boshqa to`lovlar
– bu amaldagi qonunchilik bilan belgilangan, turli
maqsadli davlat budjetidan tashqari jamg`armalarga jismoniy va yuridik
shaxslar daromadlaridan pul mablag`larini majburiy o`tkazish, masalan,
Nafaqa fondi, Yo`l fondi, ijtimoiy va shaxsiy sug`urta, mulk sug`urtasi
bo`yicha to`lovlar va hokazo.
Bunda soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa majburiy to`lovlarning
ro`yxati O`zbekiston Respublikasi qonunlarida ko`zda tutilganligini
hisobga olish lozim va shuning uchun har bir alohida vaziyatda mazkur
jinoyat aynan qaysi individual belgilangan to`lovga nisbatan sodir
etilganligini aniqlash lozim.
Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash jinoyati
davlatning moliyaviy sohada faoliyat ko`rsatishi bilan bog`liq ijtimoiy
munosabatlarga qarshi qaratilgan tajovuzlarda ifodalanadi, soliq solinishi
lozim bo`lgan obyektlar Soliq kodeksida belgilab qo`yiladi.
Soliq kodeksining 10-moddasiga muvofiq jami daromad bilan
mazkur kodeksda belgilangan chegirmalar o`rtasidagi farq sifatida
hisoblangan daromad (foyda) soliq solish obyektidir. Soliq solinadigan
obyektlarni yashirish deganda, 6uxgalteriya hisobotlarida daromadlar va
xarajatlardan tashqari soliq solish obyektlarini aks ettirmaslik tushiniladi.
Soliq solinadigan obyektlarni kamaytirib ko`rsatish deganda, soliq
www.ziyouz.com kutubxonasi
solinadigan manbalarni to`g`ri hisoblamaslik, uni qonunga xilof ravishda
kamaytirib ko`rsatish tushiniladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, daromad (foyda) yoki soliq solishning
boshqa obktlarini yashirish yoxud kamaytirib ko`rsatish – soliq yoki
boshqa to`lovlardan bo`yin tovlash uslubidir. Boshqacha aytganda, soliq
to`lashdan bo`yin tovlash turli uslublarni o`z ichiga olgan kengroq
tushunchadir, uni davlat yoxud mahalliy budjet hisobiga majburiy
to`lovlarning olinadigan hajmini pasaytirish maqsadida soliq organlarini
aldash deb tushunish lozim.
Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar, boj va boshqa
to`lovlarni
to`lashdan
bo`yin
tovlash
deganda,
shu
to`lovlarni
to`lamaslikka qaratilgan har qanday harakatlarni sodir etish tushiniladi.
Soliq va boshqa to`lovlardan bo`yin tovlash quyidagi majburiy
shartlar mavjud bo`lgandagina jinoyat deb tan olinadi: to`lanmagan
to`lovning ancha miqdordaligi va mamuriy preyudisiya.
Jinoyat ancha miqdordagi soliqlar yoki boshqa to`lovlarni to`lashdan
bo`yin tovlashga qaratilgan harakatlar sodir etilgan paytdan etiboran
tamom bo`lgan deb topiladi.
Subyektiv tomondan
jinoyat aybning qasd shakli bilan sodir etiladi.
Aybdor o`z harakatlari ijtimoiy xavfliligini anglaydi va soliqlar yoxud
boshqa to`lovlarni yirik hajmda to`lamaslik oqibatini keltirib chiqarishni
xohlaydi yoxud bunga ongli ravishda yo`l qo`yadi. Ijtimoiy xavfli
oqibatlarning
vujudga
kelishi
imkoniyatlarini
bilmaslik
jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Mazkur jinoyat ehtiyotsizlik yuzasidan
sodir etilishi nazarda tutilmagan.
Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozisiyasiga binoan soliqlarni
to`lashdan bo`yin tovlash harakatda, xuddi shuningdek, harakatsizlikda
ham ifodalanishi mumkinligidan, ammo faqat qasddan sodir etilishidan
kelib chiqib tergov organlari va sudlar har bir ish bo`yicha soliq to`lashdan
bo`yin tovlayotgan shaxsning maqsadini va haqiqiy niyatini aniqlashga
majburdirlar. Xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo`lish
oqibatida hisobni yoki hisobotni chalkashtirib yuborish, foydani
hisoblashda xatoga yo`l qo`yish holatlarining o`zinigina Jinoyat
kodeksining 184-moddasi bilan kvalifikasiya qilinishi mumkin emas, lekin
tegishli asoslar bo`lgan taqdirda Jinoyat kodeksining 207-moddasida
ko`zda tutilgan mansab sovuqqonligi jinoyatining tarkibini tashkil etadi.
“Agarda hisobot kichik va o`rta korxonalar, mikrofirmalar tomonidan
soliq organlariga xar chorakda taqdim etilishi lozim bo`lsa, oylik soliqlarni
yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashda bo`yin tovlash, misol uchun
www.ziyouz.com kutubxonasi
mansabga sovuqqonlik bilan qarash oqibatida, xisobot davri kelguna qadar
moliyaviy sanksiyani hisobga olgan holda keyinchalik ularni to`lgan
takdirda xam Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan kvalifikasiya
qilinishi mumkin emas”
1
.
Jinoyat
subyekti
o`n olti yoshga to`lgan shaxs hisoblanadi. Bunday
subyekt deb qonunga muvofiq daromad, foyda va soliq solishning boshqa
obyektlari haqida to`liq axborot berish hamda davlat foydasiga belgilangan
to`lovlarni kiritish vazifasi yuklatilgan shaxslar tan olinishi mumkin. Bular
qatoriga,
mulk
shaklidan
qati
nazar,
korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlarning soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lash bilan bog`liq
buxgalteriya hisobotini olib borish, hujjatlar taqdim qilish zimmasiga
yuklatilgan mansabdor shaxslar (korxona, muassasa va tashkilotlarning
rahbarlari, ularning o`rinbosarlari, bosh hisobchilari va hisobxonaning
mansabdor shaxslari) kiradi.
Qonunga binoan belgilangan hisobot shaklida xujjatlar taqdim
etishga va soliq to`lashga majbur bo`lgan jismoniy shaxslar (soliq
to`lovchilar) ham ushbu jinoyatning subyektlari bo`lishi mumkin. JK 184-
moddasida nazarda tutilgan jinoyatning sodir etilishini tashkil qilgan yoki
unga rahbarlik qilgan yoxud o`zlarining harakatlari bilan foydani
(daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning kamaytirilishida
ishtirok etishga rahbar, bosh hisobchi, soliq to`lovchini davat etgan, yoxud
bu jinoyatni sodir etilishiga maslahat, ko`rsatma bilan ko`maklashgan
boshqa shaxslar JK 30-moddasiga muvofiq va JK 184-moddasining
tegishli qismi bo`yicha jinoyatning ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi
yoki yordamchilar) sifatida javobgarlikka tortiladilar.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 2-
qismiga ko`ra, shaxs ushbu qilmishni takroran, ko`p miqdorda sodir etgan
bo`lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-
moddasi 3-qismiga ko`ra, qilmish juda ko`p miqdorda sodir etilgan bo`lsa,
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди Плeнумининг 2000 йил 28 aпрeлдaги 2-сoнли “Тaдбиркoрлик фaoлияти
билaн бoғлиқ қoнунчиликни қўллaш суд aмaлиѐти тўғрисидa”ги қaрoри, 17-бaнд, 2-қисм.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan
“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirishlar va
qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qonuniga binoan, Jinoyat kodeksining
184-moddasiga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlarga asosan qasddan
yashirilgan, kamaytirib ko`rsatilgan foydalar (daromadlar) bo`yicha
soliqlar va boshqa to`lovlar to`liq to`langan taqdirda, ozodlikdan mahrum
qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi", degan qismi bilan to`ldirilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 6 maydagi 154-sonli «Jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston
Respublikasi
hududiga
tovarlar
olib
kelinishini
tartibga
solish
to`g`risida»gi qaroriga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib
kelinadigan tovarlardan qo`shilgan qiymat solig`i, bojxona bojlari va
yig`imlar o`rniga yagona bojxona to`lovi to`lashni nazarda tutuvchi
bojxona to`lovlari undirishning tartibi joriy etilib, jismoniy shaxslar
tomonidan olib kelinadigan aksiz solig`i solinadigan tovarlarga amaldagi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va stavkalar bo`yicha aksiz solig`i
solinishi hamda tovarning kelib chiqish mamlakatidan qati nazar
tovarlarning barcha toifalari bo`yicha bojsiz olib kirish normalari
qo`llanilmagan holda tovarning bojxona qiymatidan:
oziq-ovqat tovarlari (undan tashqari) bo`yicha 40 foiz;
nooziq-ovqat tovarlari bo`yicha 70 foiz;
tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan un olib kelishda nul
stavka miqdorida yagona bojxona to`lovi undirilishi belgilab qo`yilgan.
Mazkur qarorga ko`ra, Davlat soliq qo`mitasi Nazorat-taftish bosh
boshqarmasining va O`zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mansabdor
shaxslariga O`zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi bilan kelishgan holda import
qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan
tovarlarning O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini rejadan tashqari tekshirish huquqi
berilib, tegishli hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda tovar musodara
qilinishi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |