Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Bankrotlikni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Bankrotlikni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik.
Tahlil 
etilayotgan jinoyat bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikni amalga 
oshirishning belgilab qo`yilgan tartibini, belgilovchi hamda taminlovchi 
ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. 
Mazkur jinoyatning 
ijtimoiy xavfliligi
shundaki, u sodir etilishi bilan 
bozor iqtisodiyotining asosiy qonunlari buziladi, xalq xo`jaligining normal 
faoliyat ko`rsatishi izdan chiqadi, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida 
to`siqlar vujudga keladi, xo`jalik subyekti faoliyati chalkashadi, 
asoslanmagan tavakkalchilikka yo`l qo`yiladi. Bankrotlikni yashirish, 
soxta bankrotlik kabi, aholining ko`z o`ngida amalga oshirilayotgan 
islohotlarni moliyaviy mablag`dan mahrum qiladi va ayrim holatlarda, 
iqtisodiyotning davlat darajasida makroiqtisodiy tanazzuliga olib kelishi 
mumkin.Ushbu jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri 
kelmaydigan malumot yoki hujjatlarni taqdim etish, buxgalteriya 
hisobotlarini buzib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining 
to`lovga qodir emasligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda 
qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab 
bo`lishda ifodalanadi. 
O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 181-moddasi 1-
qismiga ko`ra, xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri 
kelmaydigan malumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik 
hisobotlarini buzib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining 
to`lovga qodirligini yo`qotganligi yoki iqtisodiy nochorligini bosh-qacha 
tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga 
sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz 
baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan 
mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
1
Тaқиқлaнгaн фaoлиятнинг aниқ турлaри 1989 йил 27 сeнтaбрдaги Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaши 
Прeзидиумининг “Ўзбeкистoн Рeспубликaси ҳудудидa aйрим турдaги кooпeрaтив вa индивидуaл мeҳнaт 
фaoлиятини тaқиқлaш тўғрисидa”ги қaрoридa бeлгилaнгaн. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Obyektiv tomondan
 
jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga 
to`g`ri kelmaydigan malumot yoki hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya 
hisobotlarini buzib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining 
to`lovga qodir emasligini (iqtisodiy nochorligini) yoki boshqacha tarzda 
yashirishida ifodalanadi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, 
“xo`jalik subyekti 
(firma, birlashma, tashkilot, korxona, xususiy korxona)ning to`lovga 
qobiliyatsizligi 
deganda, qarzdorning o`z qarz majburiyatlarini uzoq vaqt 
mobaynida tugata olmasligi va to`lanishi lozim bo`lgan mablag`larni 60 
kun mobaynida kirita olmasligini tushunish lozim”
1
.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko`ra, 
iqtisodiy nochor
 
deb, “xo`jalik sudi tomonidan etirof etilgan, qarzdorning 
pul majburiyatlari bo`yicha kreditorlar talablarini to`la hajmda qondirishga 
va (yoki) majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatini to`la hajmda 
bajarishga qodir emasligi”
2
tushuniladi. Majburiy to`lovlarga soliqlar, 
yig`imlar va davlatning maqsadli fondlariga boshqa majburiy to`lovlar 
kiradi. Bankrotlik to`g`risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo`lgan 
taqdirda, O`zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to`g`risida”gi 
Qonunida o`rnatilgan tartibda xo`jalik subyekti tomonidan xo`jalik sudiga 
ariza bilan murojaat qilish orqali amalga oshiriladi
3
. Ushbu alomatlar 
mavjud bo`lmagan taqdirda xo`jalik subyektini iqtisodiy nochor deb topish 
mumkin emas. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin