Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

obyekti
o`rnatilgan tartib va bozorni samarali boshqarish qoidalari shaklidagi 
O`zbekiston iqtisodiyotining asoslari, xo`jalik yurituvchi subyektlarning 
o`z huquq va imkoniyatlarini amalga oshirishlariga to`sqinlik qiluvchi 
monopolistik faoliyatni amalga oshirishning oldini oluvchi munosabatlar 
hisoblanadi. Fakultativ obyekti xo`jalik subyekti sifatida faoliyat 
ko`rsatmaydigan 
alohida 
fuqarolar 
va 
davlatning 
qonun 
bilan 
qo`riqlanadigan huquq va manfaatlari bo`lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183-moddasi 1-
qismida nazarda tutilgan harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib 
www.ziyouz.com kutubxonasi


borish vakolati berilgan organga axborot bermaslikdan yoki bila turib 
haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumotlarni taqdim qilishdan iborat 
bo`ladi. 
O`zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko`ra, “Tovar bozorlarida 
raqobatni rivojlantirishga ko`maklashish, xo`jalik yurituvchi subyektlar, 
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda to`xtatib 
qo`yish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib 
boradi"
1
. Bularga O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi
2
, shuningdek, 
uning hududiy organlari kiradi. Aynan qo`mita bo`linmalari va 
qo`mitaning o`zi bir butunlikda monopoliyaga qarshi faoliyat olib borishga 
vakolatli organ sifatida qabul qilinadi. Shu sababli axborot bermaslik yoki 
haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumotlarni, bila turib, boshqa davlat 
organlariga taqdim qilish monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish 
sifatida kvalifikasiya qilinishi mumkin emas. 
O`zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi amaldagi Qonuniga asosan
davlat monopoliyaga qarshi organ so`rov asosida uning turi va sifat 
xususiyati hamda xo`jalik subyekti uchun ahamiyatliligidan qati nazar 
istalgan axborotni olish huquqiga ega
3
. Masul shaxslar davlat qo`mitasiga 
har qanday axborotni, yani: 

xo`jalik yurituvchi subyektning ustav jamg`armasidagi 
aksiyalarning o`ttiz beshdan ortig`ini, ulushini har qanday usulda (xarid 
qilish, almashtirish, hadyaga olish, ishonchli boshqaruv va hokazo) olishi 
to`g`risida; 

xo`jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib 
borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini 
belgilash imkonini beruvchi huquqlarni har qanday usulda (saylash, 
kelishuv, topshiriq va boshqalar orqali) olishi to`g`risida; 

bitimlar to`g`risida, yani uning natijasida tabiiy monopoliya 
subyekti tovar ishlab chiqarish (realizasiya) uchun mo`ljallanmagan, davlat 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 1996 йил 27 дeкaбрдaги "Тoвaр бoзoрлaридa мoнoпoлистик фaoлиятни 
чeклaш вa рaқoбaт тўғрисидa"ги Қoнуни, 9-мoддa, 1-қисм. // Oлий Мaжлис Axбoрoтнoмaси, 1997, 2-сoн, 54-бeт.
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Прeзидeнтининг “Ўзбeкистoн Рeспубликaси Мoнoпoлиядaн 
чиқaриш, рaқoбaт вa тaдбиркoрликни қўллaб-қуввaтлaш дaвлaт қўмитaсини тaшкил eтиш тўғрисидa” 2005 йил 2 
мaйдaги Фaрмoни, 3602-сoн. 
3
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 1996 йил 27 дeкaбрдaги "Тoвaр бoзoрлaридa мoнoпoлистик 
фaoлиятни чeклaш вa рaқoбaт тўғрисидa"ги Қoнуни, 11, 12-мoддaлaр. // Oлий Мaжлис Axбoрoтнoмaси, 1997, 2-
сoн, 54-бeт. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan tartibga solinadigan, asosiy vositalarga mulk huquqini qo`lga 
kiritishi yoki asosiy vositalardan foydalanish huquqini olishi, agar ushbu 
asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti mablag`ini 
o`n foizidan ortig`ini tashkil etsa

tabiiy monopoliya subyekti boshqa xo`jalik subyektiga 
egalik huquqini yoki tabiiy monopoliya to`g`risidagi qonunchilik bilan 
tartibga solinadigan asosiy vositalarning bir qismidan foydalanish 
huquqini beradigan bitimlar to`g`risida, agar ushbu asosiy vositalarning 
balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti mablag`ining o`n foizidan 
ortig`ini tashkil etsa;

xolding tashkil etish, yani aktivlari qatoriga boshqa 
tashkilotlarning nazorat paketi aksiyalari kiradigan ochiq turdagi 
aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish to`g`risida;
1

muayyan xo`jalik subyektining tovar bozoridagi, savdo-
sotiq hajmi va bozordagi ulushi chegarasini belgilovchi malumotlarni. 
Bunday malumotlar qatoriga, masalan, tovarlarni realizasiya qilish, ularni 
muayyan hududlarga olib kirish va ulardan olib chiqish hajmi to`g`risidagi 
malumotlarni kiritish mumkin; 

O`zbekiston 
Respublikasi 
Monopoliyadan 
chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi Komissiyasi 
yoki ularning hududiy organlari tomonidan monopoliyaga qarshi 
qonunchilikni buzganlik to`g`risidagi ishlarni tayyorlash va ko`rish uchun 
talab etiladigan, shuningdek, uning qaror va yo`riqnomalarini ijro etish 
uchun zarur bo`ladigan malumotlar. Javobgar shaxslar nafaqat kerakli 
hujjatlarni taqdim etishi, balki zarur hollarda o`zlari suhbatlarga kelib, 
yozma tushuntirish berishlari lozim. 

monopol mahsulotga qatiy va tartibga soluvchi narxlarni 
(tariflarni) shakllantirish, asoslash va qo`llashga doir; 

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan istemolchilarga 
realizasiya qilinadigan tovarlar hajmi bo`yicha shartnomalariga rioya 
qilinishiga doir; 

tabiiy monopoliya subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil 
etish va tugatishga doir; 

Qonunchilikda belgilangan holatlarda moliyaviy-ishlab 
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 1995 йил 12 oктaбрдaги 398-сoнли қaрoри 
билaн тaсдиқлaнгaн “Хoлдинглaр тўғрисидa”ги Низoм. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqarish guruhlarini tashkil etishga doir malumotlarni berishlari shart
1

Mamuriy organlarning talabi bilan yoki talabisiz taqdim etilishi 
lozim bo`lgan malumotlar ro`yxati yuqoridagilar bilan chegaralanmasdan, 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash 
davlat qo`mitasi talabi bilan javobgar shaxslar boshqa malumotlarni ham 
taqdim etishlari lozim. Shu o`rinda quyidagilarga alohida etibor berish 
zarurki, monopoliyaga qarshi organlar tomonidan talab qilinadigan 
hujjatlar faqat monopoliya faoliyatini amalga oshirish yoki monopoliya 
faoliyatini amalga oshirish ehtimoli mavjudligi bilan bog`liq masalalarga 
tegishli bo`ladi, bunday masalalarga tegishli bo`lmagan hujjatlarni ushbu 
organlar talab qilishi mumkin emas. Aks holda hokimiyat vakolatlarini 
ochiqchasiga suiistemol qilish sifatida aybdor shaxslarni jinoiy 
javobgarlikka tortish lozim bo`ladi. 
Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda masul shaxsning 
mustaqil ravishda yoki monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning talabi 
bilan taqdim etishi lozim bo`lgan hujjatlarni monopoliyaga qarshi 
kurashuvchi organlarga taqdim etmasligi 
malumotlarni taqdim etmaslik 
deb tan olinishi 
lozim. 
Malumotlarni taqdim etmaslik
monopoliyaga qarshi faoliyatni 
amalga oshirishga vakolatli organga berishdan bosh tortishda yoki turli xil 
bahonalar bilan belgilangan muddatda topshirmaslikda namoyon bo`lishi 
mumkin. Malumotlarni taqdim etmaslik, shuningdek, yuklatilgan 
majburiyatlarga masuliyatsizlarcha munosabatda bo`lish yoki esdan 
chiqarib yuborishda ham namoyon bo`lishi mumkin. 
Davlat monopoliyaga qarshi organiga malumotlarni taqdim etmaslik 
formal tarkibli jinoyat hisoblanadi, yani muayyan bir oqibat kelib 
chiqishidan qati nazar, majburiyat yuklatilgan shaxs ushbu malumotlarni 
taqdim etishi lozim bo`lgan vaqtdan boshlab 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin