2-§. Xo`jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish uchun jinoiy javobgarlik.
1996 yil 26 aprelda O`zbekiston Respublikasining "Istemolchilarning
huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi qonunni qabul qilish bilan bu
sohadagi huquqiy masalalar tartibga solingan.
Ushbu jinoyat shaxsning xo`jalik faoliyati sohasidagi manfaatlari,
shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog`ligiga qarshi qaratilgan
tajovuzlarda ifodalanadi.
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish jinoyati tovar bozoriga
sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish natijasida istemolchilarning
badanga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazilishida ifodalanadi.
Mahsulot chiqarish
deganda, biron-bir mahsulotni buyurtmachi yoki
istemolchiga topshirish yoki jo`natish tushuniladi.
Sotish
deganda,
tovarlarni bevosita istemolchilarga sotish nazarda tutiladi.
Tahlil qilinayotgan modda bo`yicha javobgarlik sifatsiz mahsulotni
tovar bozoriga chiqarish yoki sotish natijasida badanga o`rtacha og`ir yoki
og`ir shikast yetkazilgan hollardagina vujudga keladi.
Sifatsiz mahsulot
deganda, davlat standarti talablariga, meyoriy
normalarga javob bermaydigan va sifat sertifikatiga ega bo`lgan
mahsulotlar tushuniladi. Mahsulot har qancha sifatsiz bo`lsada, o`rtacha
og`ir yoki og`ir tan jarohati yetkazish xususiyatiga ega bo`lmasa, Jinoyat
kodeksining 186-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning predmeti bo`la
www.ziyouz.com kutubxonasi
olmaydi. Unday holda bunday qilmishni sodir qilgan shaxslarga mamuriy,
intizomiy va boshqacha choralar ko`riladi.
Ushbu jinoyatning
predmeti
sifatida har qanday oziq-ovqat
mahsulotlari nazarda tutilgan. Lekin jinoiy javobgarlik yuzaga kelishning
sharti sifatida jinoiy oqibat yuz bergan bo`lishi kerak, qilmishni bevosita
ushbu modda bilan kvalifikasiya qilish uchun jinoiy oqibat kelib chiqqan
bo`lishi shart"
1
.
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulotni chiqarish yoki sotish natijasida
fuqarolarning sog`ligi uchun mazkur moddada ko`rsatilgan oqibatlar kelib
chiqmasa, jinoiy javobgarlik ham bo`lmaydi. Biroq “Istemolchilarning
huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi qonunning 20-moddasiga
muvofiq, tovar (ish, xizmat)ning tuzilishi, ishlab chiqarilishi, tarkibidagi
va boshqa nuqsonlari, shuningdek, istemolchining hayoti, sog`lig`i yoki
mol-mulkining xavfsizligini tamin eta olmaydigan materiallar, uskunalar,
asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo`llanilishi oqibatida
istemolchining hayotiga, sog`lig`i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Sotuvchi
(ishlab
chiqaruvchi,
ijrochi)
bilan
shartnoma
munosabatlariga kirishgan, kirishmaganligidan qatiy nazar, har qanday
istemolchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararning
qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Istemolchining hayoti, sog`lig`i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar,
agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlik)
muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar
ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan etiboran o`n yil
mobaynida yuzaga kelgan bo`lsa qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bartaraf qilib bo`lmaydigan
kuch yoki foydalanish, uni saqlash yoxud tashishning belgilangan
qoidalari istemolchi tomonidan buzilishi tufayli zarar yetkazilganligini
isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish qasddan sodir etiladi, kelib
chiqqan oqibatlar (sog`liqqa zarar yetkazilishi, odamlar o`limi) borasida
esa shaxsning aybi ehtiyotsizlikda ifodalanadi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-
qismiga ko`ra, tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish
badanga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng
1
Ф.Тoxирoв. Сифaтсиз мaҳсулoт чиқaриш ѐки сoтиш
учун
жинoий жaвoбгaрлик. “қoнун ҳимoясидa" 2000 йил, 2-
сoн, 42 бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 2-qismida odamning o`limiga sabab bo`lgan
sifatsiz mahsulotni chiqarganlik yoki sotganlik uchun javobgarlik nazarda
tutilgan. Unga ko`ra shaxs uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Tahlil qilinayotgan moddaning 3-qismida sifatsiz mahsulot
chiqarganlik yoki sotganlik natijasida:
odamlar o`limiga;
boshqa og`ir oqibatlarning yuzaga kelganligi uchun javobgarlik
nazarda tutilgan.
Boshqacha og`ir oqibatlar
deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning
badaniga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazilishi sog`liqqa zarar
yetkazish, odamlarning yalpi zaharlanishi va boshqalar tushuniladi. Unga
ko`ra shaxs yetti yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: |