bo`yin tovlash
– bu amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq, vakillik organiga faoliyatini ro`yxatdan
o`tkazish yoki uni tiklash yoxud o`zgartirishni so`rab murojaat etishga
majbur bo`lsa-da, lekin qasddan buni bajarmaydi, yoinki bila turib
o`zining murojaatini ko`rib chiqishni imkonsiz qilib qo`yadi.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq,
tadbirkorlik doirasida amalga oshirilayotgan savdo yoki vositachilik
faoliyati majburiy davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. Qonun fuqarolik
huquqiy xususiyatga ega bo`lgan bir marotabali bitimlarni tuzish uchun
tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tishni talab qilmaydi. Mehnat
1
Ушбу xулoсa Ўзбeкистoн Рeспубликaси Aдлия вaзирлиги тoмoнидaн 2004 йил 5 oктaбрдa 1416-сoн билaн
рўйxaтгa oлингaн “Ўзбeкистoн Рeспубликaсидa чeт eллик юридик шaxслaрни дaрoмaд (фoйдa)лaрини сoлиққa
сoлиш тaртиби тўғрисидa”ги Йўриқнома (янги тaҳрири)нинг тaҳлилидaн кeлиб чиқaди.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bitimiga (kontrakt) muvofiq, majburiyatlarni bajarish savdo yoki
vositachilik faoliyati hisoblanmaydi. Qonunchilik yoki huquqiy ananalarga
muvofiq, kasbiy (xususiy) amaliyotning bazi bir turlari maxsus ro`yxatdan
o`tishni talab qilmaydigan deb tan olinadi. Masalan, xususiy amaliyotga
ega notarius, advokat va hokazolardan qo`shimcha ro`yxatdan o`tish talab
qilinmaydi. Shu bilan birga, bazi tovarlar, ishlar va xizmatlarga nisbatan
(masalan, talim bo`yicha, tibbiyot bo`yicha xizmatlar) amalga
oshiriladigan savdo yoki vositachilik faoliyati ro`yxatdan o`tkazilishi shart.
O`z mazmuni bo`yicha g`ayriqonuniy bo`lgan faoliyat, masalan,
fohishalik, narkotik moddalar savdosi ro`yxatga olinmaydi va savdo yoki
vositachilik faoliyati hisoblanmaydi. Ularning amalga oshirilganligi uchun
Jinoyat kodeksida boshqa moddalar bo`yicha javobgarlik nazarda tutilgan.
Savdo va vositachilik faoliyati bilan shug`ullanadigan shaxslarni
qonunchilikka muvofiq ro`yxatga olishga vakolatli organ hamda sud
ro`yxatga olinganlikni to`xtatib qo`yishi yoki umuman bekor qilishi
mumkin. Bunday holatlarda savdo yoki vositachilik faoliyatini davom
ettirish g`ayriqonuniy savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish
deb topilishi lozim. Ro`yxatga olingan shaxs uchun yoxud savdo va
vositachilik faoliyatlaridan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun
ro`yxatdan o`tib, savdo yoki boshqa vositachilik faoliyatini amalga
oshirayotgan shaxslarning harakatlarini JK 188-moddasi bo`yicha
kvalifikasiya qilish lozim.
Qonunga xilof ravishda savdo yoki vositachilik faoliyati bilan
shug`ullanish
deganda, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish
maqsadida qonunda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tmasdan shunday
faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. Shuningdek, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 maydagi 154-sonli
«Jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar
olib kelinishini tartibga solish to`g`risida»gi qaroriga ko`ra 2002 yil 1
iyundan boshlab tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan tovarlarni olib
keluvchi jismoniy shaxslar uchun ularni yuridik shaxs tashkil etmasdan
eksport-import operasiyalarini amalga oshirish, ulgurji va chakana savdo
qilish huquqi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan
tartibda majburiy ro`yxatdan o`tkazish va mazkur qarorning 1-bandiga
muvofiq, yuridik shaxs tashkil etmasdan eksport-import operasiyalarini
amalga oshirish, ulgurji va chakana savdo qilish huquqi bilan yakka
tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan
jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan tovarlarni sotish tovarlarning
O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini va bojxona
www.ziyouz.com kutubxonasi
to`lovlari to`langanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lgan taqdirda
amalga oshirish mumkinligi belgilab qo`yilgan.
Ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlash
– subyektning ro`yxatdan o`tish
to`g`risidagi murojaatini ko`rib chiqishni imkonsiz qilib qo`yadigan
harakatlarni amalga oshirishida ifodalanishi mumkin. Bu subyekt shunday
harakatlarni amalga oshiradiki, natijada murojaatni ko`rib chiqish mumkin
bo`lmay qoladi.
Murojaatni ko`rib chiqishning imkonsizligi
deganda, kelib tushgan
ariza bo`yicha vakolatli organning tegishli qarorni qabul qila
olmaganligiga sabab bo`lgan obyektiv mavjud vaziyatni tushunish lozim.
Ko`rib chiqishning imkonsizligi murojaatni yo`qotish, unda noto`g`ri
malumotlar berish, belgilangan davlat bojini to`lamaslik, murojaatni
tushunish qiyin bo`lgan shaklda bayon etish va hokazo harakatlar bo`lishi
mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, murojaatni ko`rib chiqishning
imkonsizligi faqat aybdor ongida mavjudligi bilan emas, balki obyektiv
holatlar bilan ham tavsiflangan bo`lishi lozim.
Ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlash aybdor savdo yoki vositachilik
faoliyatini amalga oshirishni boshlagan paytdan
tugallangan
hisoblanadi.
Shu bilan birga, qilmish mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin ancha
miqdorda sodir etilsa, jinoiy jazolanishi taqazo etiladi. Bunda shuni qayd
etish lozimki, miqdorni subyekt ro`yxatdan o`tmasdan savdo yoki
vositachilik faoliyati natijasida olgan foydaning haqiqiy summasiga asosan
belgilash zarur, biroq bunda uning mazkur faoliyatni amalga oshirishida
qilgan xarajatlarini ham hisobga olish lozim.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi 1-
qismiga ko`ra, aybdor mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin ham
yuqoridagi qilmishni sodir etsa, mazkur moddaning ko`rib chiqilayotgan
qismi bo`yicha jinoiy javobgar bo`ladi. Mazkur jinoyat aybning qasd
shakli bilan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish maqsadi nazorat
qilinmaydigan foyda (daromad) olish jinoyatining zaruriy belgisi
hisoblanadi.
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda
shug`ullangan, 16 yoshga to`lgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi
mumkin. Mazkur jinoyat subyektining maxsus belgisi – u savdo yoki
vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsligidir. Tegishli tartibda
ro`yxatdan o`tmasdan ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan
shaxsning harakatlarini sharhlanayotgan modda bo`yicha kvalifikasiya
qilish mumkin emas. Bunday holatda shaxs harakatlari tegishli belgilar
mavjud bo`lganda boshqa moddalar bo`yicha kvalifikasiya qilinishi shart.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekiston Respublikasi JKning 188-moddasi 1-qismiga ko`ra,
nazorat qilinmaydigan ancha miqdorda foyda (daromad) olish maqsadida
belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlab, savdo yoki
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanish, shunday harakatlar uchun
mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, uch yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ahloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda
ro`yxatdan o`tishning belgilangan tartibini buzgan holda shug`ullanish,
xavfli residivist tomonidan, ko`p miqdorda yoki bir guruh shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa aybdor JK 188-
moddasi 2-qismi bilan javobgar qilinadi. Unga ko`ra shaxs uch yilgacha
muayyan huqukdan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining bir yuz
ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha
qamoq bilan jazolanadi.
Mazkur moddaning 3-qismida juda ko`p miqdorda yoki uyushgan
guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan savdo yoki
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanganlik uchun javobgarlik nazarda
tutilgan. Bunday jinoyat uchun aybdor uch yilgacha muddatga muayyan
huquqdan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining uch yuz
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaxs savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda
shug`ullana turib, xaridorlar yoki buyurtmachilarni aldasa, uning
qilmishlari O`zbekiston Respublikasi JK 187, 188-moddalari bo`yicha
jinoyatlar jami tariqasida javobgar qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |