8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida
amalga oshiriladi.
Agar qonun bilan belgilangan bu qoidalar fuqarolar va mansabdor
shaxslar tomonidan buzilsa, bu huquqbuzarlik
budjet intizomini buzish
deb
topiladi
.
Budjet intizomini buzishning
ijtimoiy xavfi
mazkur jinoyat sodir
etilishi natijasida budjetda asossiz taqchillik paydo bo`lishini, yordamga
muhtoj muassasa va tashkilotlarni talab qilingan vositalar, mablag`lar bilan
taminlamaslik uchun haqiqiy asos paydo bo`ladi. Sharhlanayotgan
jinoyatning sodir etilishi davlat mablag`larini samarali, to`liq natija bilan
va o`z o`rnida ishlatishga yo`l bermaydi. Buning natijasida aholining
alohida qatlamlari orasida boqimandalik, norozilik kayfiyati shakllanadi,
bu esa O`zbekistonda o`tkazilayotgan islohotlarning jamiyat tomonidan
idrok qilinishiga salbiy tasir o`tkazadi, ularni obro`sizlantiradi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184
1
-moddasiga ko`ra
ushbu jinoyatlarning obyekti - qonun hujjatlari bilan belgilangan budjet
mablag`laridan qonuniy foydalanish tartibi hisoblanadi.
Jinoyat Kodeksining 184
1
- moddasida nazarda tutilgan jinoyat
quyidagi harakatlarda, yani:
1) budjet mablag`larini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan
muassasalar
va
tashkilotlarning
smetalarida
nazarda
tutilmagan
xarajatlarga yo`llashda;
2) shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo`yicha
budjetdan ajratilgan mablag`larning limitlardan ortib ketishida,
3) shtat smeta intizomini buzishda ifodalanadi.
Jinoyat mazkur moddaning dispozisiya qismida nazarda tutilgan
harakatlardan bittasi sodir etilgan paytdan etiboran tamom bo`lgan, deb
topiladi.
Budjet intizomini buzish predmeti
deb, budjet mablag`lari, yani
davlat budjetiga kirgan va qonunda o`rnatilgan tartibda bu mablag`larni
oluvchiga ajratilgan moddiy va pul mablag`lari tan olinishi lozim.
Budjet mablag`larini ajratish
deganda, oluvchiga moddiy va pul
mablag`larini bevosita yo`naltirish hamda unga tegishli bo`lgan vositalarni
maqsadli ishlatish sharti bilan budjetga o`tkazishga ruxsat tushuniladi.
Davlat budjeti yoki uning qismi tarkibiga kirmaydigan
Dostları ilə paylaş: