo 
taraflarning kelishuviga binoan, xo`jalik sudi qaror chiqargunga qadar 
hakamlik
2
sudiga ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi to`g`risida norma 
mavjud, shuning uchun amaldagi Xo`jalik prosessual kodeksiga 25
1
-
modda kiritilib, unda xo`jalik sudi tomonidan ko`riladigan hakamlik 
sudining hal qiluv qarori bilan bog`liq ishlar doirasi ajratilib, ularga: 
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish 
to`g`risidagi arizalar bo`yicha ishlar; 
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish 
uchun ijro varaqalari berish to`g`risidagi arizalar bo`yicha ishlar kiritildi. 
Takidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari 
to`g`risida”gi
 
qonuni qabul qilinishi bilan joylarda barcha savdo-sanoat 
palatalari 
huzurida 
va 
Toshkent 
shahrida 
joylashgan 
huquqiy 
muammolarni o`rganish Markazi mutaxassislari Kengashi qarori bilan 
Markaz huzurida hakamlik sudi tashkil etilgan va uning Reglamenti, 
hakamlik sudi to`g`risida Nizom, hakamlik yig`imlari va chiqimlari 
to`g`risidagi Nizom, shuningdek uning faoliyatini tartibga soluvchi boshqa 
hujjatlar tasdiqlangan. 
Mazkur hakamlik sudlari Reglamentiga binoan, u fuqarolik huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan, xo`jalik sudiga taalluqli bo`lgan, 
taraflarning kelishuvi bilan hakamlar sudi ko`rishiga kelishilgan nizolarni 
ko`radi. Hakamlik sudlariga yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar 
murojaat qilish huquqiga egadirlar. Qonunning mavjudligi esa 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Хўжaлик прoтсeссуaл кoдeксигa шaрҳлaр. Т.: «Иқтисoдиѐт вa ҳуқуқ дунѐси» уйи., 
2002 йил,54-бeт
2
Фуқaрoлик Кoдeксидa «xoлислaр суди» дeйилсa, Хўжaлик прoтсeссуaл Кoдeксидa «ҳaкaмлaр суди» дeб 
юритилaди. Нaзaримиздa бир xил тeрмин ишлaтилсa, мaқсaдгa мувoфиқ бўлaди. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tadbirkorlikni mamlakatimizda yanada rivojlanishini, qolaversa hakamlik 
sudlarining mustaqilligini taminlaydi.
Doimiy faoliyat ko`rsatadigan hakamlik sudlari O`zbekiston 
Respublikasining 29.08.2001 yildagi «Birjalar va birja faoliyati 
to`g`risida»gi qonunining (yangi tahrir) 26-moddasiga binoan birjalar 
huzurida tuzilishi mumkin. Mazkur modda mazmuniga binoan, birja 
azolari, birja savdolarining ishtirokchilari va ularning mijozlari o`rtasida 
birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib 
chiqadigan nizolar birjaning hakamlik komissiyasi yoki sud tomonidan hal 
qilinadi. Nizolarni ko`rib chiqish uchun hakamlar komissiyasi tomonidan 
yig`im undirish taqiqlanadi. Ushbu modda birjalar huzurida hakamlik 
sudlari tashkil etish va ishtirokchilar o`rtasida birja faoliyati yuzasidan 
vujudga keladigan nizolarni ko`rib chiqib, hal etish imkoniyatini beradi. 
Qonun hujjatlari bilan bu kabi komissiya yoki hakamlar sudlari vakolatiga 
birja bitimlarini tuzish bilan bog`liq nizolarni ko`rib chiqish ham berilishi 
mumkin. 
Bir narsani takidlash joizki, birjaning hakamlik komissiyalari 
o`zlariga berilgan bunday vakolatlardan lozim darajada foydalana 
olmoqdalar, deyish qiyin. 
O`zbekiston Respublikasi Xo`jalik prosessual kodeksining 25-
moddasi ish nafaqat xo`jalik sudi ish yurituviga qabul qilinishidan oldin, 
balki birinchi instansiya sudi ish yurituvining istagan bosqichida ham, 
xattoki, qaror qabul qilingunga qadar ham, tomonlar ishni hakamlik sudiga 
berish to`g`risida bitim tuzishlari mumkinligini nazarda tutadi. Bunda 
XPKning 88-moddasi 2-bandiga binoan, ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga ko`rish uchun topshirish 
to`g`risidagi kelishuvi bo`lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati 
yo`qolmagan bo`lsa va agar ishning xo`jalik sudida ko`rilishiga qarshi 
bo`lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal 
etishni hakamlik sudiga topshirish to`g`risida iltimosnoma bilan murojaat 
qilsa, xo`jalik sudi davoni ko`rmasdan qoldiradi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi 
qarori bilan mamlakatimiz 1958 yil 10 iyundagi «Xorijiy mamlakatlar 
hakamlar qarorlarini etirof etish va ijro etish to`g`risida»gi Nyu-York 
Konvensiyasini ratifakasiya qildi. Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida 
«har bir ahdlashuvchi davlat taraflarning arbitraj muhokamasining 
predmeti bo`lishi mumkin bo`lgan aniq bir shartnomaviy yoki boshqa 
huquqiy munosabatdan kelib chiqqan yoxud kelib chiqishi mumkin 
bo`lgan barcha yoki bazi nizolarni arbitrajga berish majburiyati 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko`rsatilgan yozma bitimni tan oladi» deb ko`rsatilgan. Shunday ekan, 
mazkur Konvensiyaga qo`shilish xorijiy hakamlar qarorlarini O`zbekiston 
hududida va aksincha, O`zbekiston hakamlar qarorlarini xorijiy 
mamlakatlar hududida tan olinishiga imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin