Amaldagi qonunchilikka ko`ra auditorlik tashkiloti va auditor
auditorlik faoliyatini amalga
oshirishlik uchun lisenziya, auditor esa
malaka sertifikatini olgandagina auditorlik tekshirishlarini amalga oshirish
mumkin bo`-ladi. Auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun li-senziya
berish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 2000 yil 22
sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Auditorlik
tashkilotlariga
auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun lisenziya berish tartibi
to`g`risida"gi Nizomga ko`ra amalga oshiriladi.
Auditorlik
faoliyatini
lisenziyalash
orqali
davlat
auditorlik
tashkilotlari tomonidan qonunchilik talab-lari
bajarilishini nazorat qiladi,
malakali va sifatli audit xizmati ko`rsatilishini tashkil qiladi. "Audi-torlik
faoliyati to`g`rsida"gi qonuning 22, 23, 24-mod-dalarida nazarda tutilgan
hollarda auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish
uchun berilgan lisenziya
to`xtatib tu-rilishi,
amal qilishi tugatilishi, bekor qilinishi mum-kin.
Lisenziyaning bekor qilinishi oqibatlari qonun hujjatlarida belgilab
qo`yilgan.
Auditorga
malaka sertifikatini berish, uni to`xtatib qo`yish va bekor
qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda
va tartibda amalga
oshiriladi.
O`zbekiston Respubilkasida bank auditi alohida tar-tibda amalga
oshiriladi. Bu haqda "Auditorlik faoliyati to`g`risida"gi qonunning 1-
modda 2-qismida qayd etilgan. Shunga muvofiq ravishda O`zbekiston
Respublikasi Mar-kaziy banki boshqaruvining 1998 yil 4 iyuldagi 12-4 ba-
yonnomasi bilan “O`zbekiston Respublikasi banklari auditi to`g`risida”gi
Nizom tasdiqlangan va u 1998 yil 4 iyulda O`zbekiston
Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 403-son bilan ro`yxatga olingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi