budjet mablag`laridan maqsadsiz foydalanish
deb
tan olinadi.
Budjet mablag`larini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan
muassasalar
va
tashkilotlarning
smetalarida
nazarda
tutilmagan
xarajatlarga yo`llash amalda maqsadsiz foydalanilgan yoki xarajat qilingan
paytdan boshlab
tugallangan
jinoyat deb tan olinishi lozim. Bu
mablag`larni keyinchalik maqsadsiz foydalanish yoki yo`naltirish
maqsadida taqsimlash esa, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib,
sharhlanayotgan jinoyatga tayyorgarlik ko`rish yoxud uni amalga
oshirishga suiqasd qilish deb kvalifikasiya qilinishi lozim.
Chiqim moddalari bo`yicha budjetdan mablag` ajratish limitidan
oshib ketishi
jinoyat subyektining faol harakatlarida ifodalanadi, ular
ajratilgan budjet mablag`laridan maqsadli foydalanishda, yani ulardan
belgilangan navbat doirasida foydalanadi, lekin xarajatlarning bir guruhi
doirasida rejalashtirilgan (limit) va amalda qilingan xarajatlar o`rtasidagi
manfiy farqni shaklantirishda ifodalanadi.
Budjetdan mablag` ajratish xarajatlari limitini oshirishni tugallangan
jinoyat
deb tegishli guruhda rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar
o`rtasida manfiy farq paydo bo`lgan paytdan hisoblanadi.
Budjet mablag`larini budjet yoki smetada nazarda tutilmagan
xarajatlarga yo`naltirishni budjetdan mablag` ajratish limitini oshirishdan
farqlash lozim. Budjet mablag`larini yo`naltirish – bu tegishli budjet yoki
smetada nazarda tutilmagan xarajatlarni mablag` bilan taminlashdir, budjet
mablag`larini oshirish esa, tegishli budjet yoki smetada nazarda tutilgan
rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar o`rtasida manfiy farq paydo
bo`lishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, budjet mablag`larini
yo`naltirishda mazkur mablag`lar nafaqat pul mablag`larida, balki moddiy
qadriyatlarda ham ifodalanishi mumkin, biroq budjetdan mablag` ajratishni
amalga oshirishda jinoyat predmeti faqat pul mablag`lari bo`lishi mumkin.
Shtat-smeta intizomi buzilishi
O`zbekiston Respulikasi qonunchiligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
tomonidan belgilangan smetalarni hamda budjet tashkilotlari va
muassasalari xodimlarining shtat jadvali va tarifikasiya ro`yxatlarini ishlab
chiqish, tasdiqlash, o`zgartirish va ro`yxatga olish tartibiga rioya
qilmaslikdir
1
.
Aybdor harakatini budjet intizomini buzish subyektini mamuriy
javobgarlikka tortgandan so`ng, JK 184
1
-moddasining 1-qismi bo`yicha
kvalifikasiya qilish lozim, yani JK 184
1
-moddasi 1-qismi bo`yicha shaxsni
javobgarlikka tortish uchun mamuriy preyudisiya talab qilinadi.
Budjet intizomini buzish qonunda formal tarkibli qilmish sifatida
ifodalangan, yani budjet intizomini buzish ijtimoiy xavfli qilmish deb tan
olinishi uchun majburiy belgi sifatida oqibatning mavjudligi talab
qilinmaydi. Biroq bu oqibatlar sud tomonidan har bir alohida holatda jazo
tayinlashda hisobga olinadi.
JK
184
1
-moddasi
1-qismi
dispozisiyasida
nazarda
tutilgan
qilmishlardan biri sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat
tugallangan
deb
hisoblanadi.
Subyektiv tomondan
tahlil sharhlanayotgan jinoyat to`g`ri qasd
shaklidagi ayb bilan tavsiflanadi. Aybdor o`z qilmishlarining ijtimoiy
xavfliligini anglaydi va uni sodir etishni xohlaydi.
Jinoyat
subyekti
o`n olti yoshga to`lgan va budjet mablag`larini
taqsimlash hamda sarflash, shuningdek, shtat-smeta intizomiga rioya
etilishi uchun masul bo`lgan shaxsdir. Qonunchilikka muvofiq bunday
shaxslar – budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari,
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari,
shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari
hisoblanadi
2
.
Aybdor mamuriy javobgarlikka tortilganidan so`ng, yana budjet
intizomini buzsa, Jinoyat Kodeksining 184
1
-moddasining 1-qismi bilan
javobgarlikka tortiladi.
Budjet intizomini ko`p miqdorda buzish 184
1
-moddaning 2-qismida
,
juda ko`p miqdorda buzish esa 184
1
-moddaning 3-qismida ko`rsatilgan
jinoyat uchun javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Yetkazilgan zarar hajmini baholash budjet tashkilotining budjeti
yoxud smetasida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo`naltirgan budjet
mablag`larini, budjetdan mablag` ajratishni oshirishni yoki bir moliyaviy
1
Мaсaлaн, Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaси тoмoнидaн 1999 йил 3 сeнтaбрдaги 414-сoнли қaрoр
билaн тaсдиқлaнгaн “Буджeт тaшкилoтлaрини мaблaғ билaн таъминлaш Тaртиби”, 38-бaнд.
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaси тoмoнидaн 1999 йил 3 сeнтaбрдaги 414-сoнли қaрoр
билaн тaсдиқлaнгaн “Буджeт тaшкилoтлaрини мaблaғ билaн таъминлaш Тaртиби”, 37-бaнд.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yil chegarasida shtat-smeta intizomini buzish natijasida olingan umumiy
summa asosida amalga oshiriladi. Miqdorni aniqlashda boshqa moliyaviy
yil davrida asossiz sarflangan mablag`lar hisobiga olinmasligi lozim
(masalan, ikki yil ichida asossiz sarflangan vositalarning umumiy
summasini ko`p miqdor sifatida tan olish mumkin emas – har bir
moliyaviy yil uchun avvalgi yoki keyingi yil bilan qo`shilmaydigan o`z
miqdori belgilanishi lozim).
Moliyaviy yil
deganda, 1 yanvardan 31 dekabr
kuni oxirigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oluvchi davrni tushunish lozim
1
.
Shuni ham qayd etish lozimki, tashkilot budjeti yoki smetasida nazarda
tutilmagan xarajatlarga yo`naltirilgan va pul mablag`larida emas, balki
mulk shaklida ifodalangan budjet mablag`lari miqdorini aniqlashda
tegishli smeta yoxud budjetda ko`rsatilgan mulkning narxidan kelib
chiqish lozim.
Qonunda budjet intizomini buzishning alohida shakli sifatida
budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi,
nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to`lovi
uchun pul mablag`lari berishni asossiz ravishda kechiktirilganligi
hisoblanadi.
Ushbu modda 4-qismi budjetdan moliyalanadigan muassasa va
tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan
boshqa xarajatlar to`lovi uchun pul mablag`lari berishning bank rahbarlari
va
boshqa
mansabdor
shaxslari
tomonidan
asossiz
ravishda
kechiktirilishida ifodalanadi.
Pul mablag`lari berishni kechiktirish
deganda, budjet tashkiloti va
muassasalari kabi oluvchilarga pul mablag`lari muddatida to`liq yoki
qisman o`tkazib berilmasligini tushunish lozim. Bunda shuni qayd etish
lozimki, ish haqi, nafaqa, stipendiya va ularga tenglashtirilgan boshqa
to`lovlar bo`yicha pul mablag`larini berish muddati jamoa kelishuvlari,
Hukumat qarorlari, vazirliklar buyruqlari, Markaziy bank yo`riqnomalari
bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan har bir alohida holatda mablag`lar
to`lanishi shart bo`lgan muddat aniqlanadi.
Shuni qayd etish lozimki, pul mablag`larini muddatida o`tkazib
berish to`liq yoki qisman bo`lishi mumkin, yani bu bank budjet tashkiloti
yoxud muassasasiga beriladigan mablag`larning qismi dastlab berilgan-
berilmaganligi bilan bog`liqdir. Xususan, agar pul mablag`larining bir
qismi berilgan bo`lsa, muddatidan qisman o`tkazib berish deb hisoblanadi,
agar muddatidan o`tkazib berish to`liq summaga teng bo`lsa, unda to`liq
1
Қaрaнг: ўшa жoйдa, 3-мoддa. // Oлий Мaжлис Axбoрoтнoмaси, 2002, 1-2-сoнлaр, 6-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
muddatidan o`tkazib berish hisoblanadi. Muddatidan o`tkazib berish
xususiyati qilmishni kvalifikasiya qilishga tasir qilmaydi, biroq sud
tomonidan jazo tayinlashda hisobga olinishi lozim.
Jinoyat budjetdan moliyalanadigan muassasa va tashkilotlarga ish
haqi, nafaqalar, stipendiyalar va boshqa xarajatlar to`lovi uchun pul
mablag`lari berish asossiz ravishda kechiktirilgan paytdan tamom bo`lgan
deb topiladi.
JK
184
1
-moddasining
4-qismida
aybdor
mamuriy
jazoga
tortilganidan keyin jinoyatni sodir qilsagina jinoiy javobgarlik vujudga
keladi. Budjet intizomini buzish jinoyati qasddan sodir etiladi.
184
1
-moddaning 1, 2, 3-qismlari bo`yicha 16 yoshga to`lgan va
budjet intizomini buzgan shaxs, 4-qismi bo`yicha esa pul mablag`larini
berish haqida qaror qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan rahbarlar yoki
boshqa mansabdor shaxslar javobgar bo`lishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |