o`zidan bank xo`jalik subyekti oldida shartnoma bilan kelishib olingan
kredit summasini topshirish majburiyatiga ega emas (yani «maj-buriyat
faqat qarz oluvchida, huquq faqat bankda» tar-tibdagi formula bo`yicha)
degan xulosaga olib kelgan bo`lar edi va bunday holat natijasida xo`jalik
subyekt-larining huquqlari kamsitilgan bo`lar edi».
1
Bugungi kunda bank va xo`jalik subyekti o`rtasidagi kredit
munosabatlari ikki tomonlama tuziladigan kredit shartnomasi bilan
rasmiylashtiriladi. Bu shartnoma ham dastlabki shartnoma ham ayni
paytda shunday shart-nomaning o`zi sanaladi. Kredit shartnomasi
konsensual shartnoma bo`lib sanaladi. V.E.Umaraliyevning «Kredit
shartnomasi, yuridik tabiatiga ko`ra konsensual... shartno-madir» degan
fikriga
2
qo`shilsa bo`ladi. Kredit shart-nomasi bo`yicha
qarz oluvchining
majburiyatlari faqat tegishli kredit summasi amalda (real) olinganidan
keyin-gina yuzaga keladi.
Kreditga oid bank operasiyasi boshqa turdagi bank operasiyalari
singari shaxsiy va o`zaro ishonchga asos-lanadi va shu tufayli bankning
kredit oluvchi mijozi o`z huquqlarini uchinchi shaxslarga ishonib
topshirishi (pro-sessiya shartnomasi) mumkin emas.
Bank krediti shart-
nomasining tomonlari bo`lib qarz beruvchi (kreditor) va qarz oluvchi
hisoblanadi.
Xo`jalik subyektiga kredit beruvchi bank tegishli kredit summasini
uning hisob raqamiga naqd pulsiz shaklda o`tkazish yo`li bilan kredit
beradi. Kredit oluv-chining hisob raqami kredit beruvchi bankda
bo`lganida tegishli kredit summasini bank hisobidan o`chirilib mijoz hisob
raqamiga kelib tushish o`rtasida vaqt jihatdan farq bo`lmaydi. Ammo, qarz
oluvchining hisob raqami boshqa bank muassasasida bo`lgan
hollarda
bankning kreditni o`tkazishi va tegishli summani kredit oluvchi hisob
raqamiga kelib tushishi o`rtasida muayyan vaqt o`tadi va bunday vaziyatga
kredit uchun foiz haq qachondan boshlab (bank o`tkazgan paytdanmi, yoki
pul mijoz hisob varag`iga kelib tushgan paytdanmi) hisoblanishi
lozimligini belgilanilishi mu-him ahamiyatga ega. Ayrim hollarda bunday
savollarga namunaviy kredit shartnomasining o`zida javob berib qo`yiladi.
Kredit shartnomasi mijoz tegishli qarz summasini olgach tuzilgan
hisoblanadi va shu paytdan boshlab qarz oluvchi bank nazoratidan bo`yin
tovlamasligi, olingan kredit va uning uchun foiz haqni o`z vaqtida hamda
to`liq to`lashi lozim. Qarzni qaytarilganligi fakti qarzdor tomonidan
1 қaрaнг: Кaмпaнeетс Э.С., Пoлoнский Е.Г. Применение законадетеьство и кредитования в рaсчeтax.-М., 1967,
с.116.
2 қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Фуқaрoлик кoдeксининг иккинчи қисмигa шaрҳлaр. –Т., 1998. 169-бeт..
www.ziyouz.com kutubxonasi
tegishli summani bank hisobiga o`tkazilgan vaqti bilan bog`lanadi. Qarz
qarz oluvchi tomonidan ixti-yoriy tarzda yoki xo`jalik
sudining qaroriga
ko`ra majburiy ravishda to`lanishi mumkin.
Olingan kredit uchun oddiy yoki oshirilgan foiz haq to`lanadi. O`z
muddatida qaytariladigan qarzlar bo`yicha oddiy, kechiktirilgan qarzlar
uchun esa oshirilgan miq-dorda foiz haq olinishi ko`zda tutilishi mumkin.
Bank krediti shartnomasi bo`yicha garov yoki boshqa kreditni taminlash
vositasining saqlanishi tekshirib turiladi. Bank qonun hujjatlarida va kredit
shartnomasida na-zarda tutilgan hollarda olingan kreditni muddati ke-
lmasidan avval qaytarilishni talab qilishga haqli bo`-ladi. Kredit
shartnomasi oddiy yozma shaklda (ko`pincha
oldindan belgilangan
tartibda
tasdiqlanadigan
namunavi
shaklda
tuziladi.
Kredit
shartnomasining predmeti va muddati uning muhim shartlari bo`lib, ularsiz
shartnoma haqiqiy sanalmasligi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi