17-BOB. XO`JALIK NIZOLARINI HAL ETISH
1-§. Xo`jalik nizolari tushunchasi va ularning kelib chiqish
asoslari
Xo`jalik
nizolari deganda, har qanday yuridik shaxs yoki yakka
tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgi-langan tarzda olgan
fuqarolar-xo`jalik yurituvchi sub-yektlarning huquqlari yoxud qonun bilan
qo`riqlanadigan manfaatlarining buzilishi natijasida ular o`rtasida yuzaga
keladigan kelishmovchiliklar tushiniladi.
Bu nizolar-iqtisodiyot
sohasidagi yuridik shaxslar, yuridik shaxs
tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka
tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar
o`rtasidagi fuqaroviy. mamuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadi.
Xo`jalik nizolarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuza-sidan kelib
chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma
yuza-sidan kelib chiqqan
bo`lib, hal etish uchun xo`jalik sudiga topshirish haqida taraflar o`zaro
kelishgan ixtiloflar;
shartnoma shartlarini o`zgartirish yoki shartnomani bekor qilish
haqidagi nizolar;
mulk huquqini tan olish to`g`risidagi nizolar;
majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi
to`g`risidagi nizolar;
mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-
mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to`g`risidagi
nizolar;
mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining
huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan
holda
buzilganligi to`g`risidagi nizolar;
yetkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi nizolar. Bu turdagi nizolar
davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari yoki ushbu
organlar
mansabdor
shaxslarining
g`ayriqonuniy
harakatlari
(harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o`zini-o`zi
boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan
hujjat chiqarilishi natijasida yetkazilgan zarar bilan bog`liq bo`lishi ham
mumkin;
www.ziyouz.com kutubxonasi
shan, qadr-qimmat va ishchanlik obro`sini himoya qilish to`g`risidagi
nizolar;
davlat organlari va fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining
qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning
huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan
manfaatlarini buzadigan
hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqikiy emas deb topish to`g`ri-sidagi
nizolar;
undirish so`zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro
hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish
to`g`risidagi nizolar;
davlat ro`yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda
davlat ro`yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan
berilgan shikoyatlar
bilan bog`liq nizolar;
agar qonunda so`zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda
tutilmagan bo`lsa, tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi davlat
organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish
to`g`risidagi nizolar;
tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi
organlar tomonidan qonun
hujjatlarining talablarini buzgan holda so`zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan
chikarilgan pul mablag`larini budjetdan qaytarish to`g`risidagi nizolardir.
Dostları ilə paylaş: